maqollari, donolarning hikm atli fikrlari, hadislardagi axloqiy,
huquqiy o ‘gitlar minglab yillar davom ida shakllangan hayot
tajribasi saboqlarini um um lashtirishdan kelib chiqqan falsafiy
xulosalardir. K o ‘pni k o 'rg an keksalarning
yoshlarga qilgan
nasihatlari ham o ‘ziga xos falsafiy o ‘gitlardir. Bunday xulosalar
bir-biriga mos kelishi yoki butunlay qaram a-qarshi b o ‘lishi esa,
insonning tafakkuriga t a ’sir etayotgan e ’tiq o d la r, g ‘oyalar,
mafkuralar, manfaatlar, qadriyatlam ing mohiyati, aqliy, ilmiy,
axloqiy salohiyatining darajasi bilan belgilanadi.
Ikkinchi tom onidan — falsafa eng qadimgi fandir. Bu fan
insoniyatning hayot saboqlari asosida shakllangan barcha bilimlarni
u m u m lashtirib , olam ni yaxlit anglashga, u bilan m uayyan
m unosabatlarga kirishishiga im kon beradigan: m etodologik,
gnoseologik, aksiologik, ijtimoiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
nazariy qarashlar, ilmiy kategoriyalar, qonunlar tizimini o ‘z ichiga
oladi. Falsafani fan sifatida o'rganish esa, jam iyat a ’zolariga
insoniyatning tafakkuri va madaniyati, bilimi rivojlanishi jarayonida
minglab yillar davomida shakllangan ilmiy, nazariy, axloqiy meros
va qadriyatlarga tayanib fikrlash, m a’naviy kamol topishga, jamiyat
ijtimoiy rivojlanishi istiqbolini oldindan ko‘ra bilishga imkon beradi.
Falsafa fan sifatida insonning m ohiyatini anglashi, bilimlari,
hayotiy tajribasi yakunlarini bir-biri bilan bog‘lab, umumlashtirib
olamni
yaxlit tushunishiga, hayotiy yo'llanm a bo ‘ladigan teran
xulosalar qilishiga imkon beradigan nazariy bilimlar, kategoriyalar,
qonunlar tizimini o ‘z ichiga oladi.
H ar bir fan m a’lum bir sohalar b o ‘yicha bilim beradi. Lekin,
hozirgi fanlarning birortasi ham borliqning m ohiyatini yaxlit
anglashga imkon bermaydi. Tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik,
ruhshunoslik fanlari rivojlangani sari olamning um um iy m anza-
rasini bir-biri bilan bog'langan holda yaxlit tushunishga,
yangi
falsafiy xulosalar qilishga ehtiyoj kuchayib boraveradi. Bujarayonda
falsafaning o ‘zi ham m ustaqil rivojlanib, borliqning um um iy
mohiyatini bilish borasidagi ahamiyati kengayadi. Bu bilan aniq
fanlarning bir-biri bilan bog‘lanib rivojlanishiga sharoit yaratiladi.
Falsafani fan sifatida bilgan, o ‘rgangan odam larning fikrlash
doirasi va imkoniyati bu fanni bilmaganlaming xulosalariga nisbatan
to ‘g ‘riroq va teranroq bo'ladi. Shu sababli ham barcha davrlarda
yashagan olimlar o ‘z faoliyatida falsafiy bilimlarni o ‘rganishga
harakat
qilganlar, shu yo‘l bilan barcha fanlar qatori, falsafaning
ham rivojlanishiga imkon yaratganlar. Fan va amaliyot qancha tez
9
va keng ko‘lamda rivojlanib borsa, ularni bir-biri bilan bog‘lab
umumlashtirish, shu asosda olamning yaxlit manzarasini bilishga
intilish ham kuchayib boradi. Arastuning
Dostları ilə paylaş: