14.1.11. Psixologik muvofiqlik (moslik) Psixologik muvofiqlik deyilganda jamoaning ikki yoki bir necha a’zolarining dunyoqarashi va maqsadlari, bu maqsadlarni belgilash tizimidagi etiyojlari, ustanovka va qadriyatlarining yaxlitligi, psixomotor reaksiyalarining sinxronligi, qo‘zg‘alish va tormozlanish darajalarining bir xilligi, diqqat va tafakkurdagi, motivatsiyalar va aqliy salohiyatdagi, shuningdek boshqa bir qator psixik jarayonlardagi o‘xshashliklari tushuniladi. Sport jamoasi a’zolarining muvofiqligini quyidagi uch darajada ko‘rib chiqish lozim. Ular: ijtimoiy muvofiqlik, psixologik muvofiqlik va psixo-fiziologik muvofiqliklardir. Ijtimoiy muvofiqlik deyilganda guruh a’zolari tomonidan sotsial me’yorlar va ustanovkalarni, qoida va talablarni bir xil tushunish, maqsad, motiv va ehtiyojlarning birligi tushuniladi. Psixologik muvofiqlik deyilganda esa kishilarning diqqat, tafakkur qilish, xotira, aqliy salohiyat, emotsional muvozanat, ekstraversiya — introversiya, shuningdek boshqa bir qator psixologik xususiyatlar borasidagi o‘xshashliklar tushuniladi. Psixofiziologik muvofiqlik esa psixomotor reaksiyalarning sinxronligi, harakatlarni bajarish sur’atining bir xilligi, guruh a’zolarining qo‘zg‘alish — tormozlanish, inertli - harakatchanlik, asab tizimining kuchi, kuchsizligi borasidagi o'xshashliklardan iboratdir. Muvofiqlik sport jamoasi a’zolarining o‘zaro munosabatlari va ular faoliyatining samaradorligiga ta’sir qilibgina qolmay, ayni paytda u “Rahbar -xodim” tizimidagi shaxslararo munosabatlarning universal tartibga soluvchisi vazifasini ham bajaradi. Jamoaning uyushganligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillardan biri uning a’zolarining o‘zaro psixologik muvofiqligidir. Sportchilarning o‘zaro muvofiqligi xuddi ularning birgalikda, hamjihat bo'lib o‘yin ko‘rsatish qobiliyatlari kabi sport faoliyatlari natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, tennisda ikkita uncha ham kuchli bo‘lmagan sportchilar yakka razryadda bir juftlikka birikib, chempion boiadilar va hech qanday qiyinchiliksiz individual jihatdan kuchli tarkibdagi sportchilarni yuta oladilar. Bu yerda gap tennischilarning qachondan boshlab bir-birlari bilan birga o‘ynayotganliklarida emas, balki o‘yinchilar orasida bir lahzadayoq zarur aloqani tiklashga yordam beruvchi o‘ta nozik psixologik mexanizmlardadir. Sport jamoasidagi liderlik
Sportchilarning yagona maqsadga bo'ysungan holda, hamjihatlikda va kelishib faoliyat yuritish zaruriyati jamoani boshqarish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Jamoaning rahbari yoki lideri boiadigan kishi albatta jamoaning boshqa a’zolari (boshqariladiganlar)ni o‘ziga bo'ysundira oladigan shaxs boimog‘i lozim. Sotsial-psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, umumiy vazifani hal etayotgan guruhda liderning mavjudligi faoliyatdagi muvaffaqiyatni ta’minlasa, liderning yo‘qligi mazkur guruhning mag‘lubiyatiga olib keladi. (N.F.Fedotova)