Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə19/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Кип tartibiga rioya etish bilan bog'liq irodaviy zo‘r berish, nihoyatda xilma-xil bo'lishi mumkin. Kun tartibiga rioya etish, ayniqsa mashg‘ulotlaming dastlabki davrlarida, bunday odat hali shakllanmagan bir paytda, kishidan nihoyatda katta zo‘r berishni talab etadi. Zero, endi u mazkur mashg'ulot bilan aniq belgilangan bir vaqtda shug‘ulanishi, hamda bu mashg‘ulot uchun ajratilgan vaqt mobaynida talab etiladigan intensivlikni saqlab turishi kerak bo‘ladi. Kun tartibga rioya etish bilan bog‘liq irodaviy zo‘r berishlarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular emotsional, hissiy tomondan nisbatan ancha osoyishta kechadi. Ular turli shakldagi mashg‘ulotlarni galma- galdan almashtirib bajarishi, materialni miqdoriga ko‘ra har taraflama dozalash, ya’ni ish tezligi, uning davomiyligiva hokazolarniboshqarish imkoniyatini beradi. Bularning barchasi, mahoratli sport murabbiysi qo‘lida, sportchilarning irodaviy qat’iyatlarini tarbiyalashning o‘ziga xos va betakror quroli, vosita va omiliga aylanadi.
Xavf-xatar va tavakkalni yengib o'tish bilan bog‘liq irodaviy zo‘r berish.
Ularning o‘ziga hos jihati shundaki, bunday zo‘r berishlar odatda kuchli emotsional tuyg‘ular bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Chunki ular qo‘rquv, hadiksirash, o‘zini yo‘qotib qo'yish, tortinchoqlik va hokazolar kabi salbiy hissiy holatlarga qarshi kurashga yo'naltirilgan bo‘ladi. Qo‘rquv hissini bartaraf etish bilan bog‘liq irodaviy qat’iyatni tarbiyalashda suvga sakrash, tog‘ chang'isi sporti, tramplindan chang‘ida sakrash, parashyutda sakrash, alpinizm, boks va boshqa sport turlari katta ahamiyatga ega.

  1. Sportdagi hissiy-emotsional kechinmalarning xususiyatlari

Sport faoliyati kuchli va yorqin emotsional kechinmalari bilan ajralib turadi. Sportni his tuyg‘ularsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sport faoliyatining kuchli his tuyg‘ularga boyligi, ularning emotsional jozibadorligi - bu sportning inson shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qilishidagi eng muhim shartlardan biridir. Ammo sportdagi emotsional kechinmalar boshqa his-tuyg‘ular kabi stenik yoki astenik bo‘Iishi, ular insonning tabiiy jarayondagi xatti-harakatlariga ham ijobiy ham, salbiy ta’sir etishi mumkin.
Sport faoliyati jarayonlarida namoyon bo'ladigan ko‘plab xilma- xil his tuyg‘ular orasida quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin