‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/243
tarix16.12.2023
ölçüsü24 Kb.
#182349
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   243
PEDAGOGIKA

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari. 
Pedagogika fani rivoji muayyan 
pedagogik m uam m olarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot 
ishlarining g‘oyasi, m azm uni hamda natijalari hisobiga t a ’minlanadi. 
Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni 
h a r t o m o n l a m a kaniol toptirish im konini beruvchi omil h a m d a
pedagogik shart-sharoitlarni aniqiash, jamiyat va shaxs m a ’naviyatiga 
ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya 
jara y o n la rin in g m o h iya tin i anglash ularni keng yoki t o r doirada 
o ‘rganish, mavjud k o ‘rsatkichlar vositasida ularning sodir b o ‘lish 
sabablarini o ‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni 
tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning 
samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M azkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda 
samarali bo ‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilm iv -tad aiq ot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga 
muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish 
tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik 
jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish 
va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, 0 ‘zbekiston Respublikasida pedagogik y o ‘nalishda 
olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. 
Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday 
yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlaming umumiy aloqasi, ularning 
izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, 
intellektual jihatdan takomillashtirib borishini t a ’minlashi, q a ra m a -
q a rsh ilik la rn in g shaxs k a m o lo tin i t a ’m in la s h d a g i o ‘rni va roli, 
shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e ’tiro f etadi.
cPedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, m uayyan 
muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik h a m d a aniq 
maqsad kabi xususiyatlarga ega boMgan jarayon boMib, uning samarali 
boMishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
1) m u am m oning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
2) ilmiy farazlarning t o ‘g ‘ri shakllantirilganligi;
3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida t o ‘g ‘ri belgilanganligi;
4) tadqiqot m eto dlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning 
yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi 
qonuniyatlarining t o ‘g ‘ri hisobga olinganligi;
6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini 
aytib o ‘tish;
7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligb
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib 
borishda quyidagi m etodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. T a ’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Pedagogik tahlil metodi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


8. Bolalar ijodini o'rganish metodi.
9. Pedagogik tajriba metodi.
10. Matematik-statistik metod.
Pedagogik kuzatish m etodi. Uni q o ‘l!ash jara y o n id a , t a ’lim 
muassasalarining o ‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq 
etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba— avvali va yakunida q o‘lga 
kiritilgan ko‘rsatkichlar o ‘rtasidagi farq t o ‘g‘risidagi m a’lumotga ega 
b o ‘linadi. rPedagogik kuzatish murakkab va o ‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga 
oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan 
pedagogik kuzatish t a ’lim-tarbiya sifatini oshirish, o'quvchi shaxsini 
shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadij
Pedagogik k u z a tu v n i tashkil etish d a x a to ga yo‘l q o 'y m a s lik
muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo'lga qo'yish;
3) kuzatishning h ar bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o'rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik^
Suhbat m e to d i. Bu m etod pedagogik kuzatish jarayonida ega 
bo'lingan m a ’lumotlarni boyitish, mavjud holatga t o ‘g ‘ri baho berish, 
m uam m oning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart- 
sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini 
m u am m o yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga 
muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. 
Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to ‘la-to‘kis namoyon 
b o 'l is h i g a e ris h is h m u h im d ir j U n i n g s a m a r a l i b o 'lis h i u c h u n
quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:
1) m aqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi 
savollarning m azmunini aniqlash hamda savollaro‘rtasidagi mantiqiylik 
va izchillikni t a ’minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida m a ’lum to'xtamga keljsh;
4) suhbatdosh t o ‘g‘risida avvaldan muayyan m a ’lumotlarga ega 
boMish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda boMish;
6) suhbatdoshning o ‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun 
sharoit yaratish;
www.ziyouz.com kutubxonasi


7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan m a ’lumotlarni o ‘z vaqtida tahlil qilish.
ГAnketa metodi (fransuzcha — tekshirish). Ushbu metod yordam ida 
pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida t o ‘plangan dalillar boyitiladi. 
Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan 
muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, k o ‘p 
hollarda, yozma ravishda olinadL/O'rganilayotgan jarayon mohiyatidan 
kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha boMadi:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob 
berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» 
yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini 
tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa m etodini qoMlashda ham bir q a to r shartlarga amal qilish 
zarur. Ular quyidagilardir:
1) anketa savollari tadqiq etilayotgan m u am m o n in g mohiyatini 
yoritishga xizmat qilishi lozim;
2) anketa savollari yirik hajmli va noaniq boMmasligi kerak;
3) anketa savollari o'quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik 
xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
4) anketa savollari respondentlar tom onidan toMa javoblar berilishini 
t a ’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
5) anketa o'quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini 
tuzish manbayiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
6) anketa javoblari muayyan m ezonlar asosida puxta tahlil etilishi 
shart.
I nte rv vu m e t o d i re s p o n d e n t t o m o n i d a n t a d q i q e ti la y o t g a n
m uam moning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat 
bildirilishini t a ’minlaydi. Intervyu r e s p o n d e n t e ’tiboriga t u r k u m
savollarni havola etish asosida o'tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan 
savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan m unosabat bildirilishi uning 
samarasini oshiradi.
T a ’lim muassasasi huiiatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa 
va d a lilla rn i tek s h iris h m aqsad id a t a ’lim m u as s a s a la ri fao liy ati 
m azm unini yorituvchi m a’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. 
M azk u r m etod 0 ‘zbekiston Respublikasining «T a’lim t o ‘g ‘risida»gi 
Q o n u n i h am da «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining t a ’lim 
muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o ‘rganish, bu boradagi
www.ziyouz.com kutubxonasi


faollik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo‘l q o ‘yilgan kamchiliklarni 
a niqla sh , ilg‘or tajribalarni om m alashtirish va t a ’lim muassasasi 
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qoMlaniladij
T a ’lim m uassasasi faoliyati m o h iy a tin i y orituvc hi h u jja tla r
quyidagilardan iborat: 0 ‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o ‘quv dasturi, 
g u ru h (yoki sin 0 ju rn a lla ri, o ‘q u vchilarn in g shaxsiy vara q a la ri, 
buyruqlar, Pedagogik Kengash yigMlishi bayonnomalari yozilgan daftar, 
Pedagogik Kengash qarorlari, ta ’lim muassasasi smetasi hamda pasporti, 
tarbiyaviy ishlar rejasi, o ‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi 
hisobotlar, t a ’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol-stullar, 
yum shoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
M a z k u r m etod m uayyan y o ‘nalishlarda o ‘quv-tarbiya ishlari 
samaradorligi darajasi, o ‘quvchilarda hosil boMgan bilim, ko‘nikma va 
malakalar hajmi, ilg‘o r pedagogik tajribalar mazmunini o ‘rganishda 
m uhim ahamiyatga ega.
T e s t metodi. Ushbu metod respondentlar to m onidan muayyan fan 
s o h a si yoki faoliyat (shu j u m l a d a n , k asbiy faoliyat) b o ‘y ic h a
o ‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko ‘nikma, malakalar darajasini 
aniqlashga xizmat qiladjjTest o ‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagi savollardan 
iborat:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob 
berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» 
yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini 
tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) t o ‘g ‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o ‘z 
yondashuvlariga ko‘ra t o ‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qoMlashda aniqlanishi zarur boMgan bilim, ko‘nikma 
va malakalarni tu rk um asosida berilishiga e ’tibor berish maqsadga 
muvofiqdir. Ushbu m etodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq 
m ezo nlar b o ‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning 
tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi 
emas. C hunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, 
shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini 
tanlashi zarur. Shu bois respondent o ‘z fikrini batafsil ifoda etish 
imkoniyatiga ega emas.
^Pedagogik tahlil m etodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu 
m e to d n i qoMlashdan ko'zlangan maqsad tanlangan m u a m m o n in g
www.ziyouz.com kutubxonasi


falsafiy, psixologik ham da pedagogik y o ‘nalishlarda o ‘rganilganlik 
darajasini a n iqla shdan iborat bo'lib, tad qiq o tchi ilgari surayotgan 
g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar iiodini o'rganish m eto di. M azkur metod o'quvchilarning 
muayyan yo'nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, m a ’lum fan 
sohalari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqiash 
maqsadida qo'llaniladi. Uni qo'llashda o'quvchilarning ijodiy ishlari
— kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari m uhim
vosita bo'lib xizmat qiladi. M etodning afzalligi shundaki, u m a ’lum 
o'quvchiga xos b o'lgan individual imkoniyatni ko'ra olish, baholash 
va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi../
Bolalar ijodini o'rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1) fan olimpiadalari;
2) turli mavzulardagi tanlovlar;
3) maktab ko'rgazmalari;
4) festivallar;
5) musobaqalar.
r Pedagogik tairiba (eksperiment — lotincha «sinab ko'rish». «tairiba 
qilib ko'rish») m etod i. Pedagogik tajriba metodidan m u am m o yechimini 
topish imkoniyatlarini o'rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning 
maqsadga erishishni kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning 
am aliyotda o 'z i n ’ikosiga ega b o 'la olishi h a m d a sam aradorligini 
aniqiash m aqsadida fo y dalaniladi.j'M uayyan m u a m m o ye c h im in i 
topishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba m a ’lum doirada, soni aniq 
belgilangan r e s p o n d e n tla r ishtirokioa a m alg a oshiriladi. M a z k u r
metoddan foydalanish tadqiqotchi tom onidan ilgari surilayotgan maxsus 
m etodikaning samaradorligini aniqlay ham d a unga baho bera olishi 
zarur.
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko'ra quyidagi guruhlarga 
bo'Iinadi:

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin