‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


-chizm a. Tarbiya jarayonining umumiy m ohiyati



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/243
tarix16.12.2023
ölçüsü24 Kb.
#182349
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   243
PEDAGOGIKA

20-chizm a. Tarbiya jarayonining umumiy m ohiyati
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad 
asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, 
uning rivojlanish yo ‘nalishi, ijtimoiy m unosabatlar m az m u n id a n kelib 
chiqib belgilanadi. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasida tashkil 
etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga 
yetkazishdan iborat.
Tarbiya jarayonining natijasi. 
Tarbiyaning natijasi yuksak m a ’naviy 
va axloqiy tala b la rg a javob beruv ch i yu qo ri m ala k ali k a d rla rn i 
tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki to m o n la m a boMib, uyushtirish va 
rahbarlik, shuningdek, o ‘quvchi shaxsining o ‘zi t o m o n id a n faollik 
ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o ‘ynaydi. 
Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, 
maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, 
tarbiya shakl, m etod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va 
tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
T arbiya j a r a y o n in i n g m o h iy a tin i ta r b iy a g a h a r t o m o n l a m a
yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish m um kin.
Shaxs ta r b i y a n i n g natijasi s if a tid a s h a k l l a n a d i g a n ijtim o iy
mavjudotdir.
Shaxsning ko‘p d a n -k o ‘p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki 
o ‘zaro mustahkam bogMangan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati 
ayrim-ayrim emas, balki yaxlit ravishda rivojlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola o ‘sib va riv o jla n ib b o rg an i sari t a r b iy a v a z ifala ri 
murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, 
g ‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy 
ham da huquqiy tarbiya berish, o'quvchilarning ongi, xulq-atvori va 
faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning 
yakka, g uruhli va om m a viy shakllarini q o 's h ib olib borilishini 
t a ’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim 
g'oyalariga amal qilishni talab etadi.
I jtim o iy ta rb iy a j a r a y o n i s h a x sn in g ijtim o iy fa z ila tla rin i 
shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamiyat, odam lar hamda o'ziga 
nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga 
qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy m u no sabatlar tizimi 
qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo'lsa, uning m a ’naviy dunyosi 
shunchalik boy bo'ladi.
O 'z tabiatiga ko'ra tarbiya jarayoni ko'p omilli xarakterga ega. Ya’ni, 
bola shaxsining qaror topishi oila, t a ’lim muassasasi, jamoatchilik, 
ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlarxilma-xilligi, bevosita va bilvosita 
t a ’sirlar ostida ro'y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo'lmaydi. 
Bu narsa o'quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik 
va jismoniy xususiyatlari, ularning hayotiy va m a’naviy tajribasi, shaxsiy 
pozitsiyasiga bog'liq.
Tarbiya jarayoni, odatda, o'z -o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini qayta 
tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy 
a lo q a si n atijasida vujudga keladigan m u n o s a b a tla r va ularning 
xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi.
O'zini o'zi tarbiyalash shaxsni o'zida ijtimoiy qadrga ega bo'lgan 
fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga ham da salbiy xislatlarni 
bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida t a ’riflanadi.
O 'z - o 'z in i aavta tarbiyalash shaxsning o'zidagi salbiy odatlar, 
xarakteridagi zararli sifatlami yo'qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan 
ichki faoliyati jarayonidir. Bola xulqidagi «og'ish»laroiladagi nosog'lom 
m u h it, o t a - o n a n in g ta rb iy ad a yo'l q o 'y g a n xatolari, o 'q itu v c h i 
faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash 
jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab, sharoit o'zgartiriladi, qayta 
tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy t a ’sirini oila, shu jumladan, 
o ta - o n a ham m a ’qullashi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Demak, qayta tarbiyalash o ‘quvchining o ‘zigagina emas, balki uning 
ota-onasiga ham qaratilishi lozim.
Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish 
jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Ushbu vazifalar ijtimoiy tarbiya 
m a q s a d i d a n kelib c h iq ib b e lg ila n a d i. M u s ta q i l 0 ‘z b e k is t o n
Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish 
jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni 
tarkib toptirish, o ‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va 
amal birligi hissini uyg‘otish;
b) o ‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan 
ogoh etish, chu qu r bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, 
ularning ongini boyitish;
d) umuminsoniy axloq m e ’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o ‘zaro 
yordam, m ehr-muhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, insonparvarlik, 
axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, 
o ‘quvchilarda muomala odobi, yuksak m adaniyatni q a ro r toptirishga 
erishish;
e) o ‘quvchilarda huquqiy va axloqiy m e ’yorlarga hurm at ruhida 
yondashish hissi va fuqarolik tuyg‘usi, ijtimoiy burchga m as’ullikni 
qaror toptirish;
0
tabiatni muhofaza qilish, ekologik m uvozanatni yuzaga keltirish 
borasidagi mas’uliyatni tarkib toptirish;
g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish, o ‘zga 
millat va xalqlarni hurm at qilish, ularning h u q u q va b urchlarini 
kamsitmaslik tuyg'usini qaror toptirish;
h) mustaqil davlat — 0 ‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi 
siyosatiga t o ‘g‘ri va xolisona baho berishga o ‘rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning s h a ’ni, or-nom usi, 
q ad r-q im m ati, huquq va burchlarini hurm at qilishga o ‘rgatish va 
boshqalar.
0 ‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning 
um um iy vazifalari ana shulardan iborat.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya y o ‘nalishlari — axloqiy, aqliy, 
jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy 
maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar am alga oshiriladi. 
Chunonchi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


1
) axloaiv tarbiyani tashkil etish jarayonida — o ‘quvchilarni ijtimoiy- 
a xloqiy m e ’yo rlar m a z m u n id a n x a b a rd o r etish, ularga a xloqiy 
m e ’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda 
ijtimoiy-axloqiy m e ’yorlar (talab va taqiqlar)ga nisbatan hurmat hissini 
q aror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish;
2
) aqliv tarbiyani yo'lga q o ‘yish chog‘ida — o ‘quvchilarni ilm-fan, 
texnika va texnologiya borasida q o ‘lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik 
va kashfiyotlardan boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari 
xu su sid a g i b ilim la rn i berish ta r z id a t a f a k k u rn i s h a k ll a n ti r i s h , 
dunyoqarashini rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida — o ‘quvchilarni o ‘z 
so g‘liqlarini saqlash va m ustahkam lash, organizmni chiniqtirish, 
jismoniy jihatdan t o ‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini 
oshirish borasida g ‘am xo‘rlik qilish tuyg'usini ywzaga keltirish, ularda 
yangi harakat t o ‘rlari borasida ko ‘nikma va malakalarni hosil qilish, 
ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o ‘quvchilaming yoshi, jinsiga 
muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, 
m ehnat, chidam , iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat 
sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan 
ongli munosabatlarni tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida — o ‘quvchilarda estetik 
his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik 
e h tiyojlari va g o ‘zallikni sevish, go'z allikka intilish tu y g ‘ularini 
rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida — o ‘quvchilarga ekologik 
b ilim la r berish aso sid a shaxs, ja m iy a t va tabiat birligi h a m d a
aloqadorligini o ‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekotizimning inson, 
insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o ‘rni va mohiyati borasidagi 
tu sh unch alarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va 
m a s ’uliyat bilan m u n osabatd a b o ‘lish, tabiatni asrash t o ‘g ‘risida 
g ‘a m x o ‘rlik qilish kabi tuyg‘ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik 
madaniyatni shakllantirish;
6
) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida — o ‘quvchilarga 
iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini 
t a ’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni 
t o ‘ldirish, kichik va o ‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat jarayonida 
ishtirok etish ko'nik m a va malakalarini hosil qilish, inson mehnati 
bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirish
www.ziyouz.com kutubxonasi


borasida qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni 
shakllantirish;
7) huquqiy tarbivani tashkil etish jarayonida o ‘quvchilarga davlat 
Konstitutsiyasi, davlat haqidagi t a ’limot, fuqarolik, oila, m eh n a t, 
x o 'ja lik , m a ’m uriy n afaq a, sud ishlarini yuritish va b oshqa rish 
huquqlarining m a’nosini tush и ntirish, ular ongiga ijtimoiy-huquqiy 
m e ’y o rlarn in g shaxs va ja m iy a t h a y o tid a g i a h a m i y a t i h a q id a g i 
tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan 
tasavvuiga ega boMishlarini ta ’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, 
huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi k o ‘nikm a va malakalarni 
hosil qilish, huquqiy madaniyatni shakllantirish;
8
) g‘ovaviv-sivosiv tarbivani tashkil etish jarayonida — o ‘quvchilarga 
siyosiy bilimlarni berish, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari 
faoliyati, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi 
siyosati mazmunini o ‘rganishni ta ’minlash asosida 
0
‘quvchilarda siyosiy 
faoliyat ko ‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, siyosiy madaniyatni 
shakllantirish va hokazolar.
Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazm unida oldinga q o ‘yilgan maqsad 
va vazifalarga muvofiq o ‘quvchilar to m o nidan o ‘zlashtirilishi lozim 
boMgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori ham da sifatlari 
m o h iy a ti aks etadi. Tarbiva m a z m u n i s h a x sn in g s h a k lla n is h ig a
q o ‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat boMib, ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, 
jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilanadi. Zam onaviy tarbiya 
m azm unida quyidagi tamoyillar yotadi:
1. 
Tarbiva maqsadining aniqligi. 0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy- 
siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga 
oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim t o ‘g ‘risida»gi Q o n u n i ham da 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning 
asosiy maqsadi — erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi boMgan komil 
inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish yoMidagi asosiy vazifa — bu shaxsda um um iy 
madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jism oniy, estetik, 
iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy h a m d a m eh n a t m adaniyatini 
tarbiyalashdan iborat.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. 0 ‘qituvchilarning 
bolalar bilan m a ’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi 
namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy m e ’yor va 
qadriyatlarini aniqlash o ‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini 
t a ’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to ‘la-to‘kis shakllanmagan 
bolalar u c h u n k a tta la rn in g hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy 
namunalari tarbiyaviy t a ’sir kuchiga ega.
3. 0 ‘z -o ‘zini anglash. Tarbiya insonda e ’tiqod, demokratik qarashlar 
va h a y o tiy p o z its iy a n in g s h a k lla n is h ig a olib keladi. T a r b iy a
mazmunining eng muhim unsurlaridan biri — bu insonning hayotiy 
o ‘z -o ‘zini anglashi, uning o ‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining subyekti 
sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, 
kasbiy va axloqiy o ‘z - o ‘zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.
4. Tarbiyaning shaxsga vo ‘naltirilganligi. Mazkur g ‘oya t a ’lim 
muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, 
tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas, balki o ‘quvchi 
turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy 
xususiyatlari, qiziqishlari, o ‘ziga xos xarakteri, o ‘z qadr-qimm atini 
anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.
5. Ixtivorivlik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya 
g ‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, 
agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o ‘zida ham o ‘quvchi, ham 
o ‘qituvchi m a ’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi 
o ‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o ‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, 
mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning irodali 
ekanligi ayon bo'ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi ta ’minlangan 
sharoitda uning shaxsiga t a ’sir ko ‘rsatishga yo'naltirilgan faoliyat 
jarayonida samaraga erishiladi.
6
. Jam o a vo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan 
ijobiy m unosabatni qaror toptirish yotadi. Jam oa yordamida shaxsni 
har tom o n lam a kamoloti, uning dunyoni anglash, uni t o ‘laqonli talqin 
etish, insonparvarlik va o ‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi 
va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchiga: inson aqliy, 
estetik, axloqiy, jismoniy, siyosiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, ekologik hamda 
diniy tarbiya olishi lozimligini uqtirishining o ‘zigina kam samara beradi. 
0
‘quvchi uchun yuqorida qayd etilgan tarbiya yo‘nalishlarining nima 
uchun kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar
www.ziyouz.com kutubxonasi


q iz i q a r l id i r . R ivojlang an xorijiy m a m l a k a t l a r ta r b i y a t iz im i d a
m u am m o n in g mana shu jihati birinchi o'ringa q o ‘yilmoqda. Yuqorida 
qayd etilgan g‘oyalar t o ‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda — yetuk 
fuqaro, malakali mutaxassis hamda barkamol oila sohibini tarbiyalab 
voyaga yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.
Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g ‘oyalar yaxlit 
tarzda quyidagi ko'rinishga ega boMadi:
T arbiya m aqsadining 
aniqiigi
B o lalar va kattalarning 
birgalikdagi faoliyati
0 " z - o ‘zini
anglash
T arbiya
m azim m i
Ixtiyoriylik
T arb iy an in g
shaxsga
y o 'n altirilg an lig i
J a m o a
y o 'n a lish i

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin