Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko'rishning tortinchi bo'g' ini bo'lgan musobaqalashuv faoliyatini dasturlash



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə109/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko'rishning tortinchi bo'g' ini bo'lgan musobaqalashuv faoliyatini dasturlash - bu taktik rejani ishlab chiqish jarayonida amalga oshiriladi. Ushbu jarayon odatda ehtimollik xarakteriga ega bo‘ladi, zero sportchi ham, murabbiy ham hech qachon oldida turgan musobaqa haqida aniq va yuz foiz to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lmaydi, aksincha, ular asosan o‘z taxminlariga ko‘ra fikr yuritadilar.
Psixologik nuqtai nazardan bu musobaqaning taxminiy sharoitlarida bo‘ladigan faoliyat vaziyatlarini fikran o‘ylab, yechimni topish jarayoni ko‘rinishidagi bir qator aqliy xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘lib, aqliy eksperiment sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash kerak-ki, harakatlarni fikran o‘ylash bu ideomotor mashg‘ulot hisoblanadi. Sportchi xayolan fikr yuritar ekan, doimo ko‘z oldiga harakatlarni keltiradi. Harakatianish tasavvuriari esa bosh miya qobig‘idagi turli-tuman vaqtinchalik aloqalarning jonlanishiga asoslanadi, bu jonlanishning tashqi effekti tasavvur qilinayotgan harakatlarning amalda bajarish chog'ida yuzaga keladigan reaksiyalarga mos keluvchi harakatalanish, vegetativ va boshqa reaksiyalarda namoyon bo'ladi.
Bunday ideomotor mashg‘ulot sportchini bo’lajak musobaqadagi amaliy harakatlarga tayyorlaydi.
Harakatlarni xayolan bajarish va uni hal etish chog'ida qo‘llash tayyorgarlik mashg'ulotlari jarayonida tekshiriladi, to‘ldiriladi, mustahkamlanadi yoki amaliy xatti-harakatlar bilan tuzatib boriladi. Bunda musobaqaning umumiy shart-sharoitlarini emas, balki bo'lajak musobaqaning sharoitini aniq modellashtirilish muhim ahamiyatga ega. Albatta, bunda 100% va mutloq aniqlikka erishish qiyin. Buni sportchining o‘zi ham yaxshi tushunishi lozim. Zero musobaqalashuv faoliyatining taxminiy dasturiga oid eng samarali variant, yoki harakatlarning taktik rejasi uning real musobaqa sharoitdagi ijodiy tashabbuskorligini, fikrlashdagi va harakatlanishdagi mustaqilligini cheklab qo‘ymasligi kerak.
Shuni ham aytish lozimki, sportchi har qanday kutilmagan to‘siqlarga peshvoz chiqishga va ularni yengib o‘tishga ham psixologik jihatdan, ham amaliy jihatdan tayyor bo‘lmog‘i kerak. Shu sababli ham sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash tizimining bo‘g‘inlarida to‘siqlarni, jumladan kutilmagan to‘siqlarni yengib o‘tish mashg'ulotlari ko‘zda tutiladi. Albatta, u ehtimolli dasturlash jarayonida amalga oshiriladi, biroq buni belgilangan dasturni amaliy harakatlarda, bo‘lajak musobaqa sharoitlariga yaqinlashtirilgan sharoitlarda tekshirib ko'rish va aniqlash chog'ida amalga oshirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. '
Bu sharoitlarni tayyorgarlik mashg'ulotlari jarayonida tashkil etar ekan, sport murabbiysi turli o'yinlar - nazorat o'yinlari, to‘p uloqtirish va hokazolar orqali sportchi uchun kutilmagan holatlarni yuzaga keltirishdan samarali foydalanmogi lozim. Bu kutilmagan holatlarning turini ko‘paytirishga murabbiy turli sport musobaqasida yuzaga keladigan kutilmagan vaziyatlarni qayd etish va sistemalashtirish orqali erishishi mumkin. Bu borada sport murabbiysi mustaqil tashabbus va izlanuvchanlikni namoyon etishi o‘ta muhimdir.
Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko‘rish tizimining beshinchi bandida turli noxush ichki holatlarni tartibga solish ko zda tutilgan. Ular masalan, sportchining haddan tashqari o‘ziga ishonishi, yoki o‘zi kutayotgan natijaga, g‘alabaga haddan tashqari diqqat e’tiborini qaratishi natijasida yuzaga keladagan kuchli hayajonlanish tarzida ham namoyon bo'lishi mumkin.
Shuningdek, sportchiga nima qilib bo'lsa ham uning g'alaba qozonishi shartligi to'g'risidagi gaplar ham noxush ta’sir ko'rsatadi. Natijada sportchining xayoliga turli noxush fikrlar o'rnashib qoladi. Ba’zan bunday fikrlarni sportchining ongiga juda tajribali va obro'li murabbiy ham singdirishi mumkin.
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, sportchilarda noxush psixik holatlarni mustaqil tartibga solish ko'nikmalarini umumiy psixologik tayyorgarlik jarayonida shakllantirish o'ta muhimdir. Sportchi musobaqadan musobaqaga o'tar ekan, o'z his tuyg'ularini mustaqil tartibga solish usullarini egallab, muayyan vaziyatlardan kelib chiqqan holda, eng samarali va qulaylarini tanlashni o'rganib boradi. U o'zini startga tayyorlar ekan ulardan foydalanadi, o'zining startoldi odatlarini doimiy ravishda takomillashtirib boradi va bu odatlar amalda sportchining o'zi uchun yaratgan odatlariga aylanadi. Bunda diqqatning fikran (ideomotor) ko'chishi nihoyatda samarali hisoblanadi, zero u mashqlarni yuqori texnik mukammallikda bajarishga yo'naltirilgan bo'ladi (masalan,balandlikka sakrashda, yengil atletikada navza uloqtirishda, gimnastikada turli gimnastika uskunalaridagi kombinatsiyalarni bajarishda, sport o'yinlarida belgilangan taktik harakatlarni amalga oshirishda, qilichbozlikda, boksda va boshqa sport turlarida).
Va nihoyat sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash tizimining oltinchi bo'g'ini haqida so'z yuritamiz. Sportchining musobaqa oldidan jismoniy va asab — psixik tetikligi umumiy psixologik tayyorgarlikning to'g'ri tashkil qilinishi va o'tkazilishi bilan ta’minlanadi.
Biroq u ba'zida asabning o'ta zo'riqishi bilan almashishi sportchi va murabbiyning musobaqaga psixik jihatdan tayyorlik holatiga erishish borasidagi barcha ishlarini yo'qqa chiqarishi mumkin. Bunga turli holatlar sabab bo'lishi mumkin va doim ham buni oldindan ko'rish imkoniyati bo'lavermaydi. Biroq sportchi o'z oldida turgan musobaqada ishtirok etishning ahamiyati to'g'risida avvaldan o'ylab ko'rishi va unga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Sport psixologiyasi nazariyasi, pedagogikasi va sport amaliyotida shunday fikr keng tarqalganki,unga ko'ra agar sportchi o‘zi ishtirok etayotgan musobaqaning ahamiyatini,birinchi galda uning ijtimoiy ahamiyatini to'g'ri anglab yetadigan boisa, uning g'alabaga erishish imkoniyati sezilarli darajada oshadi. Bu chindan ham isbotlangan haqiqatdir.
Biroq hamma ham sport musobaqasinig ahamiyatini bilish darajasi har bir sportchi uchun o‘ziga xos bo‘lishini anglab yetavermaydi. Agar bu me’yor buziladigan bo‘lsa,sport musobaqasida ishtirok etish ahamiyatining ijobiy ta’siri mutlaqo teskariga aylanib, salbiy ta’sirni ifodalaydi. Afsuski, bu me’yorni miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalab bo‘lmaydi. U sportchi psixikasining turli ta’sirlarga, ya’ni musobaqaga chiqish chog'ida sportchining diqqatini o'ziga tortuvchi turli ta’sirlarga nisbatan uning asab tizimlari va psixikasi qay darajada dosh berishiga bog'liq bo'ladi. Ya’ni, bunda sportchining erishgan natijalari uning shaxsiy obro'- nufuzining oshishiga, u musobaqada yutgan taqdirda beriladigan rag'batlantirish va aksincha u muvaffaqiyatsizlikga uchragan va mag'lub bo'lgan hollarda esa u duch keladigan jazolashlar, uning nima bo‘lsa ham oltin medalni va boshqa yutuqlarni qo'lga kiritish borasidagi harakatlariga ko'rsatadigan ta’siri o'ta muhimdir. Bu ahamiyatli bo'lgan qo'zg'atuvchilarga nisbatan sportchi asab tizimi va psixikasining mustahkamligi bilan belgilanadi.
Stimulyatsiya, ya’ni rag'batlantirishning bunday shakli unchalik ham mazmuniga rnos kelavermaydigan, biroq o'ta to'g'ri nom bilan, ya’ni “nakachka”-“uqdirish”deb ataladi. Ayni shunday rag'batlantirishlar tufayli qanchalab rekordlar barbod bo'lganligi, qanchalar muvaffaqiyatli chiqishlar yuz bermaganligini sanab sanog'iga yetish qiyin. Buning imkoni ham, hojati ham yo'q.
Shu sababli ham sportchilarni bunday majburan ishontirishdan, ya’ni oldinda turgan musobaqlarning ahamiyatiga alohida urg'u berib qarashdan qat’iy himoyalamoq zarur.
Musobaqaning boshlanishiga qadar sportchining asab psixik tetikligini saqlash va musobaqa jarayonida qayta tiklash nafaqat sport musobaqasi ahamiyati me’yorlariga bog'liq, balki sportchining ko'ngil xotirjamligini yo'qotishiga, turli affekt-kuchli hayajonlanish holatlari ham sabab bo'lishi mumkin. Bunday hollarda sportchilar o‘ta asabiy, jizzaki, kayfiyati har lahzada o‘zgarib turadigan bo‘lib qoladi va hokazo. Bunday holatlarda sportchilar uyqusizlik dardiga chalinadilar, ba’zilari esa musobaqaga hali 3-4 kun bo‘lishiga qaramasdan mutlaqo uxlay olmaydilar va uxlash uchun turli usullardan foydalanadilar. Bularning barchasi sportchining musobaqaga yetib bormasdanoq “asab kuchi kuyib, ado bo'lishiga” sabab bo'ladi. Musobaqalar jarayonida esa sportchidagi izchil zo‘riqishlar natijasida uning charchog‘i zo‘rayib ketadi, oqibatda asab-psixik tetikligini yo‘qotadi. Shu bilan birga musobaqalarda ba’zan sportchi ancha vaqt, ba’zida o‘nlab daqiqa o'zining navbatdagi startga chiqishini, navbatdagi jangini kutib qoladi. Navbatdagi startni, jangni, olishuvni intiqlik bilan kutib qolish jarayonida sportchi aksariyat hollarda xayolan o'z raqibi bilan iangga kirishadi. Bu ham yuqorida qayd etilgan oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin