Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə14/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Yo‘q,
mutlaqo
bunday
emas.

Ha,
shundayga
o'xshaydi

To‘g‘ri

Judayam
to‘g‘ri

l.Men mashg'ulot jarayonining borishidan qoniqayapman

1

2

3

4

2.Mashg'ulot usullarida ayrim narsalarni o‘zgartirishni istayman

1

2

3

4

З.Меп bu mavsumda muvaffaqiyat qozonishga umid qilaman

1

2

3

4

4.Mashg'ulot jarayonida men har taraflama faolman

1

2

3

4

5.Mening e’tirozlarim biror narsani o'zgartirishiga ishonchim yo‘q

1

2

3

4

6,Mening mashg'ulotlarim usulining to‘g‘riligiga ishonaman

1

2

3

4

7.Mashg‘ulotlardagi vaziyat menda unchalik qiziqish uyg‘otmaydi

1

2

3

4

Eslatma. Faoliyat turi “Vazifaga ko‘ra” tanlanadi va so‘rovnomada qayd etiladi. Masalan, “mashg'ulot” so‘zini “o‘quv”, yoki “mehnat” va hokazo so'zlar bilan almashtirish mumkin.
Motivatsion holat shkalasidan psixik holatni baholashning ko‘pqirrali kompleksida sportchining muayyan musobaqaga tayyorgarlik ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi, shuningdek, u boshqa faoliyat turlarida ham qo‘llanilishi mumkin.
Vahimalilik va motivatsiya orasidagi o‘zaro aloqadorlik psixik holatni grafik ifodalash orqali talqin etishning original usulini taqdim qilish imkoniyatini beradi. Mazkur usul asosida optimal munosabat bildirish (ya’ni reaksiya qilish) zonalari tamoyili yotadi. (V.F.Sopov, 1985, 2003 yillar). Bunda vahimalilikning motivatsiya darajasiga tobeligi yaqqol ifodalanadi.

20
14

Vahimalilik










13 12 ~ 11 ~

Qo'rquv,
muvaffaqiyatsiztikni
kutish

Xavotirlanish

Faoliyatga
inlilish

10













9

Maqsadga

'J/t *




Noreal

8

intilishning

: Optimum




natijalarni

7 ~

xustligi







kutish

6













5 ~

Loqaydlik, heparvolik

Parishonxotirlik

Beg'mnlik

16 1 7 18 1 9 2 0 21 22 23 24 25 26 2 7 28
1-rasm. Psixik holatni tahlil etish ordinatalari tizimi.
Motivatsiyalar va vahimalilik natijalari perpendikulyar chiziqlarining kesishuvi o'ziga xos kvadrat yuzasida sodir bo‘lib, ushbu kvadrat sinovga jalb etilgan shaxsning psixik holati turiga muvofiq bo‘ladi. Shtrixlangan zonada turli faoliyat turlari uchun optimal holatlar joylashgan. (1-rasmga qarang.)

  1. Holatning energetik darajasini o'lchash usullari

Biopotensiometriya (V.X.Kirlian, 1967y., Yu.Ya.Kiselev, 1977y.).
Vegetativ tonus darajasini o‘lchash uchun mo‘Ijanlangan ushbu oddiy uslubning asosini, shkalasi 0-100 yoki undan kattaroq MA bo‘lgan namunaviy miliampermetr tashkil etadi. Ushbu asbobning klemmalari standart kattalikdagi datchiklarga kiritilgan (uzunligi 120 mm, diametri 15 mm), ular turli ionli dissotsiatsiyalarga ega metallardan bo‘ladi (masalan, latun va alyuminiydan).
Sinovga jalb etilgan shaxs datchiklarni qo'liga olib konturni yopadi. Past ko‘rsatkichli zonadagi potentsiallarning har xilligi parasimpatik reaksiyalar bilan korrelyatsiya etadi, yuqori ko'rsatkichli zonadagilar esa simpatik reaksiyalar bilan o‘zaro munosabatda bo'ladi.
Biopotensiometriya (BP) usuli bilan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash uslubi 2 ta bosqichni ko‘zda tutadi. Birinchi bosqichda musobaqaga bog‘liq bo'lmagan oddiy sharoitlardagi 20 ta o‘lchamni o'rtacha holatga keltirish yo‘li bilan “individual fon” qayd etiladi. Ikkinchi bosqichda esa bevosita diagnostika kuzatuvlari amalga oshiriladi. Biopotensiallarning o‘zgarishi mutloq birliklarda baholanishi, shuningdek fonga nisbatan foi/larda baholanishi ham mumkin. BP ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan individual variatsiyalarga ega bo‘ladi, biroq ularning tasodifiy o‘zgarishlari o‘rtacha X dan 10-15 % dan oshmaydi. Har xil sport turlarida kuzatilgan ko‘p yillik statistikaga ko'ra biopotensiallarning qiymatlarini quyidagicha sharhlash mumkin: 2-8 MAda - kasal holati, kuchli charchoq holati; 10-18 MAda tormozlanish, sulayish, uyquchanlik, monotoniya; 20­38 MA - optimum zonasi, o‘zini yaxshi his etish, o‘ziga ishonch, tayyorlik; 40-50 MAda - a) oddiy vaziyatda: qo‘zg‘alish, vahimalilik, quvvatni sarflash, hissiyotlarning to‘lib toshishi; b) musobaqa vaziyatida: optimum, o‘ziga ishonch, safarbarlik; 55 MA va undan yuqorisida - turli darajadagi stress holati, kuchni tejamasdan harakat qiiish, kasallik holati;
BP ning inertliligi talvasa belgilaridan biridir. Chunki har qanday stress omillarida ham ko‘rsatkichlar parasimpatik zonada “qotib qoladi” va hatto kuchli tanani qizdirish mashqlaridan keyin ham o‘zgarmaydi. BP ko'rsatkichlarining muayyan yuklamalardan so‘ng tezda optimal reaksiya zonasiga qaytishi musobaqaga integral, ya’ni yuqori darajadagi tayyorgarlik belgilaridan biridir.
Teri galvanik reaksiyasi(TGR)
Ushbu reaktsiya terining elektrik qarshiligi o‘zgarishini yoki potensiallarining hilma-xilligini izohlaydi. TGR emotsional holatlarni diagnostika qilishning eng samarali usullaridan biridir: U teri elektrik qarshiligining pasayishi yoki odam teri qoplamidagi ikkita qism o‘rtasidagi potensiallarning farqlari oshib borishini qayd etadi. Sport psixologiyasi muammolarini tadqiq etish bo'yicha tajribalarda sportchining psixofiziologik holatini baholash uchun ko'proq ikkita usul keng qo‘llaniladi.
Birinchi usulning asosida yotuvchi teri qarshiligining o‘zgarishi, oldinda turgan faoliyatni amalga oshirish uchun dastlabki tayyorgarlik paytidagi zo'riqish, kuchli hayajonlanish holatining asosiy ko'rsatkichlaridan biridir.
Teridagi elektr qarshiligi qiymatini baholash (TEQ) N.N.Mishuktomonidan ixtiro qilingan uskuna vositasida aniqlanadi. Mazkur uskuna yordamida terining yuzaki qarshiligini, terining biopotensialini va teri yuzasining haroratini o‘lchash mumkindir.
Terining elektr qarshiligini o'lchash tufayli sportchining emotsional holati u bajaradigan faoliyatga qay darajada muvofiq kelishi to‘g‘risidagi eng obyektiv, xolis ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.
O’lchash amalga oshirilishidan oldin qayd etish asbobining shkalalari kalibrlanadi. Oradan 30 soniya o'tgach, sportchi bosh barmog'ining birinchi bo‘g‘ini uskuna datchigi ustiga qo'yiladi. Zarur kuchlanishga erishilganda, nazorat chiroqchasi yonadi. Har bir o‘lchashdan so‘ng datchikning elektrodlari, dastlab, spirtga botirilgan paxta tamponi bilan keyin esa quruq tampon bilan artib chiqiladi. O’lchash ishlari sport mashg‘ulotlari va musobaqalarining turli sharoitlarida, turli vaziyatlarda o‘tkazilishi mumkin, masalan, ularni: tanani qizdirish mashqlarigacha yoki undan keyin, startdan oldin yoki startdan keyin, suzishdan oldin yoki keyin, olishuvdan, jangdan va hokazolardan oldin yoki keyin o'tkazish mumkindir.
Tananing kvazisiaisionar potensiali (KSP). Miya faolligini ko'rsatuvchi eng ko‘p axborotlarga ega ko‘rsatkichlardan biri, bu bosh miyaning sekin harakatlanuvchi elektr jarayonlaridir.
Ularning tarkibiga bosh miya qobig‘ining kvazistatsionar potensiali ham kiradi(KSP). Mazkur potensial nisbiy ravishda qo‘lning kafti yuzasi bilan o‘lchanadigan (katta barmoqning do'nglik qismi) bosh miya qobig‘ining peshona qismi alomatining umumiy yig‘indisi qiymatini ifodalaydi.
KSPni olchash uchun kuchsiz tarzda qayd etuvchi xlorkumush aralashmasi bilan qoplangan elektrodlardan foydalaniladi.O’lchash asbobi sifatida esa istalgan yuqori omli (1,5 MOmdan kam bo‘lmagan) krrish qarshiligiga ega biopotensialni kuchaytirgichlardan foydalanish mumkin. (V.P.Nekrasov va boshqa hammualliflar 1983y., 1985y., N.A.Gosudarev, K.R.Savitskiy.)
Ushbu usulda o‘lchanadigan KSP qiymati ya’ni kattaligi, odatda 0 dan, 50 mV gacha bo‘ladi, ammo ba’zan alohida holatlarda 100 mV gacha yetishi mumkin yoki manfiy qiymat kasb etishi mumkin.
1-jadvalda psixik ishchanlik qobiliyatiga nisbatan KSPning ko‘rsatkichlar tasnifi berilgan.
1-jadval.
Psixik ishchanlik qobiliyatiga nisbatan KSPning ko‘rsatkichlar tasnifi

KSP ballari (mV)

Psixologik ishchanlik

30-50

Juda yuqori

20-29

O’rtacha

10-19

Pasaygan

0-9

Past

0 dan past

Juda past

Ushbu o‘lchash jarayonini o‘tkazish uchun hammasi bo'lib 10 soniya vaqt kifoyadir. Bunda odatda KSP va TGR lar ko'rsatkichlari birgalikda o‘lchanadi, zero, shu yo‘l bilan sportchining psixik holati to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotni olishga muvaffaq bo'lish mumkin. Ushbu holda olingan absolyut (mutlaq) qiymat taqdim etilgan tasnifga ko‘ra ballarga aylantiriladi va ular qo‘shilib, o‘rtacha arifmetik qiymat keltirib chiqariladi.
Masalan, psixik ishchanlik 4 ball deb, asabiy-psixik zo'riqish -

  1. ball, asabiyllashish darajasi - 5 ball deb baholangan bo‘lsa, psixik holatning umumlashtirilgan ko‘rsatkichi (PHUK) quyidagiga teng bo‘ladi: PHUK=4 ball.

PHUK =i+3+5 =4 ball.



KSP ko‘rsatkichlari yordamida yuklamalarga chidamlilik ham baholanadi (bunda ham psixik qiyinchiliklar, ham jismoniy qiyinchiliklar nazarda tutilmoqda.) Bulling uchun KSPning darajasi

yuklamalar jarayoni dinamikasida, yoki yuklamalargacha va ulardan keyin baholanadi.
M.Lyusherning sakkiz rangli testi (vegetatika koeffitsient i (VK) vegetativ tonusning ko‘rsatkichi sifatida).
Lyusher testlari ma’lumotlariga ishlov berishni soddalashtirish maqsadida, K.Shiposh vegetativ tonusni xarakterlovchi raqamli ko‘rsatkichnitavsiya etdi. Tadqiqotchi tomonidan vegetativ koeffitsient (VK) deb nomlangan mazkur ko'rsatkich quyidagi oddiygina formula asosida hisoblanadi:
w _ 18-(№ Qiz.+№ S)
18-(№ K+№ Ya)
Bunda Qiz. - Qizil rangning tanlov (pozitsiya) raqami;
S - sariq rangning pozitsiyasi; К — ko‘k rangning pozitsiyasi, Ya — yashil rangning pozitsiyasidir.
VK ning sonli qiymati agar “Bir”dan kichik bo‘lsa, bu trofotrop reaksiyaning kuchliroq ekanligini ko'rsatuvchi omil sifatida talqin etiladi, agar bu ko‘rsatkich “bir”dan katta qiymatga ega bo‘lsa, u holda ergotrop reaksiyaning kuchli ekanligi to‘g‘risida gapirish lozim bo‘ladi. Muallif “vegetativ koeffitsient — insonning effektiv holatiga shu qadar ta’sir etadigan o‘ta sezgir ko‘rsatkich boiib, ularni boshqa biror-bir usul bilan aniqlashning imkoni yo'qdir”, - deb hisoblaydi. Ushbu ko‘rsatkichni muallif psixologik holatni mustaqil boshqarishda autogen mashqlar (AM) va biologik qaytuvchi aloqa (BQA) kabi ixtiyoriy usullaridan foydalanish jarayonida psixofiziologik holatning o‘zgarishini o‘lchash uchun qo'llagan.
VKning eng yuqori qiymati VK = 1,2 birlikdir. 1,8 dan yuqori ko‘rsatkich yuklamalarni yengishda qiyinchilik yuz berayotgan- ligidan, sinovdagi shaxsga irodaviy kuch lozimligidan darak beradi.

  1. 60 birlikdan kamroqzonalardagiqiymatlaresa parasimpatikotoniya, yetarli tiklanmaganlik yoki kasallik holatlaridan darak beradi.


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin