davri boshlanadi.
Uchinchi davr —
insoniyatning kelajagi davridir.
Bu davrda qadimgi odam larning baxt-saodat, adolatli jamiyat
haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Yaxshilik va yomonlik o ‘rtasidagi
kurashda Xudo Axura Mazda g‘olib chiqib, baxtli hayot saltanati
qaror topadi, o'lganlar tiriladi, gunohkorlar jazolanadi.
Zardushtiylikda o ‘sha davrning huquqiy va axloqiy qarashlari
ham o ‘z ifodasini topgan. Zardushtiylikning axloqiy majmuasida
mehnatsevarlik, adolat,
halollik, yaxshilik asosiy o'rinni egallaydi.
,,Avesto“da ibtidoiy davrdan feodal davrgacha bo'lgan axloqiy
qoidalar o 'z aksini topgan. Zardushtiylikning axloqiy asosini uch
narsa —
ezgu fikr, ezgu so ‘z
va
ezgu amal
tashkil etadi.
Yaxshi fikr Axura Mazda Xudosining hislati (ramzi), yomon
fikr esa — A m Manyu Xudosining xislati hisoblanadi. Zardushtiylik
jamiyatda odamlar tinch yashashi, bir-biriga samimiy munosabatda
bo'lishi, bir-biriga yordam qilishi g'oyalari tarafdori bo'lib,
shafqatsizlik, zo'ravonlik, shuhratparastlik, hasad qilish, tuhmat,
jahlga yo'l qo'yish, va’daga vafosizlik kabi illatlarni qoralaydi.
Zardushtiylikda insoniy burch faqat axloqiy yo'l-yo'riqlarni
o'zlashtirishdan iborat bo'libgina qolmasdan, balki oilaviy turmush,
yaxshi yor va farzand to'g'risida ham o'ylash ekanligi ta ’kidlanadi.
Umuman,zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasi masalasi
alohida o'rin tutadi.
Zardushtiylikda O 'rta va Yaqin
Sharadagi huquqiy qarashlar
ham o 'z ifodasini topgan. Q adim zam o n lard an beri kishi
larning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga solib turuvchi urf-
odatlar va axloqiy qoidalar mavjud bo'lgan. Zardushtiylikda ular
Axura Mazda Xudosi nomidan ilohiy qonun darajasiga ko'tariladi.
,,Avesto“da huquqiy qoidalar tartibli tarzda ifoda qilingan bo'lmasa
ham, o'sha davrning huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan va
ularni to 'g 'ri aks ettirgan.
Shakllangan va rivoj topgan qadimgi Sharq jamiyati asoslari
milodning II—III asrlariga kelib asta-sekin yemirila boshlaydi. Uning
zam inida feodal m unosabatlar rivoj topadi. Bu jarayonning
murakkab va ziddiyatli kechishi o'sha davrlardagi falsafiy qarashlarda
ham aks etdi. Shuning oqibatida zardushtiylikdan yangi oqim —
moniychilik kelib chiqadi. Bu ta ’limotning asoschisi M oniy degan
kishi bo'lib, u 216—217-yillarda tug'ilgan va 276-yilda Jundishopur
shahrida qatl etilgan.
M oniy ta ’lim oticha, olam da nur dunyosi —
yaxshilik va
zulmat dunyosi — yovuzlik mavjud. U lar o'rtasida abadiy kurash
boradi. Lekin, pirovard natijada yaxshilik tantana qilishi, inson
43
o ‘z xulqi va butun hayoti bilan yorug‘likning zulm at bilan
kurashishiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun
xizmat qilishi kerak.
Moniy ta’limoti quldorlik davlatiga, shuningdek, hukmron dinga
qarshi qaratilganligi uchun, uning tarafdorlari hukmron siyosiy
kuchlar va din ulamolari tomonidan qattiq quvg'inga duchor boidilar.
V asrning oxiri va VI asrning boshlarida 0 ‘rta Osiyo va Eronda
kuchayib borayotgan zulmga qarshi
Mazdak
boshchiligida xalq
ko'zg'aloni k o ‘tarildi. Bu harakat ayovsiz ravishda bostirildi.
M azdakning o ‘zi esa, dahriylikda ayblandi.
Mazdakchilar mafkurasi jam oa yerlarini bosib olishga qaratil
gan harakatni va dehqonlarning qaramligiga
qarshi kurashishni
himoya qilishga qaratilgan edi. Mazdak ta ’limoti zardushtiylikdagi
yorug‘lik va jaholat, yaxshilik va yovuzlik kurashining dualistik
aqidalaridan kelib chiqadigan falsafiy qarashlarga asoslanar edi.
Lekin, mazdakchilikda sof falsafiy va diniy masalalar katta o ‘rin
tutmaydi. Unda ijtimoiy masalalar birinchi o ‘rinda turadi.
Mazdak ta ’lim oticha, asosiy yovuzlik — boylikka hirs qo ‘yish
va kambag‘allikdir. Bular g‘arazgo‘ylik, bir-birini ko‘rolmaslik,
qasos olishning sabablaridir. Ijtimoiy adolatsizlikga qarshi kurash,
hasadgo‘ylik, bir-birini ko‘ra olmaslik, qasos olishni bartaraf etish,
haqiqiy insoniy munosabatlarni vujudga keltirishning yo ii — Xudoga
toat-ibodat qilishdir.
Miloddan awalgi II va I asrlarda Turon zaminida buddizm
ham keng tarqalgan. Turkistonning Marv, Balx, Termiz, Sig‘nok,
Quva, Koson, Sam arqand, Buxoro kabi shahar va viloyatlarida
ham buddachilik ta ’limoti aqida va marosimlarini
ishlab chiqishda,
ularni boshqa Sharq m am lakatlarida targ'ib etishda alohida o ‘rin
tutgan markazlar bo ‘lgan.
Miloddan awalgi I asr va milodning IV—V asrlari orasida
O 'rta Osiyo, T uron-Eron, Shimoliy Hindiston, Kavkazning Osiyo
etaklaridan „Saddi ch in “gacha bo‘lgan hududni o ‘z ichiga olgan
K ush o n sh oh lar saltan ati M axayana buddachiligini o ‘zining
g‘oyaviy e ’tiqodi, mafkurasi, deb e ’lon qilgan edi. Sharq m am -
lakatlan tarixiga oid ilmiy adabiyotlarda Hindistonda miloddan awalgi
V II—VI asrlarda buddachilikning
xinayana nomli oqimi keng
tarqalgan edi. Xinayananing bosh g ‘oyasi — faqat juda kibor,
m u’tabar tabaqaga mansub buddaviy aziz-avliyolargina „Nirvana"
saodatiga (ya’ni, „m utlaq m as’udlik, ezgulik-jannatiylik holati“)
erisha oladi. Shu sababli bu ta ’limot H indistonning o ‘zida ham
keng tom ir ota olmadi.
44
M anbalarning xabarlariga qaraganda, kushonlar saltanatining
asoschisi, buyuk sho h an sh o h i K anishka K adfis to m o n id an
Panjobning Jalandxar shahrida chaqirilgan b uddachilarning
umum jahon Jome yig‘inida
Dostları ilə paylaş: