— amaliv mashg‘ulot akademik litsey, kasb-hunar kolleji o ‘qituvchisi
rahbarligi ostida olgan o ‘quv axborotlari (leksiya va mustaqil ishlari)ni
chuqurlashtirish, tahlil qilish, kengaytirish, qoMlash va o'zlashtirilishini
nazorat ni tashkil etish shakli;
— akademik litsey, kasb-hunar kollejida o ‘qish asosiy shakli sifatida
o ‘quvchilarning mustaqil faoliyatlari amalga oshiriladi;
— o ‘quv guruhi o ‘quvchilarni uyushtirishning asosiy shakli (uning
doimiy tartibi odatda butun t a ’lim davomida saqlanib qoladi);
— o ‘quv guruhlari t o ‘plami akademik litsey, kasb-hunar kollejida
kurslardan iborat boMadi;
— kurslarda o ‘quv mashg‘ulotlari jadvalga binoan yagona o ‘quv
rejasi va dasturlari b o ‘yicha amalga oshiriladi;
— o ‘quv yili ikki semestr, attestatsiya davri va ta’tillarga boMinadi;
— har bir semestr ham m a o ‘quv fanlari bo ‘yicha yakuniy attestatsiya
(imtihon topshirish) bilan yakunlanadi;
— akadem ik litsey, kasb-hunar kollejida o ‘qish muhim fanlar
bo'yicha attestatsiya (bitiruv imtihonlarini topshirish) va mutaxassisligi
b o ‘yicha bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bilan yakunlanadi.
Akademik litsey, kasb-hunar koilejlarda t a ’lim m a’ruza. seminar,
laboratoriva ishi. o ‘quvchilarning ilmiv tadqiqotchilik ishlari ( 0 ‘lTI).
o ‘quvchilarning mustaqil o ‘quv ishlari. ishlab chiqarish amalivoti. chet
elda ish tairibasini oshirish kabi shakllarda tashkil etiladi. T a ’lim
natijalarini nazorat qilish va baholash shakli sifatida kundalik. oraliq
va vakuniv nazorat. baholash revtingi tizimidan. referativ va kurs. bitiruv
ishlaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: