Тадбиркорлик ҳуқуқи тушунчаси, унинг асосий тамойиллари ва бозор муносабатларини шакллантиришдаги аҳамияти



Yüklə 91 Kb.
səhifə1/2
tarix26.01.2022
ölçüsü91 Kb.
#51613
  1   2
Tadbirkorlik huquqi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyati.


Tadbirkorlik huquqi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va bozor munosabatlarini shakllantirishdagi ahamiyati.

Reja:

1. Tadbirkorlik huquqi tushunchasi

2. Tadbirkorlik huquqining asosiy tamoyillari

3. Bozor munosabatlarini rivojlantirish va shakllantirishda tadbirkorlikning ahamiyati

4. Tadbirkorlik huquqining turdosh huquqlar — xo‘jalik, fuqarolik, ma’muriy huquqlardan farqi
Tadbirkorlik huquqi tushunchasi
O‘zbek xalqining azaliy orzusi ushalib, u ham siyosiy, ham huquqiy sohada mutlaqo mustaqil bo‘ldi. Endigi vazifa iqgisodiy sohada ham to‘liq mustaqillikka erishishdir. Buni amalga oshirish uchun asosiy e’tiborni bozor iqgisodiyoti munosabatlarini shakllantirishga qaratish lozimdir. "Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz, - deb yozgan edi Prezidentimiz I. A. Karimov, - Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzining har tomonlama hisobga olishga, o‘tmishdagi iqgisodiyotni bir yoklama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi".

Ha, bozor munosabatlariga o‘z modelimiz orqali o‘tib bormoqdamiz. Bu jarayon Prezidentimiz rahbarligida sobitqadamlik, tinchlik, barqarorlikni saqiash va milliy xavfsizliknita’minlash, respublikamizning siyosiy, iqgisodiy hayotini, ijtimoiy sohalarini chuqur isloh qilish va yangilash asosida amalga oshirilyapgi.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining mohiyati har bir fuqaroning ijodiy va mehnat faoliyatini takomillashtirish, boqimandalikka xotima berish, tashabbuskorlik va tadbir-korlikni rivojlantirish, mulkka egalik tuyg‘usiny kuchayti-rish, unga ishlab chiqarishga bo‘lgan hukmronlik hissini singdirish, ishlab chiqarishni iste’molchi manfaatiga bo‘ysundirish, ularning mahsulotga bo‘lgan talabini aniq hisobga olib, shunga yarasha tezlik bilan ish tutish, xo‘jaliqsa tejamkorlikka erishish, xarajatlarni kamaytirish, talon-toroj va suiiste’molchilikka qarshi kurash, yangiliklarga nisbatan sezgir bo‘lish va fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini dadil va g‘ayrat bilan joriy etishdan iborat. Mana shular hayogga tadbiq etilgandagina xalqimiz har qanday iqgisodiy tanglikdan tezroq chiqib olishi va farovon hayot kechirishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Endilikda bozor iqgisodiyoti turli xizmatlar ko‘rsatish, tovarlar iishab chiqarish, ularni ayirboshlash munosabatla-rining barcha soxdarini borgan sari keng qamrab olmoqda. Bu jarayon o‘z navbatida har bir fuqarodan tadbirkorlik bilan ish ko‘rishni, tadbirkor faoliyatini tobora rivojlantirib borishni taqozo etmokda.

Tadbirkor — biznesmenlik faoliyati asosan XVIII asrda paydo bo‘lib, ko‘pincha "mulkdor" degan tushuncha bilan teng anglangan. Xususan, A. Smit biznesmenni foyda olish uchun biron bir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida tavak-kalchilik bilan ish ko‘ruvchi mulkdor, deb ta’riflaydi.

Tadbirkorning barcha xarakatlari asosan bozor imkoniyat-larini taxlil qilish, undan foydalanish, novatorlik goyalarini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.

G‘arbda biznesga foyda olish maqsadini ko‘zlab, xo‘jalik yuritish san’ati, ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo‘lishi, navatorlik, xavf-xatarga doim taiyor turish kabi ko‘p qirrali faoliyat deb qaraladi. Bizning tafakkurimizda ham tadbirkorlikka nisbatan shu singari tushuncha paydo bo‘lmoqsa. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxslardan mahorat, zehn, akl va xushyorlik talab egiladi va bu xislatlar muhim ahamiyat kasb etadi, albatta. Shu ma’noda tadbirkorlik foyda olish maqsadidagi mustaqil faoliyat sifatida ta’riflanadi.

Umuman tadbirkorlikka va uning aniqifodasiga, ijtimyiy-psixologik tomondan yondashmay, balki uning tabiatI va faoliyatining ijtimoiy-iqgisodiy mazmuniga diqqat-e’tiborni qaratish lozim.

Bunda tadbirkorlikning kapitalistik ekspluatatorlik mohiyatiga olib keluvchi an’anaviy sinfiy ta’rifi emas, balki inson faoliyatining shu sohadagi funksiyasi, uning jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy aha^iyatiga e’^iborni qaratmoq lozim. Agar tadbirkorlikka shu tomondaN yondashib talqin qilinsa, u, avvalo, bozor xo‘jaligi va iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirish usuli sifatida namoyen bo‘ladi.

Yanada aniqroq qilib aytganda, u bozor iqtisodiyotining alohida bo‘g‘inlarida takror ishlab chiqarish borasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkiliy, iqgisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa xo‘jalik munosabatlarining majmuidir. Shu sababli tadbirkorlik, obrazli qilib aytganda, har bir xo‘jalik bo‘g‘inlarining, tovar ayirboshlashni, bozor xo‘jaligining rivojlanishini ta’minlovchi vositadir.

Ma’lumki, tadbirkorlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik faoliyati yaxshi huquqiy baza mavjud bo‘lgan taqdirda ham, makbul sharoit mavjud bo‘lmasa, yetarli darajada rivojlanmaydi.

Demak, tadbirkorlik bilan taraqqiyot hamisha yonma-yon borgan-Taraqqiyot iqgisodiy-ijtimoiy sharoitlarda tadbirkorlikning turli, ya’ni jamoa, individual, hususiy va boshqa shakllarda rivojlanishini taqozo etgan.

Tadbirkorlikning rivojlanishi bozor iqtisodiyotining, shakllanib borishi bilan bog‘liq.

Ammo bozor iqgisodiyoti munosabatlari birdaniga tuliq shakllanmaydi. U asta-seiyu riyujlanib boradiganjarayon bo‘l&b, aql bilan ish tutishni taqozo etadi. Respublikamizda puxta tuzilgan rejaga binoan bosqichma-bosqich iqgisodiy islohotlar o‘tkazilib borilishi bunga yorqin misol bo‘ladi.

Iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishidan asosIY maqsad bozor munosabatlarini tashkil etish, bozorni turli mollar va xizmatlar bilan to‘ldirib, iste’molchilarga tovar-ii tanlab xarid qilishlariga keng imkoniyatlar yaratib beriSH, oqibat natijada xalqning turmush sharoitiii farovonlashtirishdan iboratdir. Bunda tadbirkorlikning o‘ziga hos o‘rni bor. Chunki tadbirkorlik qanchalik rivojlansa, huquqiy tomondan himoya qilinsa, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ham shunchalik taraqqiy etadi.

Tadbirkorlik mulk huquqini subyektlarining tovar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish asosida foyda ko‘rish yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tshiabbuskorlik bilan faoliyat ko‘rsatishidir. O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkor-lik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida"gi qonuni mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlangarish ishining huquqiy tayanchidir.

Tadbirkorlik to‘g‘risidagi mazkur qonunda fuqaroiarning ishbilarmonligini oshirish, tadbirkorlik faoliyati erkin-ligini butun choralar bilan himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy kafolatlari belgilandi va tad-birkorlarimizning jahon bozorlariga o‘z toshrlari bmlak kirib borishlariga har tomonlama kulay imkoniyat yaratildi.


Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin