1.Sport mashg'ulotlari jarayonida organizmning hayo! faoliyatida yuz beruvchi katta o‘zgarishlar bilan bog'liq bo‘lgan emotsional kechinmalar. Sport mashg'ulotlari uchun xos bo‘lgan va uning asosiy jihatlaridan biri bo‘lgan mushaklarning kuchli faolligi me’yorida kechsa, unga doimo o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyat hamroh boMadi (harakatlarning o‘ta chaqqonligi, nutqdagi ortiqcha balandparvozlik va hokazolar) shuningdek, bunday holatlarda kishida serg'ayratlik, hayotdan xushnudlik kayfiyati ustuvor bo'ladi. Ba’zan mashqlardan o‘ta zo‘riqqan holatda ayni shunday mushaklarning faolligi sportchida astenik his -tuyg'ularni, ya’ni: sillaning qurishi, norozilik va hokazolarni uyg‘otishi mumkin. Texnikjihatdano‘tamurakkab, qiyin vaxavflijismoniymashqlarni yuqori darajadagi mukamalligi bilan bog'liq emotsional kechinmalar.Ushbu his-tuyg‘ular organizmning umumiy ish qobiliyati yuqori darajada ekanligini ifodalab, mazkur harakatni bajarishda erishilgan yutuqdan lazzatlanish va bu orqali sporchi ongida o‘z shaxsining boshqalardan ustun ekanligini his etish tuyg‘ularini aks ettiradi. Albatta, o‘zingni kuchli, chaqqon, jasur, qo‘rqmas, chidamli, o‘z kuchiga ishongan, hamda har kim ham bajara olmaydigan qiyin mashqlarni bajarishga qodir, deb his etish kishi uchun yoqimli. Bu tuyg‘ular sportchining katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan katta irodaviy kuch ko‘rsata olish qobiliyati bilan taqqoslanadi. Bu esa sportchi xarakteridagi asosiy fazilat hisoblanib unga ko‘ra sportchining faqat o‘zi emas, balki uning tevarak atrofidagilar ham uning shaxsiy fazilatlariga baho beradilar. Shu o‘rinda juda katta irodaviy matonatni talab etuvchi sport vazifalarini
muvaffaqiyatli hal etgan sportchi nafaqat o'zgalaming ko‘z «o‘ngida balki o'zining ko‘z o‘ngida ham nihoyatda ulg‘ayiehini ta’kidlash zarur. Aksincha, sport mashg‘ulotlarida ba’zan yuz berib tnradigan jarohat olish, lat yeyish, qiyin mashqlarni bajarish paytida yUzberadigan omadsizliklar, albatta, sportchilarda astenik (salbiy) emotsional tuyg‘ularni keltirib chiqaradi: masalan, o‘ziga ishonch- sizlik, qo‘rquv, tormozlanish va hokazolarni keltirish mumkin.. Xavfl j jismoniy mashqlarni bajarish chog'ida sportchilar his etadigan stenik (ijobiy) his-tuyg‘ularga asosan sport harakatlarini qiyin sharoitlarda bajarishdan paydo bo‘ladigan qo'rquv hissini yengish asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori darajadagi sport texnikasiga ega, tajribali sportchida xavf-xatarni sezish va unga yondosh bo‘lgan qo‘rquv hissi uning xatti-harakatlarini izdan chiqarmaydi, aksincha unga xavf-xatarni yengib o'tishga yo'naltirilgan sezilarli darajadagi kuch- quvvat baxsh etadi. Bunday paytlarda sportchida takror va takror ravishda tavakkal hissini boshdan kechirish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Zero, bunday tavakkal hissiyoti sportchiga o‘ziga xos qoniqish va huzur bag‘ishlaydi. Sababi, bu tuyg‘uni sportchi o'zining xavfli to‘siqni yengib o4ishga qodir bo‘lgan qobiliyati va kuchiga ishonish, uni anglab yetish tuyg‘ulari bilan birga parallel ravishda boshdan kechiradi.