Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


’z-o‘zini nazorat qilish savollari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə27/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

0’z-o‘zini nazorat qilish savollari

  1. Nima uchun yuqori natijalar sport turi ekstremal faoliyat turiga kiritiladi?

  2. Sport faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini ochib bering.

  3. Irodaviy zo‘r berishlar va ularning sport faoliyatidagi ahamiyati.

  4. Sportda his-tuyg‘ular namoyon bolishining o'ziga xos xususiyatlari.

  5. Motivlar va ularning sport faoliyatidagi ahamiyati.

  6. Motivlarning individual xususiyatlarini ochib bering.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Горбунов Г.Д. Психопедагогика спорта. -М.: Советский спорт, 2006.

  2. Ильин Е.П. Психология физического воспитания. -М.: Прос­вещение, 1980.

  3. Попов. А.Л.Психология спорта (Учебное пособие) И.-Флинта, 1998.

  1. Родионов А.В. Практика психологии спорта. -Ташкент: Lider -'press, 2008.

  1. Уэйнберг Р.С., Гоулд Д. Основы психологии спорта и физиче­ской культуры. -Киев: Олимпийская литература, 2001.

4-BOB.
SPORT MUSOBAQALARI PSIXOLOGIYASI

  1. Sport musobaqalarining psixologik xususiyatlari to‘g‘risida umumiy tushuncha

Sport musobaqasi har qanday sport faoliyatining zaruriy va tarkibiy qismidir. Binobarin, har bir sport musobaqasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, sportchining muayyan musobaqalarga tayyorgarlik davridagi o‘quv-mashg‘ulot faoliyati natijalarini chiqarish demakdir. Sport musobaqalari sport murabbiysining ishi qay darajada to‘g‘ri ekanligini baholash usuli va uslubi hamdir. Shuning uchun ham, sport musobaqalari sportda mukammallikka erishish jarayonining ajralmas qismidir. Musobaqalarsiz sport bo‘lmaydi.
Musobaqada ishtirok etishdan maqsad g‘alabaga erishish, yoki sportchi shu paytgacha erishgan yutuqlar darajasidan qat’iy nazar natijalarni yaxshilashdan iboratdir. Bu aksariyat hollarda juda qisqa vaqt ichida kishidan nihoyatda katta imkoniyatlarni namoyish qilishni talab etuvchi ekstremal vaziyatni yuzaga keltiradi. Musobaqalarda yuqori natijalarni, ko‘rsatkichlarni qo'lga kiritishga intilish sportchining sport yutuqlari darajasidan, tayyorgarligi darajasidan va boshqa omillardan qat’i nazar namoyon bo‘ladi.
Sportchini musobaqaga yuqorida tilga olingan maqsadlar bilan tayyorlash undan yuqori darajali psixik zo‘riqishni talab qiladi. Shu sababli sportchining asab tizimi oldiga, uning jismoniy, psixik sifatlarini rivojlantirish darajasi oldiga hamda sportchi shaxsining ma’naviy tomonlariga katta talablar qo‘yiladi.
Sportchida psixik zo'riqishni yuzaga keltiruvchi sabablar nimada? Bunday sabablar juda ko‘p. Ulardan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Sportchining tayyorgarligi. Sportchi o‘z oldida turgan musobaqaga qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, u o‘zini shunchalik ishonchli his qiladi, uning psixik holati ham optimal darajada bo'ladi, yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan sportchida esa buning aksi kuzatiladi. Bunday sportchi nihoyatda qattiq hayajonlanadi, xavotirga tushadi.

  2. Musobaqalashuv tajribasi. Sportchi turli miqyosdagi musobaqalarda qancha ko'p qatnashgan bo'Isa uning shaxsiga xos ijobiy sifatlar shunchalik yaxshi namoyon bolladi. Biroq bunda sportchining jismoniy, texnik, taktik, nazariy va psixologik tayyorgarligini o‘zida mujassam etgan sport tayyorgarligi darajasi ham katta rol o'ynaydi.

  3. Musobaqalar miqyosi. Musobaqalarning miqyosi qanchalik baland bo‘lsa, sportchilardagi psixik, zo‘riqish ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Chunki sporchining musobaqa faoliyati natijalarining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyati, uning “g'alabasi” yoki “mag‘lubiyati”, sportchi yoki jamoaning, davlatning ijtimoiy maqomi va obro'si oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, zo‘riqishning intensivligi sportchining oldiga qo‘ygan vazifalariga ham bog‘liqdir.

  4. Emotsional holatlarning sur’ati sportchilarning musobaqa davomidagi motivlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi, bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • musobaqalarda qo‘lga kiritilgan g'alaba orqali, qo'lga kiritilgan sport natijasi orqali o'z shaxsiyatini namoyon qilish motivi;

  • sport orqali o‘zining moddiy ehtiyojlarini qondirish motivi;

  • sport murabbiysiga yaxshi munosabat, murabbiyning umid va ishonchini oqlash motivi;

  • sportga xos kurashchanlikka intilish, sportga muhabbat motivlari; '

  • o‘zini musobaqaviy faoliyatga xos bo‘lgan ekstremal sharoitlarda sinab ko‘rish motivlari;

  • musobaqalardan g‘alaba quvonchini kutish motivlari;

  • musobaqalarda yuqori sport natijalariga erishib, mamlakat terma jamoasi tarkibiga kirish motivlari;

  • sport orqali dunyoni ko‘rish orzularini qondirish motivlari;

  • dunyoviy rekordlarni o‘rnatish bilan bog‘liq motivlar;

  • chempion boiish, sovrindor boiish va hokazo unvonlarga erishish bilan bog'liq motivlar;

  • sportchining estetik tuyg‘ulari bilan bog'liq motivlar;

  • sportchining—vatanparvarlik, mamlakat, jamiyat, jamoa oldidagi burchi va majburiyati tuyg‘usi, sportchilik sha’ni tuyg‘usi kabi ma’naviy tuyg‘ulari bilan bogiiq motivlar.

Motivatsiyalar shaklining xilma-xilligi sportchining shaxsiy xususiyatlariga ham, shuningdek musobaqa ishtirokchilarining sport natijalarining ijtimoiy ahamiyatiga ham bog‘liq bo'lishi mumkin. Sport tayyorgarliklari tizimida musobaqada ishtirok etish motivini shakllantirish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Motivning ijtimoiy ahamiyati qanchalik yuqori bo'lsa, hamda sportchi tomonidan yaxshi anglab yetilsa, sportchining yuqori sport natijalarini qo‘lga kiritishiga, musobaqalarda g‘alabani qo'lga kiritishiga zarur bo‘lgan sharoit shunchalik yaxshiroq yaratilgan bo‘ladi.

  1. Musobaqa ishtirokchilarining tarkibi. O’z kuchiariga ko‘ra teng raqiblar musobaqalashganda kurashlar yanada qizg‘in tus olib, sportchilarning emotsional zo‘riqishlari yuqori darajaga yetadi. Agar musobaqalashayotgan tomonlarning tayyorgarlik darajalari bir- biridan sezilarli farq qilsa, emotsional zo‘riqish ham shu qadar past bo‘ladi.

  2. Musobaqalarni tashkil etish va jihozlash shart-sharoitlari. Odatda musobaqa yomon tashkil etilsa, hakamlar noto‘g‘ri ish tutsalar, emotsional zo‘riqishning kuchayishi va agressiv, taiovuzkor his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishi yuz beradi. Bundan tashqari agressiv his-tuyg‘ularning paydo bo'lishiga tomoshabinlar sonining, ayniqsa musobaqalashayotgan sportchilarga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lmayotgan tomoshabinlar sonining katta bo'lishi ham sabab bo‘ladi.

  3. Emotsional zo‘riqishning kelib chiqishi sportchi shaxsining individual xususiyatlariga ham bog‘liqdir. Bunga quyidagilar kiradi: asab turi, temperament, shaxsning xarakteri, sportchining irodaviy va ma’naviy rivojlanish darajasi.

  4. O’z—o‘zini tartibga solish usullarini egallaganligi darajasi. Agar sportchi o‘z-o‘zini tartibga solish usullarini egallagan bo‘lsa, bu uni turli noxush vaziyatlarda himoya qiluvchi ichki himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, stress holati yuzaga kelganda yoki musobaqa jarayonida ko‘plab salbiy omillar paydo bo‘lganda tezkorlik bilan o‘z vaqtida ularni bartaraf eta oladi.

Musobaqa qadim-qadimdan pedagogika va psixologiya sohasida inson faoliyatini rag'batlantiruvchi omil sifatida e’tirof etib kelingan. Musobaqaning bunday rag‘batlantiruvchi ta’sirini oTganishga bir qator psixologik tajribaviy tadqiqotlar ham bag'ishlangan.
O’z paytida tadqiqotchi olimlar Myode va Shults musobaqalashuv sharoitida, o'quvchilarning panjalarini qisish kuchlari va tananing bel kuchi o‘rta hisobda 10,3 - 24,0% gacha oshishini qayd etganlar. P.V. Yuryev esa turli malakaga ega gimnastikachilardagi mushak harakatlarini dozalay olish qobiliyatini o‘rgangan. Tadqiqotchining aniqlashicha, gimnastikachilar o'zaro musobaqalashuv jarayonida ularning mushak kuchlarini dozalay olish aniqligi 30-50% ga oshar ekan. Ayrim hollarda esa bu ko‘rsatkich 2 barobardan ham kattaroq raqamni tashkil etar ekan. A.S. Yegorov ham o‘z tajribalari asosida musobaqalashuv sharoitlarida statistik mushak ishlarini bajarishda irodaviy zo‘r berishlarni rivojlantirish qobiliyati sezilarli darajada o‘sishini isbotlovchi ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. G.M.Dvali ham sport mashqlarini bajarishga sport musobaqalarining ta’sirini maxsus o‘rgangan (chang‘ilarda 5 kilometrlik masofani t»osib o‘tish, suv havzasida 25 metrga suzish, arqon tortish, arqonga osilib chiqish, velosipedda uchish) Natijada, musobaqalashuv sharoitida 84,8% sportchi o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilashga muvaffaq bo‘lgan.
Sport faoliyatida musobaqalarning rag‘batlantiruvchi ta’siri azal- azaldan ma’lum va buni qo'shimcha tarzda isbotlashning hojati yo‘q. Chunki odatda sportchilar aynan musobaqalashuv jarayonidagina eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlar. Jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlaridagi jahon rekordlarining o'rnatilishi ham yuqoridagi fikrimizning dalilidir.
Sportchi musobaqalashuv faoliyatining eng muhim psixologik xususiyati shundaki, ushbu faoliyat shaxs sifatida uning qaror topishi va shaxsiyatini tarbiyalanishida muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli ham sport sohasida shaxsni tarbiyalashda sport musobaqalari zaruriy shart-sharoit hisoblanadi.
Sport sportchining shaxsiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Sport musobaqalarining sportchi shaxsiyatiga ta’siri ikki xil tarzda kechishi mumkin:
l.Stixiyali tarzda, o‘zidan-o'zi, kutilmagan holda. Bunda mazkur ta’sirlar ham sportchiga, ham uning murabbiysiga bog'liq bo'lmaydi;

  1. Sportchi faoliyatidagi musobaqalar oldidan va start oldidan o‘tkaziladigan psixologik-pedagogik ta’sir tizimi orqali.

Psixologik-pedagogik ta’sirning asosiy maqsadi, bu musobaqa oldidan va start oldidan tayyorgarligi jarayonida sportchining o‘z faoliyatini tashkil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish orqali, uning psixik tayyorgarligini safarbar etishdan iboratdir.
Har qanday musobaqalashuv faoliyatining ajralmas komponenti bu har bir alohida musobaqaning maqsadlarini aniqlash va unda erishish lozim bo‘lgan vazifalarni belgilashdan iboratdir. Sport psixologiyasida “maqsadni belgilash” (maqsad ustanovkasi) degan alohida tushuncha mavjud. Har bir alohida musobaqa uchun maqsadni belgilash jarayonida sportchining barcha real imkoniyatlari, ya’ni uning sport tayyorgarligi darajasi, shu jumladan psixologik tayyorgarligini ham hisobga olish kerak. Maqsadni belgilashni asosan sport murabbiysi tashkil etadi. Biroq bunda sportchining o‘z oldiga qo‘yilayotgan vazifalarni qay darajada anglab yetishi ham o‘ta muhim omildir. Ba’zan sport amaliyotida shunday holatlar ham kuzatiladiki, bunda sport murabbiysi eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida sportchi oldiga “o‘ta yuqori vazifa”larni qo'yadi. Bunday hollarda murabbiy sportchi tayyorgarligi holatini juda ham yuqori baholab yuborganligi namoyon bo'ladi, yoki murabbiy o‘zining subyektiv fikriga ko‘ra, agar men sportchi oldiga “o‘ta yuqori vazifani” qo‘ysam, u mazkur maqsadga erishish uchun musobaqalar jarayonida bor kuch va imkoniyatlarini ishga soladi, deb o'ylaydi va u ongli ravishda sportchi oldiga o‘ta baland maqsad va vazifalarni qo'yadi.
Amalga oshirib boimas” maqsadlarni belgilashda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki bu sportchidagi motivatsiyaning susayishiga, uning irodaviy xatti-harakatlarining sinishiga, musobaqalarda ishtirok etishga nisbatan qiziqishining pasayishiga sabab bo'lib, natijada musobaqalar jarayonida sportchiga ko‘rsatiladigan psixologik-pedagogik ta’sir kuchining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, sportchining musobaqada o‘z oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarini qanday qabul qilishi va baholashini bilishning o‘zigina kifoya emas, balki unda musobaqada qatnashishning maqsad va vazifalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish, aniqlashtirish va chuqurlashtirish qobiliyatlarini tarbiyalash ham o‘ta muhimdir.
Har bir vazifa, har bir qaror sportchining eng yuqori imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib belgilanishi lozim va zinhor bu imkoniyatlardan yuqori vazifalarni qo‘yish mumkin emas. Biroq, bu degani musobaqa oldidan murabbiylar sportchilar oldiga g'alaba qozonishni vazifa qilib qo'yishi mumkin boimaydi, degani epias. G’alabani maqsad qilib belgilash ustanovkasi har qanday sport chiqishining bosh shartidir. Bunday maqsad bo‘lmasa sport kurashlari ham o‘z mazmunini yo‘qotgan bo‘lar edi. Ushbu jarayonda sportchi oldiga qo‘yilayotgan maqsad va vazifalar, o‘zining real asosidan uzoqlashmasligi va psixologik jihatdan o‘ta puxta ishlangan bo‘lishi kerak. Tushunarli, ishonarli maqsad, aniq ifodalangan va puxta ishlangan vazifa musobaqa jarayonida sportchining bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishi uchun optimal sharoitlar yaratadi.

  1. Startoldi hoiatlarining psixologik xususiyatlari

Har bir sportchi musobaqa oldidan startoldi holatini boshdan kechiradi. Bunday holatning kelib chiqishiga nima sabab bo'ladi?
Umuman olganda buning sababi, birinchi savoldagi emotsional zo‘r berishlarining tavsifida tilga olingan jihatlardan iboratdir.
Startoldi emotsional his-hayajonlar qachon boshlanadi? Sportchining startoldi holatlari turli paytlarda yuz berishi mumkin. Ba’zi sportchilarda bu holat biron-bir musobaqada ishtirok etishi haqidagi xabarni olishi bilanoq boshlansa, ba’zi birlarida ushbu musobaqaga start berilishidan bir necha kun yoki bir necha soat oldin boshlanishi mumkin.
Startoldi hoiatlarining paydo bo'lish vaqti nimalarga bog‘liq? Sportchilardagi startoldi holatining paydo bo‘lishi ularning shaxsiy-individual xususiyatlariga, ya’ni asab tizimining turiga, temperamentiga, xarakteriga, sport musobaqalarida ishtirok etish bo‘yicha to‘plagan tajribasiga va hokazolarga bogiiq. Sportchilarning musobaqalarda ishtirok etish oldidan startoldi holatlarini boshdan kechirishlari zarurmi? Ushbu savolga startoldi hoiatlarining fiziologik mexanizmlarini ochib berish orqali javob olish mumkin. Fiziologiya fani nuqtai nazaridan startoldi hoiatlarining mexanizmlari shartli refleks xarakteriga egadir.
Ularning asosida sportchi organizmining oldinda turgan kuchli harakat faoliyatiga funksional tayyorgarligi yotadi. Sportchi organizmida start oldidan yuzaga keladigan fiziologik o‘zgarishlar shartli reflektor moslashuvchanlik reaksiyalari hisoblanib, ular sportchi oldida turgan jismoniy ishlarning bajarilishini ta’minlaydi. Masalan ular qatorida yurak - qon tomir tizimi reaksiyasi, nafas olish faoliyatining o‘zgarishi, ichki sekretsiya bezlarining va boshqa organlardagi o‘zgarishhmi tilga olib o‘tish mumkin.
Psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda, musobaqalar oldidagi psixologik zo‘riqishni odatda shunchaki his- hayajon deb atashadi. Start oldidan hayajonlanish (albatta belgilangan me’yor darajasida) nafaqat mumkin, balki zarur hamdir. Chunki, startoldi hayajonini his etmasdan, kishi o'z imkoniyatlarini to‘liq namoyish eta olmaydi. Bunday vaziyatlardagi hayajonlanish, odatda, sport o‘yinlaridagi ko‘tarinki kayfiyat, umumiy ko'tarinki jangovor ruh, sport janglarini intiqlik bilan kutish tarzida namoyon bo‘!adi. Har bir sportchi nafaqat musobaqa oldi his-hayajonlari dinamikasining umumiy qonuniyatlarini bilishi, balki ayni paytda bu boradagi o‘zining individual xususiyatlarini ham yaxshi bilishi kerak. Zero, o‘z holatini to‘g‘ri anglab yetish, uni me’yorlashtira olishning bosh yo‘lidir. Startoldi holatlarining psixologiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan dastlabki tadqiqotlar (O.A.Chernikova, 1937 y.) “startoldi lixoradkasi” ning o‘ziga xos jihatlarini ochib berdi, ya’ni uning sportchi xatti-harakatlariga ta’sir qilishini hamda ushbu masalani o‘rganish sportchilarni musobaqaga tayyorlashda o'ta muhim ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlarda

  1. M.Gagayeva, S.M.Oya, Yu.Yu.Palayma, A.S.Puni va boshqalar tomonidan startoldi holatining asosiy turlari aniqlangan. Mazkur tadqiqotlarda startoldi holatlari alohida psixologik va fiziologik xususiyatlari bilan ajralib turishi qayd etilgan. Bu holatlar sportchining, ishchanligiga hamda musobaqalashuv sharoitlarida u amalga oshiradigan xatti-harakatlarining natijasiga ta’sir ko'rsatishi aniqlangan. Startoldi holatining 4 ta turini alohida ajratib ko'rsatish mumkin: .

  • Startoldi lixoradkasi

  • Startoldi apatiyasi

  • Jangovor holat

  • Xotirjamlik holati


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin