‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I



Yüklə 24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/243
tarix16.12.2023
ölçüsü24 Kb.
#182349
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   243
PEDAGOGIKA

Uy vazifalarini tekshirish.
0 ‘quvchilarning o ‘zlashtirishini nazorat 
qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish 
k a tta a h a m iy a tg a ega. Uy vazifalarin i t e k s h iris h o ‘q i tu v c h ig a
o ‘q uvchilarning o ‘quv ishiga boMgan m u n o s a b a tin i, o ‘rganilgan 
m aterialni q anch alik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi 
mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
M a ’lumki, b u g u n t a ’lim tizim ida rey ting n a z o r a ti d a n keng 
f o ydalan ilm o qd a. R eyting dcganda b a h o la s h , tartib g a keltirish, 
klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala b o‘yicha 
baholash tushuniladi. Reyting nazorati o ‘quvchining m a ’lum bir fandan 
reytingini aniqlaydi.
S h k a lala sh — a n iq ja r a y o n la r n i r a q a m la r tiz im i y o r d a m i d a
modellashtirish.
Reyting nazoratida 
0
‘quvchilarning o ‘quv faoliyatini nazorat qilishning 
yuqorida keltirilgan metodlari bilan tirga test usulidan ham samarali 
foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat 
0
‘quvchilarning bilim, ko‘nikma 
va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993-yildan boshlab 0 ‘zbekiston 
Respublikasida abituriyentlami oliy o ‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul 
qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test — aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va 
miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik a m a liy o td a te s tn in g bir q a t o r a fz a llik la ri k o ‘zga 
tashlanadi. Ular quyidagilardir:
1
) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2
) nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash 
imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtning o ‘zida ko ‘p sonli o ‘quvchilar bilan nazoratni tashkil 
etish mumkinligi;
www.ziyouz.com kutubxonasi


4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o ‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, 
ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
T a ’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab 
etadigan sohadir.
T a ’lim t iz im i d a islo x o tla rn i a m a lg a oshirish j a r a y o n i d a
o ‘qituvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va 
b a h o la s h h a m y a n g ic h a m a z m u n kasb etdi. D avlat t a ’lim 
standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o ‘quv dasturining amaliyotga 
joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga 
nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik 
texnologiyalar olib kirilayotganligi, o ‘quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli 
yo'llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi 
t a ’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligi kabi 
holatlar k o ‘zga tashlanayotgan bir vaqtda o ‘quvchilarning bilim, 
ko ‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar 
yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
0
‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi 
va zamon talablariga javob bera olmagani uchun uni reyting tizimi 
asosida baholash uslubi bilan almashtirish davr taqozasiga aylandi. Shu 
o ‘rinda «qanday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o ‘zini 
oqlamadi?» degan savolga javob berish o ‘rinlidir:
Birinchidan,
0 ‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi» ta ’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida 
rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqo‘llikni, 
o ‘qituvchining mustabidligi ham da uning t a ’lim jarayonida yakka 
hukmronligini t a ’minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq 
kelmaydi.
lkkin ch id a n ,
baholash mezoni o ‘qituvchi va o ‘quvchi o ‘rtasida 
ixtiloflarni keltirib chiqarishga emas, aksincha, o ‘zaro faol hamkorlik, 
bir-birini tushu n a olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan,
baholash mezoni faqatgina o ‘quvchilar tom onidan 
bilim, ko‘nikma va malakalarning o'zlashtirilish darajasini nazorat qilish 
uchungina emas, balki ta ’limni tashxis etishning faol ko'makchisiga 
aylanishi zarur.
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi 
dastlabki baholar q o ‘yish tartibini bildirib, mohiyati esa baholarning
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘rtasidan kelib chiqqan holda choraklik (yillik) o'zlashtirish natijalarini 
aniqiash tartibidan iborat.
Masalan, o'quvchi biror o'quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 
5 ga bajargan, joriy nazorat bo'yicha ham shunday natijalarni qayd 
etgan bo'lsa, unga chorak uchun «4» baho qo'yiladi. Bu esa joriy, 
o ra liq va yakuniy n a z o ra t pay tid a yaxshi tay y o rg a rlik k o 'r g a n
o'quvchining ijobiy baholanishi o'rniga, chorak yoki yil oxirida muayyan 
m a v z u d a n «5» b a ho g a berilgan jav o b la rin in g m u tl a q o in o b atg a
olmasligiga sabab bo'ladi..
Reytingtizimida o'zlashtirish natijasi nazoratning ko'rsatilgan barcha 
shakllardan o'tish jarayonida to'plangaii ballarni qo'shish yo'li bilan 
aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o'quv 
fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 
8
, 7 ball qo'yilsa, o'quvchining 
chorak yoki yarim yillik uchun to'plagan bali 27 ballni tashkil etadi, 
bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting balini 
to'plam aguncha va barcha nazorat shaklidan o 'tm a g u n c h a attestatsiya 
qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim 
o'rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir q a to r afzalliklarga ega, chunonchi:
— t a ’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
— o'quvchi bilimini eng adolatli mezonlar y ordam ida aniqiash;
— t a ’limni standartlashtirish jarayoni uchun zaru r imkoniyatlarni 
ochib berish;
— t a ’lim standartlarida k o 'z d a tutilgan o 'q u v dasturiga kirgan 
majburiy ixtiyoriy mavzularning to'laligicha o'zlashtirilishi;
— o'quvchilarda o 'z ustida mustaqil ishlashga intilish, erkin fikr 
yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
— o'quvchilarda yom on baho olishga bo'lgan q o 'rq u v yo'qolib, 
uning o'rniga bilimlarni ixtiyoriy o'zlashtirish, mavjud kamchilik va 
nuqsonlarni bartaraf etish yo'lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. 
Boshqacha aytganda, qo'rquv o'rniga intilish, rejalashtirish, harakat 
qilishga ehtiyoj tug'iladi, o'rganishga nisbatan qiziqish ortadi.

Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin