Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə104/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Maqsadga intiluvchanlik o'z oldiga aniq maqsadni va sportda takomillashuv vazifalarini qo'yish, o'z sport faoliyatini rejalashtirish harakatlarini, o‘y - fikrlari hamda tuyg‘ularini belgilangan maqsadga erishishga yo‘naltirish xususiyatlarini shakllantirish yo‘li bilan rivojlantiriladi. Shuningdek, bunda sportchining o‘zi belgilagan maqsadga erishish yo'lidagi amaliy xatti-harakatlarida faollikni oshirib borishi ham o‘ta muhimdir. Shunga ham alohida e’tibor berish kerakki, sportchining shaxsiy intilishlari, istak va xohishlari uning ijtimoiy vazifalari bilan mos kelishi kerak, ya’ni uning yuqori sport mahoratini egallashga bo'lgan intilishi uning vatanparvarligi, ma’naviy fazilatlari, o‘z jamoasi, sport klubi, shahri, respublikasi va hokazolarning sha’ni uchun qilinadigan xatti-harakat sifatida namoyon boiishiga erishishi lozim.
Mustaqillik va tashabbuskorlikni rivojlantirish sportchida mustaqil ravishda o‘z sport mahoratini oshirish, mustaqil ravishda zarur qarorlarni qabul qiiish qobiliyatini shakllantirishga asoslanadi. Shuningdek, sportchida begona kishilarning maslahati va tavsiyalariga tanqidiy munosabatda bo‘lish; raqiblarining xatti-harakatidan nusxa olishdan saqlanish, o‘z odatlarini shakllantirish; o‘z-o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la olish, ayniqsa manmanlik va o‘zining xatti-harakatlari va qarorlarining doimo bexato ekanligiga yuqori darajada ishonishdan ehtiyot bo'lishni shakllantirish ham juda muhimdir.
Sportchining, shaxsiy peshqadamligi va yangilikka moyilligi, shuningdek, undan har bir mashqni bajarishda individual stilni qidirib topishni taqozo etadi. Bunday sportchi taktik rejalarni, erkin kombinatsiyalarni, psixologik tayyorgarlik vositalarini va hokazolarni tuzish va amalga oshirish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Yangilik hissini shakllantirish sportchida ayniqsa o‘z ishidan qoniqish va bunda yuzaga keladigan ko'tarinkilik kayfiyati bilan birga kechadi. Zero bunday kayfiyat sportchida kuch-g‘ayratning oshishiga xizmat qilib, uni o'z faoliyatida yanada original va betakror bo‘lishga da’vat etadi.
Sportchilarda jur’at va jasoratni shakllantirish uchun quyidagilarni rivojlantirish zarur:

  1. O’z vaqtida, o'ylangan qarorlarni qabul qiiish qobiliyatini, ayniqsa bu kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda o‘ta muhimdir, bunday vaziyatlar nazariy mashg'ulotlar chog'ida ham yaratilishi mumkin (masalan, futbol maydoni maketida), yoki tabiiy sharoitda

  • biror-bir gimnastik kombinatsiyani bitta urinish bilan amalga oshirish, chapaqay bokschi bilan mashq jangini o‘tkazish va hokazolar tarzida. Bunday muammoli vaziyatlarni yaratish chog‘idagi tayyorgarlik mashg‘ulotida ishtirok etayotgan sportchi asoslangan qarorini qabul qilishni o‘rganadi;

  1. Tavakkalchilik talab qilinadigan va o'ta xavfli vaziyatlarda qaror qabul qilish ko‘nikmasi, nafaqat sportchi oldida turgan vaziyatning shaklu shamoyili haqida to‘la tasavvur va tushuncha mavjud bo‘lganida, balki uni muvaffaqiyatli bajara olishiga ishonchi yuqori bo‘lganida ham rivojlanadi.

  2. Sportchida o‘zidagi ikkilanishni, tortinchoqlikni, qo‘rquvni yengish, pasaytirish, bartaraf etish, shuningdek ularning paydo bo‘lishiga yo'l qo‘ymaslik ko'nikmasini rivojlantirish. Ushbu ko'nikmani rivojlantirish uchun ma’naviy va boshqa stimullardan, hatto “yo shunday qilasan, yoki....” qabilidagi majburlash usullaridan ham foydalanish mumkin;

  3. Tavakkalchilik tuyg‘usini rivojlantirish odatda xavfli sharoitlarni yaratib, mashg‘ulotda ishtirok etayotgan sportchilar tomonidan mashqlarni muvaffaqiyatli bajarishga erishish orqali amalga oshiriladi. Bu mashg'ulotlar ham sportchining o'zidagi qat’iyatsizlik, tortinchoqlik va hatto qo'rquv hislarini bartaraf etishida muhim o'rin tutadi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin