qiladi“ ; „agar yerdagi hayot yom on bo ‘lsa, inson osmonga emas,
qalbiga murojaat qilishi kerak“ ; „axloqli odam o ‘ziga ravo ko‘rgan
narsani boshqalarga ham ravo ko‘radi“ ; „komil inson hammaga
bir xil m unosabatda b o ‘ladi, odam lardan yaxshi fazilatlarni
o'rganadi, yaxshilikka intiladi, ham m ani teng ko‘radi, biror xatoga
yo‘l qo'ysa, aw al o ‘zini ayblaydi“ , degan fikrlari qadimgi Xitoy
falsafasi asosida yotgan m a’naviy qadriyatlardir. Konfutsiy millat,
mamlakat taraqqiyoti negizida yotgan uch asosiy m a’naviy omilni,
ya’ni Xitoy xalqi milliy g ‘oyasining asoslarini ham yaratib berdi.
Bu — ,,o‘tmishga hurm at, m ustahkam oila, odam lar o ‘rtasida
m ehr-m uruw at, rahm -shafqat“ , degan fikrlardir. Bular jamiyat
hayoti va taraqqiyotini mukam m al anglashga imkon beradigan
falsafiy g‘oyalardir.
Buddachilik falsafasida ham hammaga yaxshilik qilish, nafratga,
g ‘azabga berilmaslik, shafqatsizlik, adolatsizliklarga yo‘l qo ‘ymas-
lik — inson hayotining asosiy mohiyati sifatida qaraladi.. Xalq
m aqollarida ifodalangan: „A chchiq savol berib, shirin javob
kutm a“ ; „birovga kesak otsang, u senga tosh otadi“ ; „yom onni
yaxshi qilgan ham til, yaxshini yomon qilgan ham til“ ; ,,ko‘rpangga
qarab oyoq uzat“ , degan so‘zlar, donolarning hikmatlari, diniy
g‘oyalarda (m asalan, Hadislarda) aytilgan: „K im yaxshilikka
boshlasa, uni ustoz deb bil“ ; „yaxshi odam yaxshilik qilishi bilan
yaxshi“ ; ,,o‘zingga ravo ko‘rganni boshqalarga ham ravo ko‘r“ ;
„amirning sovg‘a olishi harom , qozining pora olishi esa dindan
chiqishdir“ kabi fikrlar inson hayoti, insoniy munosabatlarning
ko‘p yillik tajribasini o'rganish va umumlashtirishdan kelib chiqqan
falsafiy xulosalardir. Bular o ‘tgan davrlar sabog‘igina bo‘lib qolmay,
balki inson m a’naviy kam oloti, jam iyat taraqqiyotini belgilab
beradigan m a’naviy omillar hamdir. Bu maqollar, hikm atlarda
hayot haqiqati, uning saboqlari o'zining chuqur falsafiy ifodasini
topgani uchun hozir ham o ‘z aham iyatini yo‘qotgani yo‘q.
Sharq she’riyatida ham hayot voqeligi saboqlarini o ‘rganish va
insonparvarlik qadriyatlari asosida u m u m lash tirish d an kelib
chiqqan, kishilar o ‘z hayotiy maqsad va m anfaatlarini oqilona
amalga oshirishiga imkon beradigan teran falsafiy g‘oyalar katta
o ‘rin olgan. Firdavsiy, Xusrav Dehlaviy, Bedil, Navoiy, Jomiy,
Bobur, Mashrab, Furqat, Muqimiy she’rlarini o ‘qigan odam lar
ulardagi ajoyib qofiyalar jarangdorligiga e ’tibor beribgina qolmay,
har bir misrada ifodalangan teran falsafiy fikrlardan ibrat oladilar,
o ‘yfoydilar, mulohaza qiladilar.
2 Falsafa
N i z o m i y nomli
TDPU
Dostları ilə paylaş: