Tasavvuf falsafasi vakillari o ‘z qarashlarida insonning hissiy
bilishi tashqi bilishni, aqliy bilish esa ichki bilishni tashkil qilishini
aytishib, ularning o ‘zaro bogiiqligini ham uqtirganlar.
Shu bilan
birga, ular inson dunyoni va o ‘zini bilishi uchun ma’naviy kamolotga
erishish quruq intilish bilan emas, balki o ‘qish, o‘rganish, bilimlarni
va hunarlarni egallash, jamiyatda boshqa kishilar bilan o ‘zaro mulo-
qotda va munosabatda bo'lish orqali yuzaga keladi, deyishadi.
XVII—XVIII asr Yevropa faylasuflari ham insonning dunyoni
va o ‘zini bilishi haqida qimmatli fikrlarni bildirishadi. Masalan,
ingliz
faylasufi
F.Bekon,
inson bilishi sezgilardan boshlanadi,
bilishning manbayi
tajribadir
, sezgilar orqali olingan dalillarni
inson tafakkur yordam ida
qayta ishlab chiqadi, deydi. U inson
bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog'liq ekanligini, ularga xizmat
qilishi lozimligini aytadi. Fransuz faylasufi
Dekart
esa, insonning
dunyoni va o ‘zini bilishi masalasi haqida to ‘xtalib, birdan-bir to ‘g‘ri
bilish —
tafakkurdir.
deydi. U inson bilish jarayoni fan va amaliyot
bilan bog‘liq ekanligini, ularga xizmat qilishi lozimligini ham aytadi.
Dostları ilə paylaş: