aqliy tahlil qilish,fikrda umumlashtirib m uayyan, am aliy aham iyatga ega bo ‘Igan xulosalarga kelishdir. Shu
sababli bilish jarayonini amaliyotdan, inson va jamiyatning har
bir davrdagi manfaatlaridan ajratib b o ‘lmaydi. V III—IX asrlarda
yashagan buyuk vatandoshimiz Abu Abdulloh M uham m ad Ibn
Muso al-Xorazmiy o ‘zining mashhur „Aljabr va al-m uqobala...“
kitobi yozilishining sabablari ustida to ‘xtalib, bu asar meros taqsim
qilish, vasiyatnoma yozish, mol taqsimlash, adliya ishlarini yuritish,
yer o ‘lchash, turli bitim lar tuzish bilan bog‘liq masalalarni hal
etish zaruriyati bilan izohlanishini ko'rsatgan edi.
Olamni bilish, barcha bilimlardan amaliy faoliyatda foydalanish
inson ijtimoiy, m a’naviy kamolotining negizidir. Roziy Abu Bakir
M uham m ad Zakariy aytganidek,
„foydali bo ‘Igan ishlarda о ‘zim iz xulosa chiqarishim iz uchun bizga hayvonlarga nisbatan ustunlik— aql berilgan. A ql orqali biz o ‘zim izni ulug‘lovchi, ziynatlovchi va hayotim izni xayrli qiluvchi ham m a narsani bila olamiz. A ql bilan o 'z x o h ish ,ista k la rim izg a y e ta m iz ■ D a rh a q iq a t, b iz a q l bilan kem asozlik fa n in i bilib olam iz. A ql yordam ida o ‘z tanalarim izga ju d a ко ‘p xayrli va shunga о ‘xshash fo yd a li san ’atni о ‘zida mujassam qilgan tabobatni о ‘rganam iz■ A ql yordam ida Yerning shakli, Quyosh va O yning k a tta lig i, y u ld u z la r h a ra k a ti, ularning uzoqligi va y o ‘nalishini b ila m iz “. Forobiy esa aqlli deb fazilatli, o'tkir muhokamali, yaxshi, ezgu
ishlarga berilgan, zarur va foydali narsalarni ixtiro eta oladigan,
yomon ishlardan o'zini chetga olib yuradigan kishilarni aytgan edi.