Mishel Montye (1533—
1593-yillar): „Falsafa insonni xayrli ishlarga, insoncha yashab,
o'lishga o ‘rgatadi“ , — degan fikrni o ‘rtaga q o ‘ydi.
Uyg‘onish davridan keyingi falsafiy ta ’lim otlar tizimida inson
va tabiat muammosi birinchi o‘ringa chiqdi. Inson tabiatning muhim
tarkibiy qismi sifatida qarala boshlandi. Din muammolari ikkinchi
o'ringa qo‘yilib, unda fan, siyosat va axloqdan ajratib qarash ustu-
vorlashdi.
Albatta, bu fikrlar din muammolari mutafakkirlarining e ’ti-
boridan butunlay chetda qolib ketdi, degan m a’noni bildirmaydi.
Eng asosiy gap — diniy aqidalar falsafiy ta ’lim otlarning asosiy
mavzusi b o ‘lmay qolganligi va tabiatshunoslik fanlarining borliq
to‘g‘risida haqiqiy ilmiy bilim beruvchi manba sifatida qaralishidadir.
Shu davrlarda ijtimoiy-siyosiy masalalarni dunyoviy jihatdan
tahlil etuvchi Т. Мог, T. Kompanellaning ta ’limotlari yuzaga keldi.
Falsafiy tadqiqotlar mavzusi dunyoviy m uam m olar bilan bog‘-
lamb, asta-sekin ,,osm ondan“ yerga tusha boshladi. Uyg'onish
davri faylasuflari, hatto fan kashfiyotlari, barcha ilmiy yangiliklarga
nisbatan ham ,,sog‘lom shubha“ asosida yondashish lozimligini
ko‘rsatdilar. Ular fan yutuqlarini o ‘zgarmas aqida emas, balki
jarayon sifatida qarash masalasini o ‘rtaga qo ‘ydilar. ,,Sog‘lom
shubha“ falsafiy tafakkurning asosiy belgisi sifatida qaror topdi.
Yangi davrda (X V II—X V III a srla rd a ) ta b iiy o t fan lari
rivojlanishi natijasida sezgilar bergan m a’lum otlarning olamni
bilishdagi o ‘rnini bo ‘rttirib ko‘rsatish hollari kuchaydi. Faylasuflar
Arastuning: „Inson aqlida sezgilar bergan m a’lum otdan boshqa
hech narsa yo‘q “ , degan fikrini asos qilib oldilar. Falsafaning
mohiyatini bunday izohlovchi mutafakkirlar qatoriga F. Bekon,
D. Yum, J. Berkli, T. Gobbs va boshqalar kiradi. Bunday ta’limotlar
falsafada
empirizm deb ataladi.
XVIII asrdagi fransuz m a’rifatchilari falsafani jam iyatda ro ‘y
berayotgan siyosiy qarashlar bilan bog‘lab, undan feodal tuzumiga
qarshi kurashda keng foydalandilar. Shu asosda ular