Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Sport murabbiysining sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash bilan bog‘liq vazifalari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə111/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

13.3. Sport murabbiysining sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash bilan bog‘liq vazifalari
Sportchining musobaqalashuv faoliyatidagi yuqori natijalarni ko'rsatishi nafaqat uning har tomonlama tnyyorgarlik holatiga, balki uning ayni shu musobaqaga tayyor bo'lganligiga ham bog‘liqdir. Ushbu tushunchalarni sinonim tarzida qo‘llashadi. ammo ular bir xil mazmunga ega emas.
Sportchining tayyorgarligi deyilganda organizm funksional tizimining yuqori darajada rivojlanganligi, spetsifik harakatlanish faolligini ta’minlovchi asab tizimi va psixikasining boshqaruv funksiyalari, jismoniy va harakat sifatlari tushuniladi. Sportchining tayyorgarligiga sport tayyorgarligi mashg'ulotlari jarayonida va uzoq davom etadigan sportdagi mukammallashuv jarayonida erishiladi.
Musobaqaga tayyorlik tushunchasini esa, sportchining ayni paytdagi holati, uning o‘z tayyorgarligini to‘liq ko‘rsatishga yordam beruvchi, muayyan musobaqada o'z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishi tarzida tushunish lozim.
Sportchining musobaqaga tayyorligi — bu uning integral tavsifidir. Unda tayyorlikning 5 ta komponentini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin, bular. g‘oyaviy. ma’naviy, funksional, maxsus va psixik tayyorliklardir. Musobaqa oldidan va uning davomida sportchilarning psixik jihatdan tayyorligi juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu tayyorlik:

  1. Tayyorgarlikning boshqa komponentlariga nisbatan qisqa vaqt ichida juda ko‘plab o‘zgarishlarga duch keladi;

  2. Uning o‘zgarishlari funksional tayyorlikning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin;

  1. Psixik jihatdan tayyorlik texnik, taktik vosita va usullardan samarali foydalanishga, ya’ni maxsus tayyorlikning namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi.

  2. Uni sportchiga psixologik jihatdan asoslangan ta’sir ko'rsatish orqali yanada samaraliroq qiiish mumkin. Bu ishni bevosita start oldidan ham bajarish va shu yo'l bilan mazkur musobaqada o‘z imkoniyatlarining eng yuqori natijasini qo'lga kiritishiga ko‘maklashish mumkin.

Ushbu bo'limda murabbiyning boshqaruvchilik funksiyasi sportchini musobaqaga tayyorlash vazifalari bilan bog‘liq ravishda v tahlil etiladi.
Murabbiyning vazifasi - sportchiga har bir alohida musobaqaga psixik tayyorlikni shakllantirishga yo'naltirilgan psixologik tayyorgarlik borasida ko‘maklashishdan iborat bolibgina qolmay, balki ayni paytda sportchi musobaqa oldidan va musobaqa jarayonida tushib qolishi mumkin bo‘ladigan noxush psixik holatlarda unga yordam berish, bunday vaziyatlarning oldini olish va ularga yo‘l qo'yinaslik choralarini ko‘rishni, va shu vaziyatlarga tayyor bo'lib turishni ham taqazo etadi.
Rossiyalik sport psixologi, professor A.V.Rodionov sportchini sport musobaqasiga psixologik tayyorlash jarayonida sport murabbiysining roli haqida gapirar ekan, shunday yozadi: “sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash jarayonida sport murabbiysi psixik jihatdan tayyorlikni belgilab beruvchi muhim omillarga tayanib ish ko‘radi. Ya’ni u musobaqada belgilangan natijalarga erishish uchun alohida rejalashtirish va sportchining qay darajada bu natijalarga erisha olishini baholash o‘ta muhimligini ta’kidlaydi. Shuning uchun ham muvaffaqiyatning ehtiyojini hamda uning qay darajada amalga oshirilishi mumkinligini baholar ekan,murabbiy musobaqadan oldingi hamda musobaqalar paytidagi har bir bosqichda sportchining psixik holatini optimallashtirib borishi mumkin”.
Birinchi navbatda sport murabbiysi sportchiga musobaqalashuv maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yishda, ushbu maqsadlarga erishishga da’vat etuvchi motivlarni shakllantirishda yordam beradi. Bu esa murabbiydan o‘ta ehtiyotkorlikni, ayniqsa o'z o‘quvchisini juda chuqur bilishni talab qiladi. Sportchi maqsadga erishish yo‘lida bor

imkoniyatlarini ishga solishi uchun undagi g‘alabaga bo'lgan ehtiyoj nihoyatda ulkan bo'lishi, uning motivlari ham yuqori ahamiyatli bo'lishi lozim. Agar shunday bo'lmasa sportchining astoydil kurash olib borishidan qanday ma’no bor? Biroq ikkinchi tomondan har qanday odam ham faoliyati uchun mas’uliyat va g'alabaga bo'lgan talab juda yuqori bo'lgan bir vaziyatda muvaffaqiyatli tarzda harakat qila olmaydi. Chunki bunday holatlarda kishida optimal darajadan yuqoriroq bo'lgan emotsional qo'zg'alishlar yuz berishi mumkin.
Shuning uchun ham yuqorida aytilgandek sportchilarga nisbatan “uqdirish” vositasini qo'llash nihoyatda zararlidir. Shu sababli sport murabbiysi sportchilarga oldinda turgan musobaqaning ahamiyatini juda yumshoq tarzda, ya’ni unda erishiladigan g'alabaning sportchiga shaxsan va jamoaga qanday naf keltirishi haqidagi tushuntirish bilangina yetkazishi maqsadga muvofiq. Sport murabbiysi sportchi oldiga musobaqalashuv maqsadini qo'yar ekan ayni paytda bu maqsadga erishishning real vositalarini aniqlashda sportchiga yordam berishi, g'alabani qo'lga kiritish imkoniyatlarini aniq baholab berishi lozim.
Sportchining musobaqa oldidan ko'rgan tayyorgarlik samaradorligini aniqlashda sport murabbiysining ahamiyati 1
nihoyatda kattadir. Ayni shu maqsadda pedagogik testlar, nazorat o'yinlari, sparringlar qo'llanilib ular yordamida sportchi musobaqaga tayyorgarligining o'sishi va psixik jihatdan tayyorlik holatini shakllantirish tekshiriladi. Ana shunday tekshirishlarning natijalarini tahlil qilish o'tkazilgan ishlar sifatiga baho berish va sportchining kelajakda qanday natijalarni qo'lga kiritishini bashorat qilish imkoniyatini beradi. Biroq bu tekshirishlarning foydasi faqat ularning musobaqa oldidan o'tkaziladigan tayyorgarlik jarayoni uchun nihoyatda zarur bo'ladigan ma’iumotni berishi bilangina cheklanib qolmaydi; ular ayni paytda noxush psixik holatlarning oldini olish, musobaqalarga tayyorlikni ta’rninlashi uchun ham qo'llanilishi lozimdir. Zero agar tayyorgarlik mashqlarining natijalari 1
rejalashtirilgan natijalarga muvofiq keladigan bo'lsa, demak, 1
musobaqaga tayyorgarlik to'g'ri amalga oshirilrnoqda, ya’ni startga qadar sportchining o'z oldiga qo'yigan natijalarni qo'lga kiritishi uchun tayyorgarlik holati talab darajasida bo'ladi. Buni anglagan
sportchining o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishga ishonchi ortadi. Shu sababli ham murabbiy bunday nazorat musobaqalashuv mashqlarini, yugurishlarni, o‘yinlarni, sparringlarni shunday tashkil qilishi kerakki, ular pirovard natijada sportchi psixik holatining optimallashuviga sabab bo'lsin.
Mashhur murabbiylardan biri, o‘z shogirtlaridan birini erkin kurash bo'yicha jahon birinchiligiga tayyorlar ekan (u paytda bu sportchi xalqaro musobaqada hali tajribasiz edi) unda o'z kuchiga ishonch hissini shakllantirish lozimligini (ya’ni sportchining o'z g'alabasiga yuqori subyektiv baho berishi lozimligini) sezib qoladi. U o'z shogirdini sportda shuhrat topgan, xalqaro musobaqalarda bir necha bor g'alaba qozongan sportchilar bilan kurashga tushishini tavsiya etadi. Ayni paytda u ilgari chempion bo'lgan mashhur sportchidan, bor kuchi bilan kurash tushmaslikni iltimos qiladi. Yosh kurashchi, albatta, bundan bexabar edi. U tayyorgarlik bellashuvidagi, kurash jarayonida o'zining eng yaxshi ko'rgan uslublaridan foydalangan holda g'alaba qozonib, o'ziga bo'lgan ishonchni kuchaytirdi, shuningdek oldida turgan musobaqada ham g'alaba qozonishi mumkinligi borasidagi shubhalardan forig' bo'ladi.

  1. Murabbiylar sportchilar uchun bo'lajak musobaqa sharoitlarini

tashkil etib, tabiiy modellar yaratish orqali musobaqa uchun tayyorgarlikda katta yordam ko'rsatishlari mumkin.
Masalan, badiiy gimnastika bo'yicha murabbiy musobaqadan oldingi tayyorgarlik mashqlarida, sportchilarga musiqada jo'r bo'lib pionino chalayotgan musiqachidan, bir necha marotaba ohanglarning sur’atini odatdagidan ko'ra tezroq, yoki aksincha sekinroq chalishni so'radi. Zero, bunday vaziyatlar sport musobaqasi davrida tez- tez bo'lib turadi, kelayotgan musobaqada shunday hoi yuz bersa, gimnastikachilarning xatti-harakatlari buzilmaydi.
Sportchining bevosita musobaqalashuv jarayonidagi faoliyatini boshqarishda murabbiyning og'zaki ko'rsatmalari ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni sport tilida “sekundantlik” deb ataydilar. Odatda sekundantlik ikki shaklda amalga oshiriladi:
Birinchisi - sportchiga musobaqa oldidan beriladigan maslahat va yo'l-yo'riqlar bo'lsa, ikkinchisi musobaqalar davomida, sportchi
faol harakat qilayotgan jarayonda beriladigan vaziyatni anglash maslahatidir.
Maslahat va nasihatlar ko'pincha sportchida oldinda turgan musobaqaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, ularda mazkur musobaqalarda ishtirok etish istagini qo'zgash, o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, bor kuch-quvvatini faol harakatlarga safarbar etish maqsadida amalga oshiriladi. Murabbiy bunda o‘z so'zining sportchini musobaqalashuv jarayonidagi psixik holatiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatishini anglab yetmog‘i va bu imkoniyatdan chuqur o‘ylab, foydalanmog‘i lozim. Aks holda murabbiyning maslahat va yo'riqnomalari sportchining startoldi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, unda ortiqcha hayajonlanish yoki tormozlanish holatini keltirib chiqarishi va bular natijasida startoldi "lixoradka"si, start paytidagi apatiya, ya’ni musobaqadan ko'nglining sovushi yuz berishi mumkin.
Murabbiyning sportchini ehtiyotkorlikka chorlovchi (“E’tibor- liroq bo‘l!” “Ehtiyot bo‘l, Qo‘lga tushib qolma!”, “Shoshilma!” va hokazo) maslahatlari bir tomondan sportchining musobaqalashuv jarayonidagi o‘z xatti-harakatlarini o‘ylabroq amalga oshirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan sportchining o‘z kuchiga bo‘Igan ishonchini shubha ostiga qo'yishi mumkin. Shuningdek, bu sportchining muvaffaqiyat qozonishiga bo'lgan intilishidagi “g‘alabani qoiga kiritish” ustanovkasini “yutqazib qo'ymaslik” ustanovkasi bilan almashtirib qo‘yishi mumkin. Bir qator murabbiylar o‘z sportchilarini musobaqaga kuchliroq safarbar etish uchun, shuningdek ularning e’tiborliligi hamda hushyorligini oshirish uchun ularning raqibi kuchli ekanligiga urg‘u beradilar, ya’ni: “Ehtiyot bo‘l, u judayam ayyor”, “U bilan jangda ayniqsa diqqatchangroq, e’tiborliroq bo‘l”, “Uning texnikasi judayam kuchli” va hokazo tarzdagi maslahatlarni beradilar. Bunday maslahatlar har doim ham sportchining muvaffaqiyat qozonishiga olib kelmaydi. Murabbiy raqibning kuchi haqida bunday noaniq va umumiy tarzda fikr yuritar ekan, o‘z sportchisi oldida yangi muammoni ko'ndalang qo'yadi. Sportchi o‘z raqibining qaysi jahatdan kuchli ekanligi to‘g‘risida o‘ylay boshlaydi, u bilan bellashuv chog‘ida nima uchun men ehtiyot bo‘lishim kerak, degan masalani oydinlashtirishga kirishadi.
Aksariyat hollarda start oldidan, sportchi o‘z raqibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo'lavermaydi, bor ma’lumotlar esa uning yuqoridagi savollariga javob bera olmaydi,buning oqibatida sportchining ongida axborot tanqisligi yuz berib, uning his tuyg‘ularida jizzakilik, astenik tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Bu esa uning g‘alabaga bo‘lgan intilishini sezilarli tarzda pasaytiradi.
Ba’zan esa buning tamoman aksini ham kuzatish mumkin, ba’zi bir murabbiylar, o'z shogirdlarining kayfiyatini ko'tarish, ularga dalda berish maqsadida raqib sportchilarning ojizliklari, kamchiligi haqida gapiradilar va ularni yengish unchalik qiyin emasligini uqdiradilar. Ushbu holat ham sportchilarning musobaqalashuv jarayonida ko'plab taktik xatolarga yo‘l qo‘yishiga sabab bo'ladi. Chunki, sportchi o'z murabbiysi tomonidan ojiz va u qadar kuchli bo'lmagan raqibining juda munosib jang olib borishini ko'rib dovdirab, o'zini yo'qotib, qiyin ahvolga tushib qoladi.
Shu sababli ham sportchiga aniq yordam berish uchun murabbiy uning raqibi to'g'risidagi ishonchli ma’Iumotlarga asoslangan va o'ta xavfli jihatlarni ko'rsatgan holda maslahat berishi lozim.
Bunda murabbiy, birinchidan, u start oldidan o'z shogirdiga yetkazayotgan ma’lumotlarning ishonchli ekanligiga amin bo'lmog‘i lozim; Ikkinchidan, u o'z shogirdiga raqibining asosiy va muhim jihatlarini qisqa tushuntirishi lozim. Eng yaxshi murabbiylar odatda o'z shogirdlariga quyidagicha maslahatlar beradilar: “Yaqin jangda tananing o'ng tomonidan urish lozim” (bokschiga); “Oyoqqa o't” yoki “Chapga aylantir” (kurashchiga); “Finishga yaqin harakatni kuchaytir” (yuguruvchiga)”. Ammo bunday maslahatlarni ham murabbiylar o'ta ehtiyotkorlik bilan, har bir sportchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlariga qarab berishlari kerak.
Ba’zan shunday ham bo'lishi mumkinki, murabbiy o'z shogirdiga uning raqibi haqida ma’lumot berar ekan, uning mukammal egallagan usullaridan, ehtiyot bo'lishi lozim bo'lgan xavfli jihatlariga urg'u beradi. Natijada shogird sportchi o'z raqibidan aynan ustozi aytgan usullarni kutish bilan chalg'ib, o'z diqqatini raqib xatti- harakatlaridan uzib qo'yishi mumkin. Bu esa aksariyat hollarda, raqibning butunlay boshqa usulni qo'llab, sportchini yengishiga sabab bo'ladi. Zero, raqibning mutlaqo boshqacha usulda kurash olib borishi murabbiyning shogirdi uchun kutilmagan hoi bo'ladi. Qolaversa, sportchi o'z raqibining bunday kutilmagan yo'l tutishiga mutlaqo tayyor bo'lmaydi va munosib javob qaytara olmaydi.
Musobaqalashuv jarayonidagi vaziyatni anglash maslahatini berishda ham murabbiy nihoyatda ehtiyotkor bo'lmog'i kerak. Bunday maslahatlarning salbiy tomoni odatda ularning sportchiga o'z diqqatini jamlashga halaqit berishida, har daqiqada o'zgarib turuvchi musobaqalashuv vaziyatlarini tahlil etishidan chalg'itishida, musobaqa jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni mustaqil hal etishga halal berishida namoyon bo'ladi.
Bunday maslahat va yo'riqlarning doimiy ravishda qo'llanishi sportchining shaxsiy tashabbuskorligini so'ndiradi, u murabbiysiz musobaqalarda ishtirok etadigan bo'lsa yoki musobaqa shartlariga ko'ra murabbiylarning yo'l-yo'riq va ko'rsatma berishlari cheklanadigan bo'lsa juda ham ojiz va noshud bo'lib qoladi. Musobaqalar jarayonida yuzaga keladigan muammolarni mustaqil ravishda hal etishga ko'nikib qolgan sportchilarda, murabbiylarning ko'rsatma va yo'riqlari ba’zan ularning o'z fikr-mulohazalariga mos kelmasligi kuzatiladi. Fikrlardagi bu kabi tafovut ba’zan juda murakkab mojaroli vaziyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo'lib, ayniqsa ularni juda qisqa muddatlarda hal etish nihoyatda qiyin kechadi, shuningdek qo'shimcha kuch-quvatni talab etadi.
Murabbiy vaziyatni anglash maslahatini berish uslubidan foydalanar ekan, o'z fikrining sportchida mustaqil ravishda kelgan fikriga muvofiq kelishini aniq bilishi lozim.
Odatda faol harakat qiluvchi sportchiga murabbiyning maslahati faqat musobaqa paytida yuzaga keladigan muayyan jiddiy vaziyatlardagina qo'l kelishi mumkin. Tajribali murabbiylar bunday vaziyatlarda shogirdi yo'l qo'ygan biror- bir xatoni bir necha lahzaning ichidayoq bartaraf etish uchun yoki sportchining bor kuchini tezkor tarzda safarbar qilish uchun quyidagi buyruqlarni beradilar. Masalan, charchab qolgan yuguruvchiga - “Chida!” yoki “Qo'llaring bilan!” (ya’ni qo'llaring bilan shiddatliroq harakat qil, ma’nosida); Sakrab turib, joyida muvozonat yo'qotgan gimnastkachiga — “Joyingda tur!”; Raqibi qarshiligini yengib, ko'tarib otish mashqini boshlagan kurashchiga — “Bo'ladi!” (qo'llanalinayotgan usul to'g'ri)

Biroq, bunday ko‘rsatmalarni ham musobaqalashuv vaziyatini chuqur tushungan holda, sportchining psixik holatini, imkoniyatini hamda ushbu musobaqa jarayonida unga tashqi tomondan ta’sir qiiish murabbiy bilan uning o‘rtasida mojaroli holatlarni keltirib chiqarmasligiga yuz foiz amin bolgandagina berish lozim. Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, murabbiy o‘zining og‘zaki yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalari sportchiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi uchun u sportchining raqibi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishi, va bu ma’lumotlar musobaqaning obyektiv shart-sharoitlariga muvofiq kelishi bilan birga sportchining o‘z murabbiysi ко'rsatmalariga, yo‘l~yo‘riqlariga ehtiyoji borligini ham bilishi, sportchining individual idrok etish, ma’lumotni qayta ishlash qobiliyatlari, psixik holatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin