Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Irodaviy sifatlarning tavsifi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə103/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

12.2.Irodaviy sifatlarning tavsifi
Sport psixologiyasida odatda asosiy irodaviy sifatlar tarzida quyidagilar e’tirof etiladi: maqsadga intiluvchanlik, qat’iyat va matonat, jur’at va jasorat, mustaqqillik va tashabbuskorlik, sabotlilik va o‘z-o‘zini tuta bilish. Shuningdek, mazkur sifatlarni belgilab beruvchi tipik belgilar ham aniqlangan.

  1. Maqsadga intiluvchanlik — irodaning ushbu ko‘rinishi o'z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni aniq tasavvur etilishi, faoliyatlarni hamda xatti-harakatlarni rejali ravishda amalga oshirish, fikr-o‘ylarini, butun diqqatini o‘z oldiga qo'yilgan maqsad sari jamlab u tomon izchil intilish tarzida namoyon bo'ladi.

Maqsad sari intiluvchan sportchi o'z oldiga qo'yilgan ilg'or maqsadni aniq ko'radi, unga erishish yoilarini o'ziga ishongan holda belgilaydi, o'z faoliyatini ayni mana shu yo'nalishda boshqaradi, shuningdek, eng yaqin va istiqboldagi vazifalarni hal etishga diqqatini jamlagan, o'z irodaviy kuchini belgilangan maqsadga erishish uchun halal beruvchi nimaiki bo'lsa, barchasini bartaraf etishga safarbar qila oladigan bo'ladi.

  1. Qat’iyat va matonat - bu ham irodaning o'ziga xos tarzda namoyon bo'lishidir, u maqsadga erishish yo'lidagi kurashlarda hamda ko'plab, shu jumladan kutilmagan qiyinchiliklarni yengib o'tishda, uzoq vaqt (aksariyat hollarda ko'tarilishi bilan) o'z kuch- g'ayratini va faolligini saqlab qola olishda ifodalanadi.

Qat’iyatli va matonatli sportchi o'z ongida doimiy ravishda oldiga qo'yilgan vazifani saqlab, hamisha unga erishish uchun harakatda bo'ladi. Juda qattiq charchaganligi va boshqa ishlar bilan shug'ullanish istagi paydo bo'lishiga qaramasdan, qat’iyat bilan belgilangan rejalarni amalga oshirishga erishadi. Bunday sifatga ega sportchi omadsizliklarga uchraganda yoki xato yuz berganda ruhan cho'kib ketmaydi, aksincha yanada kattaroq kuch bilan o'zi o'ylagan rejalarini amalga oshirishga harakat qiladi.

  1. Ju.r’at va jasorat — bu ham irodaning namoyon bo'lish shakllaridan biri bo'lib, u amaliy faoliyatda qabul qilingan qarorning o'z vaqtida vachuquro'ylab qabul qilinishida ifodalanadi. Bunda hatto tavakkal va xavf mavjud bo'lgan hollarda ham qabul qilingan qaror uchun mas’uliyatdan qo'rqmaslik hissi alohida ko'zga tashlanadi.

Jur’atli kishining eng muhim jihatlari, ya’ni motivlaridan biri —bu uning tabiatan tavakkal qilishga moyilligidir. Albatta, bunday sportchilarda ham ba’zan o‘ziga ishonchsizlik va hatto qo‘rquv tuyg‘ulari bo'ladi, ammo ular ana shu qo'rquv va ikkilanishlarni ham yengib, o‘z oldiga qo'yilgan vazifani amalga oshirishga muvaffaq bo‘la oladilar.

  1. Mustaqillik va tashabbuskorlik ham iroda namoyon bo‘lishining bir ko'rinishi bo‘lib, u asosan sportchiining shaxsiy tashabbuskorligi,yangiliklar qilishga intilishi, ijodkorlikka moyilligi bilan ifodalanadi. Bunday sportchida maqsadga erishish yo‘lidagi xatti-harakatlarda nihoyatda tezkor fikrlash ko‘zga tashlanadi. U tashqaridan, begona kishilarning beradigan yordamiga ko‘z tikib o‘tirmaydi.Boshqalarning turli salbiy ta’siriga, ularning xatti- harakatiga nisbatan beriluvchan emas.

Mustaqil va tashabbuskor sportchilarning alohida yana bir xususiyati shundaki, ular o‘z harakati va faoliyatida har tomonlama intellektual va faol bo‘ladilar. Ular o‘z faoliyatida mutlaqo yangicha, original bo‘lgan g‘oyalar, yangicha rejalarni qo'llashni xush ko‘radilar.

  1. Sabotlilik va o‘z-o‘zini tuta bilish ham irodaning o‘ziga xos tarzda namoyon bo'lish shakllaridan biri bo‘lib, u sportchining eng murakkab, emotsional qo‘zg‘alishlar paytida yoki ruhan tushkunlik paytida, intensivzo'riqish, charchoq, kutilmagan to‘siqlarning yuzaga kelishi, omadsizliklarning ro‘y berishi yoki boshqacha salbiy omillar ta’siri sharoitida ham teran aqlini saqlab qolish, o‘z o‘y-xayollarini, xatti-harakatini boshqara olishida ifodalanadi.

  1. Irodaviy zo‘r berish va uning irodaviy sifatlarni shakllantirishdagi ahamiyati

Har qanday sport turidagi mashg'ulot tarkibida nihoyatda ko‘p qiyin mashqlar mavjud bo‘ladi.Ushbu mashqlarni bajarish sportchidan muayyan irodaviy zo‘r berishni talab etadi.
Irodaviy zo‘r berish — deganda ichki zo‘riqishning shunday holati tushuniladiki, bu jarayonda kishi o‘z oldida turgan qiyinchilikni anglaydi va o‘zini mazkur qiyinchilikni yengib o‘tishga undaydi.
Demak, qiyinchilikning mavjudligi-bu kishidagi irodaviy zo‘r berishning namoyon etilishi uchun eng muhim shartdir.
Sport faoliyatida irodaviy zo‘r berishlar nihoyatda xilma-xildir.
Ularga quyidagilar kiradi:

  1. Mushaklarning zo‘riqishi paytidagi irodaviy zo'r berish. Sport faoliyati hamisha odatiy sharoitidan ko'ra ko'proq va og'irroq mushaklar harakati va zo'riqishi bilan bog'liq;

  2. Diqqatning zo'riqishi bilan bog'liq bo'lgan irodaviy zo'r berish. Har qanday sport harakatini amalga oshirish uzoq vaqt diqqatni yo'naltirishga qarata bilishm taqozo etadi;

  3. Charchoq va horg'inlik tuyg'usini bartaraf etish bilan bog'liq irodaviy zo'r berish;

  4. Kundalik ish tartibi ya’ni rejimga rioya etish bilan bog'liq irodaviy zo'r berish;

  5. Qo'rquv hissini bartaraf etish bilan bog'liq bo'lgan irodaviy zo'r berish.

Sportchidagi irodaviy zo'r berishdan oqilona foydalana olish qobiliyati u yoki bu qiyinchiliklarni yengib o'tish jarayonida shakllanadi va takomillashib boradi.

  1. Sport faoliyatidagi qiyinchiliklarning tavsifi

Psixologiyada qiyinchilik deyilganda odatda ko'proq ichki qiyinchlik nazarda tutiladi. Mazkur qiyinchilik esa sportchi biror-bir to'siqni yengib o'tayotganida, uni bartaraf etish uchun yetarli darajada imkoniyatga ega bo'lmagan paytda yuzaga keladi. Sportchining imkoniyatlari deyilganda esa, uning jismoniy, texnik, taktik, psixologik, ma’naviy va g'oyaviy tayyorgarligi darajasi, shuningdek, sihat-salomatligi, unda mavjud bo'lgan muayyan ko'tiikma va malakalar, odatlar hamda e’tiqodlar tizimi tushuniladi.
Sport faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklarni umumlashtirgan tarzda,ularni obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarga ajratish mumkin.
Sport faoliyatida obyektiv qiyinchiliklar deb, muayyan sport turining spetsifik jihatlari bilan bog'liq qiyinchiliklarga aytiladi. Obyektiv qiyinchiliklar jismoniy, texnik, taktik va ekzogen qiyinchiliklarga bo'linadi.
Jismoniy qiyinchiliklar muayyan bir xatti-harakatni, kerakli tezlikda, izchillikda hamda davomiylikda bajarish uchun halaqit beruvchi, sportchini tormozlovchi kuchlarni yengib o'tish jarayonida yuzaga keladi.
Texnik qiyinchiliklar — bu harakatning muvofiqligini ta’minlashda, muvozanatni saqlashda vaqt va fazodagi harakatlari mushak kuchlarining hajmi bo‘yicha barcha aniqliklarga rioya etishdagi qiyinchiliklardan iborat.
Taktik qiyinchiliklar o‘z xatti-harkatlarini faoliyat davomida doimiy o'zgarib turuvchi sheriklar harakatiga muvofiqlashtirish bo'yicha mo'ljal olish, kerakli xatti-harakatlarni tanlash bilan bog'liq.
Ekzogen qiyinchiliklar muayyan sport turining umumiy shartlari hamda sharoitlari bilan bog'liq bo'ladi (musobaqalar o'tkaziladigan muhit, atrofda kuchli qo'zg'atuvchilarning mavjudligi, tomoshabinlarning gulduros olqishlari, noqulay ob-havo sharoiti va sport maydonining noxush ahvolda ekanligi, qur’a tashlashdagi omadsizlik, g'alaba yoki mag'lubiyat, jarohatlar va ularning oqibati, musobaqa qoidalarining buzilishi).
Obyektiv qiyinchiliklarni faqatgina sportchini mazkur sport turi bo'yicha mavjud bo'lgan jismoniy, texnik hamda taktik tayyorlash orqaligina bartaraf etish mumkin. Masalan, agar sportchi o'zining mushaklarini yuqori tezlikda yugurish uchun rivojlantirmasa va uning texnikasi to'siqlarni yengib o'tishga imkoniyat bermasa, bu sportchi hech qachon, qanchalik uning irodaviy zo'r berishi yuqori darajada bo'lmasin, to'siqlar orqali yugurish bo'yicha rekord natijalarni qo'lga kirita olmaydi. Demak, yuqoridagilardan ma’lum bo'ladiki, sportchilarni irodaviy tayyorlash umumiy tayyorlash jarayonining boshqa tomonlari bilan ham chambarchas bog'liq. Bu jarayonda namoyon bo'ladigan irodaviy zo'r berishlar oxir-oqibat sportchining irodasiga o'z ta’sirini ko'rsatadi.
Subyektiv qiyinchiliklar deyilganda, sportchining mazkur sport turining obyektiv xususiyatlariga, tayyorgarlik mashg'ulotlari va sport musobaqalaridagi shart-sharoitlarga nisbatan shaxsiy munosabati asosida yuzaga keladigan qiyinchiliklar tushuniladi. Shaxsiy xususiyatga ega bo'lgan bu qiyinchiliklar sportchining erkin harakatlanishiga halal berib, uning psixik holatini yomonlashtiradi. Ular aksariyat hollarda noxush emotsional hissiyotlar tarzida namoyon bo'ladi. Bular, misol uchun, yengil atletikachilarda “plankadan qo'rqish”, og'ir atletikachilarda esa “katta vazn omili” hamda musobaqadagi o'z chiqishidagi javobgarlikni his qilishning kuchayishi va hokazolar bo'lishi mumkin.
Bunday individual xususiyatlarga ega qiynchiliklar aynan bir turdagi sport bilan shug‘illanuvchi har xil sportchilarda turlicha bo'lishi ham mumkin, masalan: avvalgi sport tayyorgarlik mashg‘ulotlarida olgan jarohatni eslash bilan bog'liq bo‘lgan qo‘rquv; tomoshabinlarning reaksiyasi tufayli tug‘iladigan tortinchoqlik; raqibning kuchli va qobilyatli ekanligini his qiiish tufayli kelib chiqadigan qo‘rquv va hokazolar.
A.V.Rodionov, V.F.Sopovlar subyektiv qiyinchiliklarni 3 guruhga ajratadilar:

  • bilishga oid qiyinchiliklar, ushbu qiyinchiliklar sportchi o‘z imkoniyatlarini noto‘g‘ri tasavvur qilganida yuz beradi (mag'lubiyat haqida o‘ylash, o‘z xatti-harakatlarini noto‘g‘ri tasavvur qiiish,turli o‘lchamlarni soxtalashtirilgan tarzda idrok etish va hokazolar);

  • emotsiogen qiyinchiliklar — ushbu qiyinchiliklar sportchining hal etilayotgan vazifaga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog‘liqdir (yiqilib tushishdan qo‘rqish, g‘alabaga erishgan paytda o‘z xursandchilik tuyg‘ularini jilovlay olmaslik, o‘zini tuta olmaslik, mag‘lubiyatga uchraganda esa ruhiy tushkunlikka berilish);

  • ma’naviy qiyinchiliklar — bunday qiyinchiliklar ijtimoiy talablar tufayli kishi ongida yuz beradigan qiyinchiLiklardir (mas’uliyatni juda chuqur his qiiish, yutqazib qo‘yishdan qo‘rqish, haddan tashqari kuchli hayajonlanish);

Subyektiv (psixologik) qiyinchiliklar ichki muhitda “ichki qarama-qarshiliklar” tarzida namoyon bo‘ladi va ularning yuzaga kelishida “psixologik to‘siqlar” asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu subyektiv qiyinchiliklar paydo bo‘lishining asosiy psixologik mexanizmidir. Mazkur mexanizm sportchi uchun ahamiyatli bo‘lgan (sport uskunasining ko‘rinishi, raqib haqida o‘y-fikrlar,hakamlarning xatti- harakati va hokazolar) muayyan qo‘zg‘atuvchilar (obyektlar) tufayli yuzaga keladigan kuchli salbiy emotsiyalarning shartli reflektor aloqalari paydo bo‘lishidir.
Psixologik to‘siqlarning ta’siri murakkabdir: ular alohida vaziyatlarga nisbatan himoyalovchi reaksiyalar rolini ham o‘ynashi mumkin. Muayyan xavfli harakatlarni tormozlash ham yuzaga keladi; ular diffuziyalar tarzida namoyon bo‘ladi,ya’ni bir qo‘zg‘alish o‘chog‘ida paydo bo‘lib bora-bora asab markazlari va tizimlarining barchasini qamraboladi, bu esa nafaqat harakatianish funksiyalarining umumiy buzulishiga olib keladi, balki himoyalash holati rivojlanib, og‘riqli holatga (nevrozga) ham o‘tishi mumkin.
Subyektiv qiyinchiliklarni yengib o'tish uslubi, shuningdek ularga muvofiq irodaviy zo'r berishlarni tarbiyalash uslubi obyektiv qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi irodaviy zo‘r berishni tarbiyalash uslubidan keskin farq qiladi. Bunda sportchilarni ishontirish, misollar bilan ta’sir ko‘rsatish, turli shart-sharoitlarda tayyorgarlik mashg‘ulotlari hamda musobaqalar o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek astenik,ya’ni salbiy his-tuyg‘ularni bartaraf etishga yo‘naltirilgan o‘z -o‘ziga buyruq berishlar ham nihoyatda muhimdir.

  1. Sportchi irodasining rivojlanishi

Sportchini irodaviy tarbiyalash - bu to‘siqlar va qiyinchiliklar namoyon bo‘lganda ularni yengib o‘tish uchun ongli tarzda o‘z-o‘zini boshqarish, aqliy faoliyatning ayrim sifatlarini va axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddat davom etadigan maqsadli psixologik-pedagogik jarayondir.
Sportning har qanday turi bilan shug‘ullanish sportchi irodasini rivojlantiradi. Bu rivojlanish esa ikkita yo'nalishga ega bo‘ladi, birinchisi umumiy, ikkinchisi esa ixtisoslashgan yo‘nalishdir.
Umumiy yo‘nalish insonga nafaqat turli sport turlari bo‘yicha mashg'ulotlarda, balki hayotning turli jabhalarida, masalan mehnat, o‘qish, ijtimoiy faoliyatda ham o‘zini irodali inson sifatida namoyon qilishiga imkon beruvchi irodaviy sifatlarni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. Ixtisoslashgan yo‘nalish esa har bir sport turi uchun xos bo'lgan va uning talablariga javob beradigan irodaviy sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog‘liq.
Irodani umumiy va ixtisoslashgan rivojlantirilishi o‘zaro chambarchas bog'liq bo‘lib, ularning birinchisi ikkinchisi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Mashg'ulot jarayonida irodani tarbiyalash borasida bir necha qoidalarga amal qilish zarur va ushbu qoidalar quyidagilardan iborat:

  1. Mashg'ulotlar chog'ida eng oson mashqlardan boshlamoq kerak, va ularni asta-sekin ko'paytirib, murakkablashtirib borish maqsadga muvofiq. Mashg'ulotlar jarayonining ilk bosqichida sportchilarni u qadar kuchli zo'riqtirilmaslikning ahamiyati juda katta, chunki bunday yo‘l tutish sportchida o'z kuchiga ishonch hissini shakllantiradi. Biroq bu mashg‘ulotlarda juda oson va yengil mashqlardan foydalanish kerak, degani emas. Shuningdek nihoyatda qiyin mashqlarni ham tatbiq qilish maqsadga muvofiq emas. Chunki sportchi oldidagi to‘siqlarning yengib bo'lmaydigan darajaga yetishi bilan sporchida o‘z kuchiga ishonch hissi yo'qoladi, uning irodaviy zo‘r berishi pasayib ketadi.

2.Sport mashg‘uloti ishtirokchilarida o‘z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga intilish hissini shakllantirish lozim. Buni asta-sekinlik bilan ular oldiga qo'yilayotgan qiyinchiliklarni oshirib borish yo‘li bilan amalga oshirish kerak. Musobaqalashuv vaziyatini yaratish, tobora oshib borayotgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib o'tishni osonlashtiradi.

  1. Sportchilarda tezkor va shijoatli qo‘zg‘alishlarni, hatto ularning imkoniyati chegarasida bo'lgan kuchli qo'zg'alishlarni keltirib chiqarish zarur. Mashg'ulot chog'ida juda sust va zaiflashgan xatti-harakatlarni qo'llash ishga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin.

4.Shug‘ullanuvchilarda albatta, chidamlilikni oshiruvchi mashqlar vositasida uzoq muddatli irodaviy zo'r berishlarga dosh berish qobiliyatini rivojlantirish kerak.

  1. Irodaviy zo'r berishni tarbiyalashga yo'nalgan mashqlarni bajarishda samaradorlikka erishishga intilish lozim. Bekorga sarflanadigan irodaviy zo'r berish (ya’ni baholanmagan irodaviy zo'r berish) sportchidagi irodaviy zo'r berish qobiliyatini zaiflashtiradi, hatto barbod qilishi ham mumkin. (P.A.Rudik).

Kishining irodasi nafaqat sport mashg'ulotlari jarayonida, balki hayotning barcha jabhalarida ham birdek shakllanib boradi. Shu sababli ham, tayyorgarlik mashg'ulotlarida sportchining hayot faoliyati bilan bog'liq bo'lgan, undan mustaqillikni, faollikni, o'ziga xoslikni hamda ijtimoiy mas’uliyatni talab qiluvchi topshiriq va xatti-harakatlar yuklamasidan keng foydalanish kerak.
Shunday qilib, yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirish o'quv tayyorgarlik mashg'ulotlari hamda musobaqa jarayonida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin