Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə110/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Г Sportchining asab - psixik tetikligini saqlab qolish va qayta tiklash uchun turli usul va yo'llardan fovdalaniladi. Biroq deyarli ularning hammasi ham yagona asosga egadir; sportchini musobaqa haqidagi o'y fikrlardan chalg'itish uchun nima bilandir band qilish, uni qandaydir bir faoliyatga diqqatni tortish.
Autogen mashg'ulotlar (o'z-o'zini ishontirish) va chigilyozdi mashqlari sportchilarning emotsional zo'riqishlardan keyingi faoliyatga layoqatini tiklashning muhim vositalaridan biridir.
Sportchilarni o'z-o'zini tartibga solishning bunday turli vosita va usullari bilan qurollantirishni sport mashg'uloti jarayonida, musobaqalarga umumiy psixologik tayyorgarlik jarayonidagi ta’limning asosiy vazifalaridan biri, deb hisoblash lozim.
Muayyan musobaqaga psixologik tayyorgarlik haqida gapiriladigan bo'lsa, bunda gap asosan har bir sportchining shaxsiy xususiyatlaridan va musobaqada mavjud bo'lgan holatlardan kelib chiqqan holda, o'z-o'zini tartibga solish usullarining eng samaraligini tanlab olish, shuningdek undan qachon va qayerda foydalanishni belgilab olish haqida boradi.
Sportchilarning turli holatlari, shuningdek xatti-harakatlari, yurish - turishini boshqarish nafaqat ularning o'z qo'llarida, balki bu boshqaruvni sport murabbiysi ham amalga oshiradi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerak-ki, sportchining o'z-o'zini tartiblash bilan,uning sport murabiiysi tomonidan boshqarilishi shakllarini uyg‘un ravishda olib borish nihoyatda muhimdir. Agar ana shunday uyg‘unlik mavjud boimasa sportchi va murabbiy o‘rtasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelishi, murabbiyning ta’siri ijobiy emas, balki salbiy xarakter kasb etishi oqibatida sportchining o‘z-o‘zini tartiblashi va uning murabbiy tomonidan boshqarilishi o‘rtasida muvozanat buzilishi mumkin. Buning natijasida sportda muvaffaqiyatga erishish o'rniga sportchi noxush vaziyatlarga tushib qoladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin