‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


-§. Falsafaning ,,bahs“ mavzusi, mohiyati va



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/295
tarix02.12.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#171704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   295
Falsafa (1)

2-§. Falsafaning ,,bahs“ mavzusi, mohiyati va
muammolari
„Falsafaning ,,bahs“ mavzusi nima, u qanday m uam m olarni 
o ‘z ichiga oladi“ , degan savollarga o ‘tgan uch ming yil davomida 
hammaga m a’qul b o lad ig an yagona javob topilgan emas. Bu 
savollarga har bir tarixiy davrda berilgan javoblar inson bilimlarining 
o ‘sha davrdagi darajasi va imkoniyatlari chegarasida boigan.
Qadimgi Xitoyda Konfutsiy, birinchilardan b o iib , falsafaning 
,,bahs“ mavzusi m asalasini an ch a m ukam m al yoritib berdi. 
Konfutsiy yashagan davrda falsafa kishilarning borliq haqidagi barcha 
bilimlarini o ‘z ichiga olgan edi. Bu bilimlar tizimida inson, uning 
mohiyati, hayoti masalasi asosiy o ‘rin olgan. Konfutsiyning „bilish
— insonni bilishdir“ , fikri qadimgi Xitoy falsafasining bosh 
mavzusini ifodalaydi. Uning: „Inson o ‘z m ohiyatini axloqiy 
fazilatlar va m a’naviyat asosida namoyon etadigan jonzotdir“ ; „agar 
axloq zaiflashsa, insonda tabiiy ehtiyojlar ta ’siri kuehayadi, unda 
odam lar jamoasini hayvonlar podasidan ajratib b o lm a y qoladi“ ; 
„Inson har ishida, xatti-harakatida, har so'zida boshqalar oldidagi 
burchi va m as’uliyatini bilishi — axloqdir“ ; „dunyoni odam jannat
16


qiladi“ ; „agar yerdagi hayot yom on bo ‘lsa, inson osmonga emas, 
qalbiga murojaat qilishi kerak“ ; „axloqli odam o ‘ziga ravo ko‘rgan 
narsani boshqalarga ham ravo ko‘radi“ ; „komil inson hammaga 
bir xil m unosabatda b o ‘ladi, odam lardan yaxshi fazilatlarni 
o'rganadi, yaxshilikka intiladi, ham m ani teng ko‘radi, biror xatoga 
yo‘l qo'ysa, aw al o ‘zini ayblaydi“ , degan fikrlari qadimgi Xitoy 
falsafasi asosida yotgan m a’naviy qadriyatlardir. Konfutsiy millat, 
mamlakat taraqqiyoti negizida yotgan uch asosiy m a’naviy omilni, 
ya’ni Xitoy xalqi milliy g ‘oyasining asoslarini ham yaratib berdi. 
Bu — ,,o‘tmishga hurm at, m ustahkam oila, odam lar o ‘rtasida 
m ehr-m uruw at, rahm -shafqat“ , degan fikrlardir. Bular jamiyat 
hayoti va taraqqiyotini mukam m al anglashga imkon beradigan 
falsafiy g‘oyalardir.
Buddachilik falsafasida ham hammaga yaxshilik qilish, nafratga, 
g ‘azabga berilmaslik, shafqatsizlik, adolatsizliklarga yo‘l qo ‘ymas- 
lik — inson hayotining asosiy mohiyati sifatida qaraladi.. Xalq 
m aqollarida ifodalangan: „A chchiq savol berib, shirin javob 
kutm a“ ; „birovga kesak otsang, u senga tosh otadi“ ; „yom onni 
yaxshi qilgan ham til, yaxshini yomon qilgan ham til“ ; ,,ko‘rpangga 
qarab oyoq uzat“ , degan so‘zlar, donolarning hikmatlari, diniy 
g‘oyalarda (m asalan, Hadislarda) aytilgan: „K im yaxshilikka 
boshlasa, uni ustoz deb bil“ ; „yaxshi odam yaxshilik qilishi bilan 
yaxshi“ ; ,,o‘zingga ravo ko‘rganni boshqalarga ham ravo ko‘r“ ; 
„amirning sovg‘a olishi harom , qozining pora olishi esa dindan 
chiqishdir“ kabi fikrlar inson hayoti, insoniy munosabatlarning 
ko‘p yillik tajribasini o'rganish va umumlashtirishdan kelib chiqqan 
falsafiy xulosalardir. Bular o ‘tgan davrlar sabog‘igina bo‘lib qolmay, 
balki inson m a’naviy kam oloti, jam iyat taraqqiyotini belgilab 
beradigan m a’naviy omillar hamdir. Bu maqollar, hikm atlarda 
hayot haqiqati, uning saboqlari o'zining chuqur falsafiy ifodasini 
topgani uchun hozir ham o ‘z aham iyatini yo‘qotgani yo‘q.
Sharq she’riyatida ham hayot voqeligi saboqlarini o ‘rganish va 
insonparvarlik qadriyatlari asosida u m u m lash tirish d an kelib 
chiqqan, kishilar o ‘z hayotiy maqsad va m anfaatlarini oqilona 
amalga oshirishiga imkon beradigan teran falsafiy g‘oyalar katta 
o ‘rin olgan. Firdavsiy, Xusrav Dehlaviy, Bedil, Navoiy, Jomiy, 
Bobur, Mashrab, Furqat, Muqimiy she’rlarini o ‘qigan odam lar 
ulardagi ajoyib qofiyalar jarangdorligiga e ’tibor beribgina qolmay, 
har bir misrada ifodalangan teran falsafiy fikrlardan ibrat oladilar, 
o ‘yfoydilar, mulohaza qiladilar.
2 Falsafa
N i z o m i y nomli
TDPU

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   295




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin