Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə29/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Startoldi apatiyasi. Ushbu holat startoldi lixoradkasining tamoman teskarisi bo‘lib, unda quyidagi xususiyatlar kuzatiladi:

  1. qo‘zg‘aluvchanlikning susayishi. Odatda bu holat barcha psixik jarayonlarning o‘ta bo‘shanglik bilan bajarilishida va ba’zan hatto uyqusirash holatiga tushish tarzida namoyon bo'ladi;

  2. musobaqada ishtirok etish xohishining yo‘qligi;

v) astenik kayfiyatning paydo bo'lishi, kuchsizlanish, idrok, diqqat, tafakkur va boshqa jarayonlar sur’ati va hajmining pasayishi.
Startoldi apatiya holati fiziologik jihatdan bosh miya qobig‘idagi qo‘zg‘atuvchi jarayonlarning pasayishi va tormozlovchi jarayonlarning kuchayishi bilan bog'liq bo‘ladi.
Bunga sabab sportchining o‘ta charchaganligi yoki me’yordan ortiq mashq qilib yuborganligi hambo‘lishi mumkin. Agar sportchida yuqorida aytilgan holatlar kuzatilmagan bo‘lsa, bu holatni bartaraf etish uchun xuddi startoldi lixoradkasida qoilangan usullardan foydalanish mumkin. Faqat ularning aksini qilish lozim boiadi.

  1. Jangovor tayyorgarlik holatiga quyidagilar xosdir.

  1. oldinda turgan musobaqaga butun diqqatning jalb etilishi, diqqat hajmining oshishi;

  2. sportchi o‘z kurashida nimani hisobga olish kerakligini va qanday usullardan foydalanishi kerakligini juda yaxshi eslab qoladi va biladi;

v) ushbu holatda sportchining harakatlari, reaksiya vaqti va unda kechayotgan psixik jarayonlarining tezlashuvi yuz beradi;
g) sportchida yuqori darajadagi irodaviy zo‘r berish qobiliyati kuchayadi.
Jangovor holatning fiziologik asosi sportchi organizmining barcha tizimlari jismoniy ishchanlik qobiliyatining umumiy ko‘tarinkiligi, qo‘zg‘alish va tormozlanish asab jarayonlarining optimal holatda bo‘lishidan iboratdir.
Ja ngovor holat yuqori darajada mashqlangan, yaxshi tayyorlangan va musobaqalarda ishtirok etish bo‘yicha katta tajribaga ega bo'lgan sportchilarga xosdir.


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin