Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Sport mahoratiga erishish bosqichi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə25/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Sport mahoratiga erishish bosqichi
Sportchining mahorati oshib borgani sayin, unda yangi intilishlar (motivlar) paydo boia boradi. Ular orasida quyidagilarni alohida tilga olib o‘tish mumkin: mashq qilish va sportdagi takomillashuvning ilmiy asoslarini chuqur o'rganishga intilish, ma’lum sport texnikasi va taktikasini jiddiy va puxta o‘zlashtirish va ular ustida ishlash; jismoniy jihatdan yuqori ishchanlik darajasiga erishish; jang olib borishning nozik sirlarini egallash; mamlakatning terma jamoasiga a’zo bo‘lish; respublika va xalqaro musobaqalarda yuqori sport natijalarini qo‘lga kiritish; xorijiy mamlakatalarda Vatanining sha’nini himoya qilish; o‘z tajribasini jamoadoshlariga o‘rgatish va hokazolar.
3.5. Sport motivlarining individual xususiyatlari
Motivatsiya jarayonlariga oid ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirar ekan, taniqli psixolog Yu.Yu.Palayma sport faoliyatiga nisbatan quyidagi to‘rtta motivatsiya guruhlarini alohida ajratib ko‘rsatadi. Birinchi guruhni muallif, shartli ravishda “individualistlar” (individualistik motivlar) deb ataydi va ushbu guruhdagilarga xos bo‘lgan kishilardagi motivlarning mazmunida tor shaxsiy manfaatlar ustunlik qiladi. Ikkinchi guruh shartli ravishda “kollektivistlar” (kollektivistik motivlar) deb ataladi. Mazkur sportchilarning motivlarida kollektivning, guruhning manfaatlari bilan bog'liq motivlar ustuvordir, individualistik motivlar esa ustun motivga tobe bo‘ladi. Sport faoliyati amaliyoti shuni ko'rsatadiki, sportchilarda ushbu har ikkala motiv teng darajada shakllangandagina, sport yutuqlarini qo‘lga kiritish uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. Uchinchi guruhni muallif “protsessual motivlar” deb ataydi. Ushbu guruhga mansub sportchilar uchun sport natijalari emas, balki mashg‘ulot jarayonlarining o‘zi muhimdir, ya’ni ularning sport libosida yurishlari, sport jamoasi orasida ekanliklari va hokazolar. To'rtinchi guruh esa “natijaviy motivlar”ni muhim deb hisoblovchi sportchilardan tarkib topgan bo‘lib, ular uchun ko‘proq sport natijalarini qo‘lga kiritish bosh masaladir.
Shuningdek, olimlar muvaffaqiyatga erishish va mag‘lubiyatdan qochish motivatsiyalarini farqlaydilar.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin