,M axayana
—
hamma uchun birdek
ulug‘y o ‘l “,
davlat dini va mafkurasi, deb e ’lon qilingan (miloddan
aw . 78-yil). Kanishka uchun kushonlar saltanatini birlashtiaivchi
diniy mafkura va, ayni paytda, diniy e ’tiqod erkinligi siyosatini
yu rg izish h a y o t-m a m o t m asalasi edi. C h u n k i, k u sh o n la r
saltanatiga kirgan xalqlar buddaviy e ’tiqoddan tashqari qadimgi
turkiy Tangri e ’tiqodiga, zardushtiylik va boshqa ko‘plab diniy
e ’tiqodlarga sig‘inar edilar. Bu xalqlarni birlashtirish uchun,
ularning e ’tiqodlarini o ‘zida om ixta qilgan, diniy ehtiyoji va
m anfaatlarini qondira oladigan, uning evaziga kushonshohlar
saltanatiga xayrixohligini qozontiruvchi rasmiy mafkura zarur edi.
Shuning uchun Maxayana ta ’limotida buddachilikning aqidaviy
a ’nanalariga, marosimchiligi va ijtimoiy asosiga jiddiy o ‘zgarishlar
kiritildi.
Xususan, ,,Nirvana“ga shu dunyoning o ‘zida ham erishish
mumkin. Nirvanaga faqat nufuzli, ilohiylik va muqaddaslik iqtidori
sohiblari — budda avliyolarigina emas, balki m a’naviy-ruhiy
poklanish, tozalanish yo‘liga kirgan, komillikni oliy va ezgu maqsad
qilib olgan barcha odamzod erishishi mumkin.
Buddachilikning Maxayana shakli kushonshohlarning rasmiy
davlat dini, deb e ’lon etilgandan so‘ng Kanishka, Vima Kadfis,
keyingi kushonshohlar uni amalda rivojlantirishlari, boshqa xalqlar
o'rtasida keng yoyishlari uchun saltanatning Balx, Marv, Termiz,
Sam arqand, Buxoro, Shosh-Iloq, T urkiston, Sayram , Quva,
Koson, 0 ‘sh, 0 ‘zgand, Qoshg‘a rv a boshqa shaharlarida ko‘pdan-
ko‘p ibodatxonalar qurildi, buddachilikka oid kitoblar tarqatildi.
Maxayana buddachiligining diniy-falsafiy ta ’limoti asosida to ‘rtta
qoida yotadi. Bular quyidagilar: dunyoda qiynalish, azob-uqubat
mavjud; har qanday qiynalishning sababi bor; qiynalishdan qutulish
mumkin; qiynalishdan qutulishga olib chiquvchi yo‘l bor.
Qiynalish deganda buddachilik nafaqat insonni, balki barcha
tirik m avjudotning paydo b o ‘lishidan yo'qolishigacha b o ‘lgan
jarayonni tushunadi. Biroq, buddachilik ta ’limotiga ko‘ra, inson
hayotda qiyinchilikdan qutulishi m um kin. Q utulish deganda
buddachilik insonni o ‘z istaklaridan voz kechishini, shu bilan
birga, to i a xotiijamlik, osoyishtalik, mutlaq m as’udlik (Nirvana)
holatiga erishishni tushunadi.
45
Shunday qilib, miloddan ancha oldin 0 ‘rta Osiyoda diniy,
ijtimoiy-falsafiy qarashlarning dastlabki kurtaklari vujudga keldi.
Bu ijtimoiy-falsafiy fikrlar diniy ruhda bo‘lsa ham, o ‘sha davr
kishilarining olam, inson, uning huquqi va axloqi haqidagi qarash
larini o ‘zida aks ettirdi.
Dostları ilə paylaş: |