falokat yuz bergan bo ‘lsa, 80-yillarda bularning soni 80 ga yetdi.
Ekologik muammolar rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda
birday uchraydi. Ayni vaqtda Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi
mintaqalarida birinchi turkumdagi ekologik muammolar uchrasa,
sanoati rivojlangan Yevropa, Shimoliy Amerika kabi mintaqalarda
ikkinchi turkumdagi, ya’ni texnologik falokatlar oqibatlari uchraydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bu turkum muammolar asta-
sekin paydo b o ‘lib borm oqda. C hunki, texnikaviy ravnaq bu
mamlakatlar hayotiga
qanchalik tez kirib borsa, undan oqilona
foydalanish talabi shunchalik o ‘tkir bo ‘lib bormoqda.
Inson ishlab chiqarish faoliyatining umumbashariy xarakteri
bilan bog‘liq quyidagi ekologik o ‘zgarishlar sodir bo'lm oqda:
1. Yer yuzidagi o ‘rm onlar hajmi har yili 11 mln gektarga
qisqarib bormoqda. Osiyo va Lotin Amerikasi tropik mintaqalaridagi
o ‘rmonlarda esa, yangilanib turadigan o'simlik resurslarining asosiy
zaxiralari to ‘plangan. Bundan tashqari, Sayyoramizning boyligini
tashkil etgan bu o ‘rm onlar biosfera a n ’anaviy „Planeta o ‘pkasi“
funksiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘rmon zaxiralari
faqatgina xomashyo manbayi emas, balki ular tabiiy suv aylanishini
ham t a ’m inlaydiki, o ‘rm onlardagi suv bu g ‘lanishi
hisobiga
yog‘ingarchilikning 1/2 qismidan ko‘prog‘i to ‘g‘ri keladi. Bu esa,
tuproq yuzasiga m a’tadil ta ’sir ko'rsatadi, oziqa boiadigan m ine
ral moddalarning tiklanib turishi ta ’minlanadi.
2. Rivojlangan mamlakatlardagi 31 mln gektarga yaqin yerlar
„kislotali yomg‘ir“lardan zararlangan va bug‘langan. Bu ,,yom-
g‘irlar“ biosferada tez tarqalib, o ‘rmonlarga salbiy ta ’sir etadi,
barglari sarg‘ayib tushib ketgan daraxt oqibatda halok b o ‘ladi.
Zararlangan daraxtlarning fiziologik kuchsizlanganligi natijasida
o ‘simlikxo‘r hasharotlar ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Kislotali yog'ingarchilik havo va suvni zaharlashi tufayli kishilarda
yurak, o ‘pka, oshqozon-ichak kasalliklari avj oladi va allergiyaga
moyillik kuchayadi.
Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan yer m aydonining 26
mln gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda.
Suv va havo
eroziyasidan AQSHda har yili 3,1 mlrd tonnagacha unum dor
tuproq ishdan chiqm oqda. Bu — yetishtirilgan bir tonna bug'doy
hisobiga 6 tonna tuproq yo‘qotilishini bildiradi. Shuning uchun
A Q SH da dehqonchilik ixtiyoriy qisqartirilib, yer zaxiralarini
saqlaydigan fermerlarga har yili har bir akr (0,4 ga) yer uchun
48 dollar to ‘lanishi to ‘g ‘risida qonun qabul qilingan.
248
3. XX asrning ikkinchi yarmida „katta qurg‘oqchilik“larning
tez-tez bo‘lib turishi natijasida cho'llar maydoni yiliga 6 mln gektarga
kengaydi.
Natijada, o‘simlik va hayvonot olamida salbiy o‘zgarishlar
yuz bermoqda. Ilgari ch o ‘llar hosil b o ‘lishi faqat tabiiy yo‘l bilan
yuz bergan b o ‘lsa, endilikda insonning o ‘rmonzorlarga o ‘tka-
zayotgan ta ’siri, o ‘rm on va qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar
nisbatining buzilishi, aholining tinimsiz ko‘payishi natijasida sun’iy
tarzda sodir bo‘lmoqda.
4. Sanoatlashgan mamlakatlardagi minglab ko‘llar biologiyaviy
o ‘lik holga kelib qolmoqda. H ar yili jahon suv havzalariga 32 kub
km tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib tushm oqda. Turli
m aqsadlar uchun suvga b o ‘lgan ehtiyoj tobora oshib borishi
natijasida, suv sarfi ham shunga yarasha ko‘payib borm oqda.
Afrika, Shimoliy Amerika va boshqa qator m intaqalarda yer osti
suvi
manbalari kamayib, sifati keskin yomonlashib bormoqda.
5. Atrof muhitga antropogen ta ’sir etish, uni texnogen bul-
g‘ash oqibatida hayvonot va o‘simlik olami uchun jiddiy xavf yuzaga
keldi. H ar yili ko‘plab hayvon va o ‘simlik turi yo‘qolishi oqibatida
20 yildan so‘ng mavjud turlarning beshdan bir qismi batam om
barham topishi mumkin. Bu esa, hayvonot va o'sim lik olami
genofondining qisqarishigagina olib kelmay, Yer biosferasida oqibati
jiddiy bo‘lgan o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.
6. Yer yuzidagi ekologik o‘zgarishlar oqibatida 2050-yilga borib
atmosferadagi o'rtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha ko'tarilishi
kutilayotir. Atmosfera yuqori qismlarida ozon qatlami siyraklanib,
Antarktida va Arktika ustidagi ,,tuynuklar“ kengayib bormoqda. Ozon
qatlam ining yemirilishi natijasida, barcha jonli mavjudotlarga
halokatli ta ’sir etadigan quyosh radiatsiyasi nurlari uchun yo‘l
ochilib, ekologik falokatlar (o ‘simliklarda fotosintez jarayonining
qisqarishi, konserogen m o d d alar t a ’sirida
kelib chiqadigan
kasalliklarning ko‘payishi va h.k.) ro‘y berishi mumkin.
7. Tabiatda inson sog'ligi uchun xavfli b o ‘lgan m etallar va
ular birikm alarining yig‘ilib qolishi tufayli zam ondoshlarim iz
tanasida, ibtidoiy odam lardagiga qaraganda, kadm iy (yurak
kasalliklarining sababchisi) 70 m arta, q o ‘rg‘oshin (ateroskleroz
va buyrak kasalliklari sababchisi) — 10, simob (asab kasalliklarini
chaqiruvchisi va gepatik o ‘zgarishlar sababchisi) — 19 m arta ko‘p
to ‘plangan.Havoni bulg‘ovchi m oddalarning soni 100 dan ortadi,
ularning ko ‘pi zaharli, b a’zilari esa, konserogen xususiyatlarga
egadir.
249