Vardxamanadlr. U
miloddan aw algi VI asrda yashagan bo'lib, G ‘olib-Jina degan
taxallus bilan m ashhur bo'lgan. Uning izdoshlari jaynichilar, deb
atalganlar.
Jaynichilar borliqni ikkiga:
tirik va
notirik dunyoga bo‘ladilar.
Notirik tabiatga ular moddiylikni kiritadilar. Moddiy narsalarning
hammasi boiinmas, mayda zarrachalardan tashkil topgan, deb hisob-
laganlar, notirik tabiatga makon, vaqt, harakat kabilami kiritganlar.
Tirik tabiatga, jaynichilar fikricha, jon kiradi. Jonning aso
siy xususiyati onglilik — turli jonlarda turlicha darajada bo'ladi.
Jon o ‘z tabiatiga ko‘ra mukammal narsa bo‘lib, uning imkoniyatlari
cheksizdir. Biroq, jon tana bilan bog‘langan. U ehtiroslar, xohish-
istaklar doirasiga tushib qolgan. Bu esa, uning imkoniyatlarini
cheklab qo ‘ygan. Shuning uchun haqiqiy bilim jonni soflanib,
tan ad an xalos b o ‘lishiga yordam qilishi kerak. B uddachilik
falsafasining asosiy g‘oyasi shudir.
Qadimgi hind falsafasida chorvaka maktabi alohida o ‘rin tutadi.
Chorvaka falsafasi miloddan aw algi VI asrlarda kelib chiqqan.
Chorvaka falsafasi nam oyandalarining ko‘rsatishicha, olam m od-
diydir. Moddiy dunyo esa to ‘rt unsur — suv, havo,tuproq va o ‘tdan
tashkil topgan. Organik tabiat va, shu jum ladan, inson ham ana
shu moddiy unsurlarning birikmasidan iborat. Insonning o ‘ziga
xos xususiyati shundaki, u aw alo aqlli mavjudotdir. Chorvaka
ta ’limoticha, inson o ‘z aqli va sezgi a ’zolari yordamida tashqi
dunyodagi narsa va hodisalarni bilishga qodirdir.
Qadimgi Xitoy ham turli ijtim oiy-falsafiy fikrlar dastlab
vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi.
Qadimgi Xitoyda ijtimoiy-falsafiy fikr miloddan aw algi VII
asrda vujudga kela boshlagan. Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy
fikr tarixida Konfutsiyning (eragacha 551—479-yillar) qarashlari
alohida o ‘rin tutadi. U ijtimoiy-falsafiy fikrlarning rivojiga katta
hissa q o ‘shgan, y a ’ni qadim iy yodgorliklardan hisoblangan
,,Q o‘shiqlar kitobi“ , „B ahor va kuz“ kabi kitoblarni tuzishda
qatnashgan.Konfutsiyning o ‘zi ,,Aforizmlar“i bilan m ashhurdir,
ya’ni falsafiy qarashlarida axloq masalalari markaziy o ‘rin tutadi.
Yaratuvchi ilohiy kuchni tan olgan Konfutsiy: „Kishilaming hayoti
taqdirga bog‘liq, boylik va ulug‘lik esa Iloh tom onidan beriladi“ ,
deb uqtiradi.
38