Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


- guruh Yengil atletika yugurishi, chang'ida yugurish, suzish, velosport, konkida yugurish sporti, eshkakli, yelkanli sport



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə106/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

1- guruh
Yengil atletika yugurishi, chang'ida yugurish, suzish, velosport, konkida yugurish sporti, eshkakli, yelkanli sport

Qat’iyat

O’zini tuta bilish, matonat

Tashabbuskorlik, mustaqillik, jur’atlilik, jasorat

2- guruh
sport va badiiy gimnastika, akrobatika, og'ir atletika, turli sport jihozlarini uloqtirish va yengil atletikadagi sakrashtar, konkida figurali uchish, o‘q otish sporti

Qat’iyat, o'zini tuta bilish

Jasorat

Tashabbuskorlik,
mustaqillik,
jur’atlilik

3- guruh
Chang'ida sakrash, slalom, suvga sakrash, parashyutda sakrash, motosport, ot sporti, alpmizm

Jasorat,
jur’atlilik

Qat’iyat, o'zini tuta bilish

Tashabbuskoilik,
mustaqillik

4- guruh
Sport o'yinlari ( futboi, basketbol, volleybol va boshqalar)

Tashabbuskorlik,
mustaqillik

Qat’iyat,
jur’athlik,
jasorat

O’zim tuta bilish, matonat

5- guruh
Boks, kurash, qilichbozlik

Tashabbuskorlik,
mustaqillik

Jur’at, jasorat

O’zini tuta bilish, qat’iyat, matonat

Izoh: F. Genovning tasnifiga kora maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik va o'ziga ishonch kabi irodaviy sifatlar barcha sport turlari uchun umumiydir.

  1. 0’z-o‘zida irodani tarbiyalash

Sportchini irodaviy tayyorlash kundalik, izchil davom etadigan jarayon bo'lib, yil mobaynida to‘xtovsiz amalga oshiriladi. U murabbiy va sport jamoasi tomonidan ko'rsatiladigan ta’sirlar tizimi bilan chegaralanib qolmaydi. U sportchidan o'z irodasini o'zi
tarbiyalashga yo'naltirilgan xatti-harakatlarni ham talab etadi. O’z- o‘zida irodani tarbiyalash sportchining irodaviy tayyorgaligining muhim tomoni hisoblanadi. Murabbiy sportchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashini tashkil etar ekan, u o‘z o‘quvchilarini o‘zlari uchun ko‘p narsalar qilishi mumkinligiga ishontirishi kerak. Sportchilarda o‘z-o‘zlarini tarbiyalash xususiyatini shakllantirishda kitoblar, o‘z irodasini turli vositalar bilan rivojlantirgan mashhur sportchilarning hayotidan olingan muayyan lavhalar ijobiy omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. A.S.Punining ta’kidlashicha, murabbiy o‘z o‘quvchilari ongiga irodani mustaqil tarbiyalashning asosiy qoidalarini singdirishi o‘ta muhimdir. Psixolog ushbu qoidalarni quyidagicha ifodalaydi:
1.0’z-o‘zini qo‘lga ola bilish, xohlagan ishni emas, kerakli ishni qilish.

  1. Hamisha va hamma ishda mukammallashib borish, hamma ishni hamisha juda yaxshi bajarish, o‘z xatti-harakatlarining natijasi va oqibatini oldindan ko‘ra bilish.

  2. Hamisha o‘z faoliyatidagi nomukammallik sabablarini “yuzaga kelgan vaziyat”dan emas, balki eng avvalo o‘z-o‘zidan izlash (xato, mag‘lubiyat, faoliyatdagi uzilishlar va hokazolar), o‘zi uchun eng qattiqqo‘l hakam bo‘la olish.

Sportchiga (ayniqsa yosh sportchiga) sport murabbiysi va uning uchun hurmat-e'tiborga sazovor bo‘lgan yoshi kattaroq sportchi tomonidan beriladigan aniq yordam va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash sharoitida sportchining mustaqil irodasini shakllantirish jarayoni yanada samaraliroq bo'ladi. 0’z-o‘zini tarbiyalash maqsadida sportchining o‘z-o‘zini anglab yetishi nihoyatda muhim va murakkab jarayon hisoblanadi: iroda ko‘rinishlari xususiyatini o'rganish, ulardagi kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, sportchining tavsifnomasini shakllantiradigan asosiy jihatlardir.
Irodani o‘z-o‘zida tarbiyalash dasturini tuzishda, belgilangan dasturni bajarish uchun vositani, usulni hamda yo‘llarni aniqlashda sportchiga yordam ko'rsatish zarur. Irodani mustaqil tarbiyalash va o‘z natijalarini nazorat qilib borish: o‘z xatti-harakatini mustaqil dalillashi, mustaqil motivatsiyalash, o‘z-o‘zini majbur qilish bo'yicha mustaqil xatti-harakatlarga alohida e’tibor qaratish zarur.
Irodani tarbiyalash jarayonini mustaqil ravishda nazorat qilish
maqsadida maxsus kundalik yuritish yaxshi samara beradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin