Falsafa paydo bo'lgan paytdan boshlab, inson bilishning tabiati
va mohiyatini nima tashkil qiladi, uning eng umumiy qonuniyatlari
va xususiyatlari nim alardan iborat, degan savollarga javob qidirib
va imkon doirasida izohlab keldi. Shu sababli,inson bilishining falsafiy
muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham oqim, birorta ham
faylasuf yo‘q.
Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari
dunyo mavjud emas, u faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va
idroklarimiz yig‘indisi (kompleksi yoki kombinatsiyalari)dan iborat,
xolos, binobarin, biz o ‘z sezgi va idroklarimiznigina bila olamiz,
degan fikrlarni bildirishganlari m a’lum.
Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o ‘zini
bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to'liq bilolmaydi
deyishib, inson bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay
inkor qiladilar. ,,Skeptitsizm“ ta ’limoti vakillari inson bilishining
nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog'liq ekanligini
aytishib, ham m a e ’tirof qiluvchi, isbot talab qilinmaydigan inson
bilimlarining b o ‘lishi mumkinligiga shubhalanadilar.
Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy
ta ’limot bo‘lgan
agnostitsizm
vakillari inson dunyoni bilishga qodir
emas, degan g‘oyani ilgari suradilar. Xususan, nemis faylasufi
I.Kant
esa, insondan va uning ongidan tashqarida obyektiv borliqning
mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni
,?iarsalar biz uchun “
va
Dostları ilə paylaş: