Jamoa tarkibining elementlari — bu mazkur jamoaning a’zolari bo'lgan sportchilardan iboratdir. Biroq sport jamoasining tarkibi faqat ulardangina iborat emas. Sportchilar o'zaro muloqotda bo'lib, hamkorlikda harakat qilar ekanlar, jamoaning ichida ham ko'plab kichik guruhchalar tashkil topadi va bu guruhlar biri —biri bilan duch kelib, juda rang-barang va turli qiyofaga ega bo'lgan guruh pozitsiyasini tashkil etadilar. Ushbu kichik guruhlarning ayrimlari tashqi tomondan murabbiy yordamida muayyan mashg‘ulot yoki musobaqaviy vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladi. Bunday hollarda sportchilarga oldindan muayyan xatti-harakatlar va munosabatlar dasturi taqdim etiladi. Shuning uchun ham bunday kichik guruhlarni rasmiy guruhlar deb atash mumkin. Boshqa kichik guruhlar esa jamoadagi o‘zaro muloqotlar asosida, sportchilarning o'zaro simpatiyasi, hurmatlari vujudga kelganda, ularning umumiy qiziqishlari mavjud bo‘lganda paydo bo'ladi. Bunday kichik guruhlarni norasmiy guruhlar deb ham ataydilar. Guruhning norasmiy tarkibi shuningdek, vertikal va gorizontal tarzda ham bo‘linadi, bu guruhlar a’zolari tomonidan tashkil etilib, ularga shaxsiy intilishlarining o‘zaro muvofiq keluvchi jihatlariga asos boiadi. Odatda bu tarkib guruh a’zolarining simpatiya- antipatiyasiga, odatlariga, guruh a’zolarining ma’naviy tamoyillariga asoslanadi. Ushbu tarkibda guruhning liderlarini, autsayderlarini va guruhning vertikal pillapoyasi oraliq-holat ini egallovchi guruh a’zolarini farqlaydilar.. Gorizontal bo‘yicha norasmiy guruhlardagi rollar ushbu guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarga ko'ra taqsimlanadi. Guruhning har qanday tarkibi shaxslararo munosabatlar deb ataluvchi uning a’zolari o'rtasidagi obyektiv munosabatlarini ifodalaydi (tobelik, bo'ysunish, hamkorlik, o'zaro yordam). Jamoadagi sotsiometriya usullari
Jamoadagi shaxslararo munosabatlar sotsiometriya usuli vositasida o‘rganiladi. Ushbu usul asoschisi J.Moreno kishilarning o‘zaro munosabatlari asosida o‘ziga xos sintonlik, ya’ni har qanday insonga xos bo‘lgan va hech qanday asosga ega bo‘lmagan, boshqalarga nisbatan ixtiyoriy simpatiya yoki antipatiya yotadi, deb hisoblaydi. Shaxslararo munosabatlarni garchi bu jihatlar guruh tarkibi, uning uyushganligi va hokazolarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etsada, faqat kishidagi emotsional psixologik fenomenlarning (simpatiya yoki antipatiya) ifodasi sifatida talqin etish mumkin emas. Shaxslararo munosabatlarni me’yorlar, qadriyat yo‘nalishlari, guruhda (sport jamoasida) hosil bolgan vazifa va topshiriqlar bilan bogiiq ravishda va guruh barcha a’zolarining jadal faoliyati asosida ko‘rib chiqish lozim. Sotsiometriyaning quyidagi ta’riflari mavjud: sotsiometriya — bu individlarning shaxslararo munosabatlar va o‘zaro hamkorlik jarayonida paydo bo‘ladigan muayyan narsaga nisbatan yoqtirish yoki befarqligini, shuningdek xushlamaslik jihatlarini aniqlab beruvchi ayrim usullar tizimidan iborat. Sotsiometriyada ko‘plab usullardan foydalanish mumkin, biroq ularning barchasi guruh a’zolarini tanlashga asoslanadi, ya’ni ulardan kimlarni yoqtirish, kimlarnidir rad etish kerak bo'ladi. Tanlovlar erkin yoki qayd etilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holda tanlangan shaxslarning soni cheklanmaydi; ikkinchisida esa tanlangan shaxslarning soni ko‘rsatiladi (masalan, “eng yaxshi 5 ta o‘yinchining nomini ayting”). 10-15 nafar kishidan oshmaydigan guruhlarda (sport jamolarning deyarli barchasi ana shu toifaga kiradi) saylanganlar sonini cheklamaslik maqsadga muvofiqdir, 30-40 kishidan iborat guruhlarda esa (sport sinfini tadqiq etishda) tanlovni 3-5 subyekt bilan cheklash tavsiya etiladi. N.V.Baxarev tomonidan ishlab chiqilgan uslub ham erkin tanlov uslublariga xos hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, unda guruh yoki sport jamoasining har bir a’zosiga jamoani qaytadan tashkil etish vazifasi qo‘yiladi va shunga muvofiq ravishda ular oldiga quyidagi mezonlarga asoslangan topshiriqlar beriladi: “Jamoaga birinchi navbatda olgan bo‘lar edim”, “Jamoaga olardim”, “Unga befarqman”, “Jamoaga olmasdim”, “Jamoaga hech ham olmasdim”. Bunda jamoaning har bir a’zosi 2 marotaba baholanadi: ya’ni avval ishchanlik sifatlariga ko‘ra, keyin esa emotsional xususiyatlariga kolra. Barcha tilga olingan mezonlar ballarda o‘z bahosini oladi (+2, +1, 0, -1,-2). Guruhning har bir a’zosi to'plagan ballar summasi (bunda “+” , “-“ belgilari ham inobatga olinadi, shu sababli summa algebraik xarakterda bo‘ladi) uning mazkur guruhdagi (jamoadagi) sotsiometrik statusi, ya’ni maqomini belgilaydi. Yuqori tomonda sotsiometrik liderlar o‘rin egallasa, quyida rad etilgan (umumiy ballar summasi 0 ga yaqin boiganlar yoki “-“ belgisiga egalar) a’zolar o‘rin egallaydi. Sportchining sotsiometrik-psixologik statusi uning guruh tomonidan qabul qilinishi yoki tan olinishi darajasini belgilaydi. Ushbu status sportchining jamoadoshlari bilan hamkorligi va muloqotlari jarayonida, ularning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini baholash jarayonida shakllanadi. Sportchi o'z jamoasi o'yinidagi sifatlari bo‘yicha qancha ko‘p ball to‘plasa, u shuncha ko‘p jamoadoshlari tomonidan yaxshi o'yinchi sifatida tan olingan hisoblanadi.‘Sportchi jamoada emotsional sifatlari bo‘yicha qancha ko‘p ball olsa, u shunchalik jamoadoshlarining muloqot jarayonidagi va maishiy sharoitlaridagi hurmatini qozongan hisoblanadi. Sport jamoalariga yangi qo‘shilgan a’zolarning dastlabki paytdagi emotsional ko'rsatkichlari ularning ishchanlik ko'rsatkichlaridan yuqori bo'ladi. Biroq, asta-sekin sport jamoasining shakllanib borishiga ko‘ra, yangi sportchining mahorati oshib borgani sari, uning ishchanlik xususiyati ham yetakchi o‘rinlarga chiqib boradi. Sport jamoasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganishda sotsiometriyadan foydalanish juda zarur, biroq faqat bu uslub bilan cheklanish yaramaydi. Jamoadagi holatni biUsh nihoyatda muhimdir; (jamoa nima uchun tashkil etilgan, ayni paytdagi a’zolar jamoaning doimiy a’zolarimi yoki dastlabki tarkibi, ular orasidagi raqobat qay darajada va hokazolar). Bundan tashqari jamoada nima uchun muayyan o'yinchilar yoqtirilib, boshqalari esa rad etilganligining asl motivlarini aniqlashga intilish lozim. Sportchi shaxsining shakllanishiga kollektivning ta’siri
Sportchining sotsial guruhdagi faoliyati uning xislatlariga muayyan ta’sir ko'rsatib, uning ijtimoiy ongini, hayotiy prinsiplarini shakllantiradi. Boshqa kishilar bilan muloqotda boiish sport bilan shug'ullanuvchilarda nafaqat raqiblik effektini (musobaqalashuv reaksiyasini) hosil qiladi,balki ayni paytda ularda birgalikda faoliyat yuritish bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy fazilatlarni ham tarbiyalaydi. Ana shunday fazilatlatlardan biri bu kollektivizm,ya’ni insonning jamoa maqsadi bilan mushtaraklik tuyg'usi bo'lib, uning tarkibiga jamoaning ideallari va qadriyatlar yo'nalishiga amal qilish, ularni qadrlash kiradi. Jamoa tuyg'usi shakllangan sportchilarda mas’uliyat va burch hissi, do'stona hamkorlik, o'ziga va boshqalarga nisbatan talabchanhk fazilatlari paydo bo'ladi. Kollektivning ta’siri ostida sportchida yana boshqa bir qator shaxsiy xususiyatlar ham tarkib topib, ulardan biri — o'zini tanqidiy baholash hissidir. Sportchida adekvat darajada o'zini tanqidiy baholash hissini (o'ziga- o'zi baho berishni) shakllantirish o'ta muhim. Zero tanqidiy baho me’yoridan oshib ketishi sportchida o‘ziga ishonchsizlikni yuzaga keltiradi, agar bu hissiyot yetishmasa sportchida o‘ziga yuqori baho berish yuzaga keladi. Ularning har ikkisi ham sportchi muvaffaqiyatsizlikka uchraganda yuz beradigan frustratsiya nomli salbiy va noxush emotsional holatning yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkin. Kollektiv faoliyat sportchining jamoa oldidagi vazifalarni hal etishga bor imkoniyatlarini safarbar etish uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Qator tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki, jamoaviy, ya’ni kollektiv musobaqalashuv motivlari shaxsiy motivlarga nisbatan sportchi faoliyatining yaxshilanishiga ko'proq ta’sir qiladi. Shunday sportchilar ham uchraydiki, ular jamoa uchun kurash olib borayotganlarida, o'z shaxsiy hisoblari uchun bo'ladigan bellashuvlardan ko'ra yaxshiroq natijalarni qo'lga kiritadilar. Afsuski, bunday fenomenning psixologik tabiati hanuzgacha yaxshi o'rganilmagan (Ye.P.Ilin). Kollektiv tarkibida bo lish sportchining mojaroli vaziyatlarda yuzaga keladigan tajovuzkorligi darajasini hamda yo'nalishini o'zgartiradi. Yuqori tajovuzkorlik xususiyatiga ega shaxslar doimo kollektivda bo'lishlari evaziga hosil qiladigan empatiya tuyg'usi (o'z jamoasidagi do'stlariga hamdard bo'lish, o'zining emotsional holatini boshqalarga muvofiqlashtirish) evaziga bu hisni kamaytiradilar. Natijada ulardagi tajovuzkorlik “sportchi g‘azabi”ga aylanib, raqib tomon yo'naltiriladi. Sportchining kollektiv darajasida yetilgan sport guruhiga kirishi, unda tayyorgarlik mashg'ulotlarga ongli ravishda va maqsadli tarzda munosabatda bo'lishini shakllantiradi, undagi ma’naviy fazilatlar shakllanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Sportchi o'zi va guruhi о rtasidagi bog'liqlikni his etar ekan, o'zini guruhning ajralmas qismi deb biladi va butun jamoasiga soya tashlaydigan noma’qul xatti-harkatalarni qilishdan, jamoani o'ziga qarshi qilib qo'yishdan tiyiladi. Guruhning ijtimoiy jihatdan yetukliligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsning ijobiy fazilatlari kollektivlarda assotsiatsiya tipidagi guruhlardagiga nisbatan muvaffaqiyatliroq shakllanadi. Sport guruhlarida, ya’ni korporatsiyalarda har bir sportchi alohida va faqat
o'zining muvaffaqiyatini ko'zlagani uchun bu yerdagi sportchilarda individualistik, ya’ni shaxsiy manfaatga asoslangan ustanovkalar shakllanadi. Bunday guruh a’zolariga konformizm, raqiblarning shaxsiyatiga baho berishda ortiqcha ehtiroslarga berilish, subyektivlik, shuningdek o'ziga noadekvat baho berish xos bo'ladi. Sport mashg‘ulotlari yig'inlarida doimiy ravishda va uzoq muddatlarda ayni bit xil sheriklar bilan birga bo‘lish, hatto ijtimoiy jihatdan yetuk guruhlarda ham eskapiz^n — ya’ni sheriklaridan o‘zini olib qochishdek salbiy holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkin. Buning natijasida psixologik jihatdan sog'lom jamoada ham a’zolaming o'zaro nomuvofiqligi, ya’ni bir-birlarini xushlamasligi rivojlanadi. Sport yig'inlariga xos bo'lgan muloqat tizimlari, ya'ni sportchilarning xohish-istaklariga mos bo'lmagan tarzda o'zsheriklari bilan aloqada bo'lishlari, ularning o'z sheriklariga noto'g'ri baho berishlariga, ularda tajovuzkor xususiyatlarning paydo bo'lishiga, sportchi, shuningdek butun gui uhning faoliyat samaradorligi keskin tushib ketishiga olib keladi. (O.A.Ilin) S. Sport jamoasidagi psixologik iqlim va shaxslararo munosabatlar
Psixoiogik muhit deyilganda quyidagilar tushuniladi: jamoaning emotsional holati, sportchilar o'rtasidagi ijobiy yoki salbiy shaxsiy munosabatlar, jamoada mojaroli holatlarning yo'qligi yoki mavjudligi kabi kompleks jarayonlar. Psixologik muhit har bir sportchining kayfiyatidan tarkib topadi: sportchining tetikligi, xotirjamligi yoki aksincha vahimaliligi, uning ushbu jamoa tarkibida ekanligidan qoniqishi psixologik iqlimning asosiy omillaridir. Emotsiyalar, psixologik iqlimning bir tomonini aks ettiradi. Uning yana bir muhim tomonlaridan biri bu jamoada shakllangan ma’naviy, axloqiy me’yorlar hamda qadriyatlardan iboratdir. Nohaq va g'irrom yo'l bilan qo'lga kiritilgan g'alaba agar jamoadagi o'yinchilarning xursandligiga sabab bo'lsa, demak ushbu jamoadagi psixologik iqlimni ijobiy baholash mumkin emas. Shu sababli ham jamoada ma’naviy axloqiy me’yorlarni shakllantirish, ya’ni sportchilarning jamoadagi xulq-atvorlarini belgilab beruvchi qoida va talablarni shakllantirish sog'lom psixologik iqlimni shakllantirishning eng muhim va bosh vazifalaridan biridir.
Jamoaning psixologik iqlimi haqida faqat uning g'alabani qanday kutib olishigina emas, balki muvaffaqiyatsizlikni qanday boshdan kechirishi, ya’ni jamoadagilarning mag'lubiyatga sabab bo'lgan omillarni ochiq va oydin ravishda tahlil etishga o'zlarida kuch topa olishi, o'yinda yuz bergan kamchilik va tushkunlikni bartaraf etish xususiyati ham muhim dalil bo'lishi mumkin. Bir xokkey jamoasining mashhur murabbiysi bu haqida shunday yozgan edi: “Muvaffaqiyatlar, hammaga ma’lumki, jamoadagilarni birlashtiradi. Bunday holda hammasi oson va tushunarli: murabbiy oqillar oqili-yu, donishmandlar donishmandi, sheriklar esa nihoyatda yoqimli kishilar, omadli, bir so'z bilan aytganda jamoada hech qanday muammo bo'lmaydi, hamma narsada olam guliston. Biroq jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchraganda-chi... unda hammasi juda murakkabalashib ketadi. Bunday paytda har qanday sportchi ham mag'lubiyat sababini o'zidan qidiravermaydi-(Психологи я физического воспитания и спорта. Учебное пособие / Под ред. Т.Т.Джамгарова, А.Ц.Пуни. М., 1979. С. 128). Jamoadagi psixologik iqlimni shakllantirishda sportchilar o'rtasida ularning faoliyati va muloqatlari jarayonida yuzaga keladigan shaxsiy munosabatlar tizimi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu o'zaro munosabatlar jamoada ijobiy iqlimni shakllantirish bilan birga mojaroli vaziyatlarni ham yuzaga keltirishi mumkin. Ye.P.Ilinning fikriga ko'ra jamoada mojaroli vaziyatlarning yuzaga kelishiga quyidagi sabablar asos bo'lishi mumkin:
jamoa a’zolarining yetarli darajada uyushmaganligi;
sportchilar o'rtasida psixofiziologik,psixologik yoki ijtimoiy— psixologik jihatdan muvofiqlikning mavjud emasligi;
sportchilar malakasining ular oldiga qo'yilgan vazifalarga nomuvofiqligi;
jamoada o'z imkoniyatlariga muvofiq bo'lmagan intilishlarga ega bo'lgan sportchilarning mavjudligi;
jamoada yuqori tajovuzkorlik xususiyatiga ega va yetakchilik qilishga, o'zini lider o'rnida ko'rishga intiluvchi sportchilarning mavjudligi;
bir tomondan ayrim o'yinchilarning o'z qobiliyati va mahorat darajasiga baho berishning va ikkinchi tomondan jamoa a’zolarining ular mahoratiga bergan bahosi o‘rtasidagi nomuvofiqliknii*_.g mavjudligi;
■ jamoadoshlar orasida mashg‘ulotlar rejimini buzish natijasid-a mahorat va fidoyilikning pasayib ketishi;
o’ymchilar orasida asosiy tarkibga kirish uchun yashiri n raqobatning mavjudligi;
jamoada murabbiyning “arzandalari” borligi;
murabbiy tomonidan sportchilarning moyilligi va imkoniyatlariga muvofiq kelmaydigan o‘yin uslubini qabul qilishga majburlash;
sport musobaqasi natijalarining jamoa kutgan natijalarga muvofiq kelmasligi;
jamoada murabbiyning topshiriqlariga, mazkur jamoa bo‘yicha ishlab chiqilgan me’yoriy talablariga turlicha munosabatda bo'ladigan guruhlarning mavjudligi.
Ish yuzasidan bo'ladigan mojarolarning kelib chiqishiga jamoa bir qator a’zolarining tayryogarlik mashg‘ulotlariga va musobaqalariga vijdonan yondoshmasligi asosiy sabab bo'lsa, shaxsiy munosabatlardagi mojaroli vaziyatlarga — sportchilarning ma’naviy saviyasining pastligi, ulardagi xudbinlik, o‘rtoqlarini hurmat qilmaslik, jamoada o'zaro yordam tuyg‘usining yo'qligi va hokazolar sabab bo'ladi. Sport jamoasining uyushganligi va uning faoliyat samaradorligi
Uyushganlik — bu guruhga xos maxsus ijtimoiy psixologik hodisadir.Uyushganlik — shunday bir integral jihat-ki, u jamoaning haqiqiy birligi va yaxlitligini ifodalaydi. Uyushganlikning asosida guruh va jamoa a’zolarining maqsadlari, motivlari, dunyoqarashlaridagi yakdillik, ularning umumiy maqsadlarga erishish, umumiy qadriyatlarni qaror toptirish uchun tayyor ekanligi va bu borada kurasha olish qobiliyatlari yotadi. Uyushgan sport jamoasi qiyinchiliklarni osongina yengib o‘tish, barcha kuch-qudratini o‘z maqsadiga safarbar etish, tayyorgarlik mashqlari jarayonida ham, musobaqalar jarayonida ham fikrlarning turli-tumanligiga, mojaroli vaziyatlarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, har bir sportchining imkoniyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yarata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Sport jamoasining uyushganligi sport natijalariga ham, jamoa to'g'risida ijtimoiy fikrning shakllanishiga, g'alabalarni ham, mag'lubiyatlarni ham bir xilda hamjihat bo'lib his etishga, yuqori intizomni tutib turishga, jamoadoshlar orasida o'zaro bir-birlarini tushunishning barqarorligiga, shuningdek, jamoa tarkibining doimiyligiga ta’sir ko'rsatadi. Sport jamoasining uyushganligi tushunchasi guruhga xos bo'lgan yagona jamoaviy kayfiyat, jamoaviy tafakkur kabi o'ziga xos fenomenlar bilan chambarchas bog'liq. Sport jamoalaridagi uyushganlik haqida gapirilganda nafaqat sportchilar o'rtasidagi o'zaro hissiy-emotsional munosabatlarni nazarda tutish, balki ularning o'yin davomidagi munosabatlarini ham inobatga olmoq joizdir. Zero, sportchilarning ushbu jamoada doimiy qolishlarida nafaqat ularning bir-biriga bo'lgan xayi ixohliklari asosiy o'rinni tutadi, balki bunda ularning umumiy maqsadga erishish borasidagi motivatsiyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham musobaqalashuv vaziyatida, ya’ni gap beliashuvda g'alaba qozonish haqida ketganida, sportchilar orasidagi o'yinga xos o'zaro munosabatlar juda kam hollardagina buzilishi mumkin. Chunki bunday paytlarda sportchilarning o'zaro bir-biriga nisbatan yoqtirmaslik hislari yoki adovatlari ikkinchi darajali bo'lib qoladi. Shu sababli ham sport jamoalaridagi uyushganlik tushunchasini ikki jihatdan ko'rib chiqish zarur. Ularning birinchisi ishchanlik nuqtai nazaridan bo'lsa, ikkinchisi emotsional jihatdir. Ko'plab sport psixologlarining e’tirof etishlaricha, ijobiy emotsional iqlim va jamoaning uyushganligi, uning ish samara- dorligiga bevosita bog'liqdir. Sport amaliyotida bunga nihoyatda ko'plab misollar uchraydi, o'yin paytida u yoki bu jamoaning ko'rsatkichlari tushib ketishiga ko'pincha jamoa o'yinchilari o'rtasidagi uyushqoqlikning sustligi sabab bo'ladi. Sport amaliyotida shunday ma’lumotlar ham ko'pki, ularga ko'ra jamoa turli ichki nizolarga ega bo'la turib ham, yuqori natijalarni qo'lga kiritishi mumkin. Bu esa ayrim olimlarning “jamoadagi o'yinchilar orasida yaqin do'stona munosabatlar o'rnatilgandagina jamoa yuqori natijalarni qo'lga kiritishi mumkin”,-degan fikriarini inkor etadi. (Lenk). Taniqli sport psixologi Lenk akademik eshkak eshish bo'yicha 1962 yilva 1964-yil Germaniya FederativRespublikasi chempionlarining ikkita sakkizlikdan iborat jamoasini tadqiq etgan. Ushbu jamoalar ichidagi uyushganlik darajasi nihoyatda past bo'lgan holda ham eng yuqori natijalarni qo'lga kiritganlar: ulardan biri — olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lgan bo'lsa, ikkinchisi esa — jahon chempionati g'olibi bo'lgan. Shundan so'ng ko'p o'tmay Lenk har ikki jamoa tarkibida ham juda jiddiy ichki mojaroli, ziddiyatli vaziyatlarga duch kelgan. Ko'pchilik jamoalarning ikkita bir-biriga raqib bo'luvchi guruhlarga ajralib ketishini bashorat qilishgan. Ushbu ma’lumotlar nafaqat jamoalardagi liderlik xususiyatlarining ikki qutbga ajralishida namoyon bo'lgan, balki sotsiometrik tanlovlar va rad etishlar bilan ham tasdiqlangan. Mazkur muammolar musobaqalar boshlanishi bilan yanada jiddiy tus olgan. Biroq, shaxslar aro mojarolar hamda guruh ichidagi keskinlikka qaramas- dan, ushbu jamoalardan biri 1963-yildagi Yevropa chempionati g'olibiga aylangan bo'lsa, ikkinchisi 1964-yilda Olimpiada o'yinlarining kumush medaliga sazovor bo'lgan. Ikki yil davomida jamoadagilarning o'rtasidagi keskinlik, o'yinchilarning o'zaro munosabatlaridagi kelishmovchiliklar bo'lishiga qaramasdan, jamoalar faoliyatining samaradorligi anchagina o'sgan. Bu borada taniqli psixolog R. Martens quyidagilarni ta’kidlaydi: jamoadagi uyushganlik yuqori bo'lgan holatlarda jamoa a’zolari yuqori sport natijalarini qo'lga kiritish haqida o'ylashdan ko'ra, ko'proq o'z do'stlari bilan yaxshi munosabatlarini saqlab qolishga harakat qiladilar. Bunday jamoalarda murabbiylarning yuqori natijalarni qo'lga kiritish haqidagi motivatsion ustanovkalari jamoada mojaroli vaziyatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi (Мартенс R, Социальная психология в спорте - М.: ФиС, 1979). R.Martensning ta’kidlashicha, garchi ikki jamoaning musobaqalashuv faoliyati natijalari bir xil bo'lsa-da, do'stona aloqalarga ehtiyoj sezuvchi jamoalarda o'yinchi o'z faoliyatidan katta qoniqish hosil qilgan. Aksariyat hollarda jamoada yaxshi psixologik iqlim va uyushganlikni saqlab qolishga intilish jamoada xotirjamlikning yuzaga kelishiga, unda prinsipial va ishchan tanqidning yo'qolishiga
olib keladi. Guruh ishchanlik ruhida hal etilishi zarur bo‘lgan mojaroli vaziyatlarni e’tiborsiz qoldirishga urinadi. Jamoaning bunday yo‘l tutishi o‘zini oqlamaydi. Binobarin, bosiqlik bilan va ishchanlik ruhida aytilgan har qanday tanqidiy fikrlar hech qachon jamoaning uyushqoqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, jumladan uning faoliyati samaradorligiga ham. V.V.Vinogradovning ma’lumotlariga ko‘ra sportchi sheriklarining yoki murabbiylarning unga nisbatan aytilgan tanqidiy fikrlari, keskintanbehlari, garchi sportchi tomonidan yoqimsiz deb tan olinsa-da, u o'yinda o‘ziga xos va kuchli g‘ayrat- shijoatni yaratib, o‘yin sura’tining tushishiga emas, aksincha, qator hollarda uning yaxshilanishiga sabab bo‘lgan. Har holda jamoani yuqori natijalarga tomon yo'naltirish borasida berilgan ustanovkaiar, hatto jamoada shaxsiy uyushqoqlik bo'lmagan hollarda ham, uning faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir ko'rsatmaydi. Yana shu narsa ham aniqki, jamoaning uyushganligi nafaqat uning turnirdagi o'rni yoki jamoaning toifasi bilan, balki ayni paytda turnirdagi o‘rnining o'zgarishi bilan ham bog‘liqdir. Jamoa turnir jadvalidagi o'rnining yaxshilanishi hamisha undagi uyushqoqlikning o'sishiga xizmat qilsa, jadvaldagi o‘rinning yomonlashuvi uyushqoqlikning pasayishiga olib keladi. Ayni paytda turnirning eng ilg‘or va g'olib jamoasi, musobaqalar oxiriga borib, jamoalar o‘rtasidagi uyushqoqlik jihatidan eng oxirgi jamoa bo‘lib qolishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, jamoadagi o‘zaro munosabatlarning yomonlashuvi hamma vaqt ham va birdaniga uning sport natijalarining tushib ketishiga sabab bo‘lavermaydi. Qolaversa, ba’zan nizoli vaziyatlar jamoada (jamoaning o‘zagini tashkil etuvchi o‘yinchilar orasida) o‘ziga xos stimulyatorvazifasini o'tab, o‘yinchilar uyushqoqligini oshirishi mumkin. Bu hoi xususan jamoaning o‘z a’zolaridan biri (murabbiy, jamoa sardori, yetakchi o'yinchi) bilan bo'ladigan nizoli vaziyatida kuzatiladi. Bundajamoaning uyushqoqligi “Biz” va “U” tarzidagi raqobat asosida oshib boradi. Jamoaning o‘z murabbiysiga qarshi kurashi uning a’zolarining murabbiy bergan ko'rsatma va tavsiya etayotgan usullarining asossiz ekanligini isbotlash maqsadida bo‘ladi, ya’ni bunda jamoa o‘zining haqligini sport natijalari bilan isbotlashga intiladi, jamoaning uyushqoqligi o‘yindagi tajovuzkorlikka aylanadi. Ba’zan buning aksi ham bo‘lishi mumkin. Jamoa o'zi anglamagan holda murabbiyni jazolashga intiladi va ... o'yinda yutqazadi. Ko'rinib turibdiki, jamoaning emotsional uyushqoqligiga u qadar yuqori baho berish kerak emas, ayni paytda uning ahamiyatini ham e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Umuman olganda, jamoadagi sportchilar yaqin do‘stona rishtalari bilan bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketishi shart emas va qolaversa, jamoada nizoli vaziyatlarga umuman yo‘l qo'ymaydigan allaqanday ijtimoiy shart-sharoit, rohat-farog'at mavjud bo'lishi shart emas. (Binobarin, buni o‘yinchilar yoshi o'rtasidagi, oilaviy ahvoli, turli milliy mentalitetlarga xosligi va hokazolar sababli talab qilishning imkoni ham yo'q). Jamoa o'rtacha emotsional uyushqoqlik darajasida turib ham, barqaror, yuqori sport natijalarini ko'rsatishi mumkin. Barqaror jangovor jamoani shakllantirish uchun uni mojaroli va nizoli vaziyatlardan ehtiyotlash kerak emas, aksincha sportchilarni bunday vaziyatlarni yengib o'tishga o'rgatish zarur (Ye.P.Ilin). ’ Sport jamoasining uyushganligiga ta’sir ko'rsatuvchi omillar
Jamoaning uyushganligi ko'plab obyektiv va subyektiv xarakterdagi omillarga bog'liq. Ular qatoriga masalan, quyida biz baholashga harakat qiladigan shaxsning bir qator jihatlari ham kiradi. Shaxsning qaysi tomoni baholanishiga ko'ra (ishchanligi yoki emotsional his-tuyg‘ulari) uyushganlik (jamoadoshlar o'rtasida bir- birini baholashdashdagi yakdillik, o'zaro bir-biriga ko'maklashish, shodlik va quvonchni birgalikda baham ko'rish va hokazolar,) o'rtacha yoki yuqori darajada bo'lishi mumkin. Masalan, uyushganlik koeffitsientiga nisbatan sport ustalari jamoalaridagi ishchanlik yuzasidan uyushish, emotsional uyushishga qaraganda ancha yuqori ekanligi kuzatilgan. (Ye.P.Ilin). Sport jamoalari o'z tarkibiga ko'ra xilma-xil bo'ladi va bu jamoaning uyushganligida ham o'z ifodasini topadi. Sportning sport o'yinlari turidagi jamoalarda barcha o'yinchilar yagona murabbiy (bosh murabbiy) tomonidan tarbiyalanib, ular asosan faqat bosh murabbiyning ko'rsatmalarini bajaradilar; sportning individual turlari bo'yicha terma jamoalarda esa bu holat tamoman boshqacha (yengil atletika, suzish, velopoygalar, figurali uchish, gimnastika
va hokazolarda). Birinchi holatda sportchilarning uyushganlik darajasi yuqori bo‘ladi. Chunki sport o‘yinlari bo'yicha jamoadagi barcha a’zolar o‘zaro bir-birlari bilan nafaqat musobaqalarda, balki tayyorgarlik mashg'ulotlarida ham yaqin aloqada boladilar. (Sport mashg'ulotlari yig‘inlarida bir xil sharoitda yashaydilar). Ularda doim umumiy maqsad, o‘zaro aloqa mavjud bo‘ladi. Ikkinchi holatda esa, aksariyat hollarda jamoaning uyushganlik darajasi ancha past boiadi. Bunday jamoalarning uyushishiga erishish nihoyatda og‘ir kechadi va uzoq vaqt talab qiladi. Bu maqsadga erishishda terma jamoalarda o‘z o'quvchilariga ega bo'lgan murabbiylarning o'rni nihoyatda kattadir. Guruhning uyushganlik darajasi, yuqorida aytilganlardan tashqari jamoa a’zolari n i ng har bi ridagi mavjud ijt i moiy eht iyojlarn i ng qay darajada qondirilishiga ham bog'liq bo'ladi. Shuningdek, bunda a’zolarning o'z guruhiga mansubligi va shu guruhning ahamiyatli a’zosi ekanligi yoki bunday emasligi ham o'ziga xos o'rin tutadi (sportchining ijtimoiy faollikka bo'lgan ehtiyoji). Jamoaga tegishli bo'lgan muhim masalalarning barcha sportchilar ishtirokida muhokama etilishi mazkur ehtiyojning qondirilishiga imkon yaratib, jamoaning maqsadli negizida uyushishiga asos bo'ladi. Ana shu nuqtai nazardan olib qaraganda, bir qator sport jamoalarida amal qilib kelayotgan jamoa oldidagi muammolarni faqat uch-to'rt nafar faollar kuchi bilan hal etilishi jamoani uyushtirishdagi eng samarali usul emasligi ma’lum bo'ladi. Zero, bunda jamoaning faollari safiga kirmaydigan a’zolari o'zlarini boshqalarning xohishlarini bajarishga majbur etilgan noshud kishilar sifatida his etadilar. Bunday vaziyatda ijtimoiy faollikka bo'lgan ehtiyojlar tola qondirilmaydi. Shuningdek, jamoaning uyushganligi uning yuqori sport natijalarini qo'lga kiritish ehtiyojiga ham bog'liq bo'ladi. Agar jamoa a’zolarining sport yutuqlarini qo'lga kiritish borasidagi ehtiyojlari turlicha bo'lsa, (ba’zilarda bu ehtiyoj yuqori, ba’zilarda esa past bo'lsa) unda yuqori ehtiyojga ega sportchilar o'zlarining boshqa — quyi darajadagi ehtiyojga ega sheriklariga nisbatan salbiy munosabatda boladilar. Muvaffaqiyatli o'yin faoliyatiga faqatgina tayyorgarlik mashqlari jarayonida barcha o'yinchilarning texnik- taktik tayyorgarliklarini yuqori darajaga ko'tarish asosidagina erishish mumkin bo'ladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, jamoa a’zolari doimiy ravishda bir-birlari bilan gap talashib, janjallashib yuradigan jamoalarda yaxshi emotsional iqlimga erishishning deyarli imkoni bo‘Imaydi. Guruh ichidagi o‘ta zo‘riqish yoki o‘zaro kelishmovchiliklar sportchilar e’tiborini ularning asosiy faoliyatidan chalg‘itadi va murabbiylar yoki jamoa liderlari tomonidan bu borada ancha kuch-quvvat sarflash talab etiladi. Biroq, jamoa ichidagi munosabatlar tarangligining shunday darajasi ham borki, bunday darajaga nafaqat yo‘l qo‘ymaslik, balki aksincha jamoa faolligini kuchaytirish uchun uni hosil qiiish kerak bo‘ladi. Jamoaning uyushganligi va uning faoliyati samaradorligi jamoaning o‘z oldiga qanday umumiy maqsadlarni qo‘yganligiga, shuningdek uning har bir a'zosi oldiga qanday vazifalar qo‘yilganligiga, jamoadagi qadriyatlar va yo‘nalganlikning yakdil- ligiga ham bog‘liq bo‘ladi. O’yinchilari tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bir-birlari bilan muloqotda boMish va bo‘sh vaqtini maroqli o'tkazish sifatida qabul qiladigan jamoalar odatda o‘z oldilariga yuqori sport natijalarini qo‘lga kiritish maqsadini qo‘ygan jamoalarga nisbatan pastroq natijalarni qo'lga kiritadilar. Shuningdek, jamoa o‘yinchilarining sport bilan shug‘ullanishlari borasidagi maqsadlari turlicha bo‘lgan jamoalarning muvaffaqiyati ham pasayib ketadi. Zero, bunday jamoa a’zolarining ayrimlari albatta chempion bo‘lishni istashsa, boshqalari esa faqat pul topish uchun o'yinga kirishadilar, pul uchun o‘ynaydiganlarning harakatlari, fidoyiliklari musobaqalar paytida nisbatan past boladi. Aniqlanishicha, agar jamoalar nisbatan kuchliroq raqiblar bilan bellashsalar, jamoa o‘yinchilari o‘zaro munosabatlarining qanday xarakterda ekanligiga qaramasdan, vazifani taqsimlashga o‘tadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, stress sharoitida jamoalardagi o‘yinchilarning xatti-harakatlari va faoliyati ularning o‘zaro bir-birlariga nisbatan xayrixohlik yoki adovatlariga emas, balki ularning muvaffaqiyatga erishish borasidagi intilishlariga bog'liq bo‘ladi. (Ye.P.Ilin)