K onstitutsiyaviy va hududiy iqtisodiy, siyosiy, m a ’naviy m ustaqil
likka
erishishdir. Agar shu jihatlardan biri bo‘lmasa, to ‘la barqaror
278
mustaqillik to ‘g‘risida so‘z ham bo'lishi mumkin emas. Bu boradagi
ilmiy, nazariy m uam m olar ham falsafa fani tom onidan yaxlit
holatda o'rganiladi.
Mustaqil iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari siyosiy mustaqillik
qaror topganidan keyingina yuzaga keladi va, o'z navbatida, siyosiy
mustaqillikning barqaror bo'lishiga xizmat qiladi. Agar siyosiy
mustaqillikni q o ‘lga kiritgan m amlakat iqtisodiy m unosabatlarni
tezda, samarali izga sololmasa, bu boradagi barcha yutuqlar,
xalqning orzu-umidlari barbod bo‘lishi muqarrardir. Mustaqil davlat
iqtisodiy rivojlanishning asosiy y o ilarin i, pirovard maqsadlarini
belgilab beradi. Lekin, murakkab sharoitlarda amalga oshayotgan
iqtisodiy rivojlanish faqat oldindan belgilab qo ‘yilgan mezonlar,
qoidalar doirasidagina qolib ketishi m um kin emas. Iqtisodiy
rivojlanish yo'llariga konkret sharoitdagi ehtiyoj, talab va imko-
niyatlar, bozor m unosabatlarining holati, xalqaro m unosabat-
lardagi o'zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni
oqilona tashkil etish borasidagi yangi qadam lar ham bevosita ta ’sir
etadi. Shu sababli iqtisodiy islohotlar borasidagi davlat siyosati
ham jam iyat taraqqiyotining yangi sharoitlari va imkoniyatlari
ta ’sirida takomillashib turishi zarur.
Siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot borasidagi o ‘zaro bog‘liqlik
jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunidir. Rivojlanishning barcha
davrlarida iqtisodning siyosatga ta ’siri kuchli bo ‘ladi.
Siyosat —
bu
aqidabozlik emas, balki,muayyan sharoitlar ta ’siri ostida o ‘zgarib
boruvchi jarayondir.
Mafkuraviy mustaqillikka erishish ham taraqqiyotning muhim
omillaridandir. M ustamlakachilik davrlarida davlat mafkuraviy
siyosati ezilgan xalqlami m a’naviy qaramlik holatida saqlab qolishga
qaratilgan bo'ladi. M asalan, 130 yildan ortiq davr davomida chor
Rossiyasi va sobiq Ittifoq tom onidan mazlum xalqlaming milliy
ongi, milliy iftixor tuyg‘usi kuchayishiga yo‘l bermaslik uchun
qilingan harakatlar ham shu m aqsadlar bilan bog‘langan edi.
Mustamlaka va qaram mamlakatlar xalqlari o ‘rtasida hukmron millat
tili va madaniyatini keng targ'ib etish ham m a’naviy qaramlik
holatini kuchaytirishga qaratilgan bo'ladi.
Mustaqillik mafkurasi, milliy uyg‘onish millatning o 'z tarixi
va taqdirini chuqur tushunishi, milliy ongi o ‘sishi, milliy qadr-
qimmatini asrashi, milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usi kucha-
yishi bilan bog‘liqdir. Yuksak milliy ong bo‘lmagan joyda to ‘laqonli
milliy mustaqillik ham , milliy mafkura ham b o ‘lmaydi.
279
Milliy istiqlol mafkurasi mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin
emas, balki, ungacha bo‘lgan uzoq kurashlar jarayonida shakllanadi.
Bu m afkura o ‘z ozodligi, haq-huquqi, qadr-qim m ati uchun
ku rash ay o tg an x alq larn in g o rz u -u m id la ri b ilan b o g ‘liqdir.
Mustaqillik qo ‘lga kiritilgach, bu kurashda ishtirok etgan kuchlar
oldinga surgan ilg‘or g'oyalar yaxlitlanib, milliy mafkura holatiga
keladi.
Dostları ilə paylaş: |