va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan
muayyan ko‘nikm alari, m alakalari,
bilim lari ham da dunyoni
amaliy va nazariy o ‘zlashtirishidir; 3) dunyoqarash — insonning
o ‘ziga, tabiat va jamiyatga munosabati asosida yotgan e ’tiqodidir;
4) dunyoqarash — o 'tg an avlodlar qoldirgan ilmiy, m adaniy,
nazariy merosni hozirgi davrdagi amaliy tajriba yakunlari bilan
bog‘lab umumlashtirishdir; 5) dunyoqarash — inson o ‘z hayoti,
faoliyatida tayanishi lozim bo ‘lgan yo‘llanmadir.
Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Bu jihatdan: har
bir
davrning, har bir avlodning, har bir ijtim oiy guruhning
o ‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Shu asoslarda aytish mumkinki,
dunyoqarash odamlarga kun tartibida turgan yangi muammolarga
m a’lum e ’tiqodga tayanib ijodiy yondashish,
fan va jam iyat
istiqbollarini oldindan ko‘rish imkonini beradi.
Dunyoqarashning tarkibiga borliqning hissiy va aqliy in’ikosi
sifatida hosil b o ‘lgan sezgi, idrok va tasaw urlardan tortib, nazariy
tafakkurda mantiqiy jihatdan qayta ishlanib hosil bo‘lgan: mifologik,
diniy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, badiiy va ilmiy
bilimlar, nuqtayi nazarlar, ishonch va e ’tiqodlar kiradi. D unyo
qarash,
shu bilan birga, kishilaming kundalik turmushidagi oddiy
hayotiy-am aliy m alaka va ko‘nikm alarini, ularning bilish va
baholashga oid yo‘l-yo‘riqlari, ishonch va e ’tiqodlari, niyat va
maqsadlarini, eng yuksak orzu va umidlarini, xullas, amaliy va
ilmiy
bilim larining jam in i, shuningdek, kishilardagi xurofiy,
afsonaviy, g ‘ayri ilm iy nuqtayi n azarlarn i, salbiy, reaksion
qarashlarni ham o ‘z ichiga oladi. Dunyoqarash — yuqoridagi sanab
o ‘tilganlarning oddiy yig‘indisi bo ‘lmay, balki ularning mantiqiy
birligidir. Dunyoqarash tarkibiga kirgan
bu unsurlarning har biri
o'ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga, uning yaxlit tizimida
bir butunlikni hosil qiladi va um umiy m azm unni ifodalaydi.
Har bir kishi hayotiy faoliyati jarayonida ulg‘ayib borishi
bilan muayyan dunyoqarashi ham shakllanib, tarkib topa boshlaydi.
Uning m a’lum bir barqaror shaklga kelishi bilan inson shaxs
sifatida shakllana boshlaydi.
Dunyoqarash o'ziga xos vorislik va davomiylikka ega. Tarixning
har bir davrida yashagan avlodlar dunyoqarashini o ‘rganib,
ularning ijobiy tom onlarini o ‘zlashtirib olish juda muhimdir. Zero,
o ‘tgan avlodlar tom onidan yaratilgan dunyoqarashlar merosi yangi
avlod dunyoqarashining shakllanishida m a’naviy zamin vazifasini
bajaradi.
12
Jamiyat rivojlanib borishi bilan insonning amaliy va nazariy
bilish faoliyati, xullas, dunyoqarashi ham takomillashib boradi.
Insoniyat
tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning dunyoqarashi,
ya’ni dunyoni yuzaki, sodda, cheklangan tushunishdan boshlab,
o ‘zining mifologik, diniy va falsafiy bosqichlariga tom on rivojlanib
borganligining guvohi bo ‘lamiz.
Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish
faoliyati rivojlanib borib, dunyoqarashning
yangi-yangi tarixiy
shakllari paydo bo‘ladi. Bunda dunyoqarash oddiy, kundalik ongdan
tortib, mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarga tom on
rivojlanib boradi. Bu dunyoqarashning quyidagi shakllari tadrijida
o ‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: