Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə26/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi sport yutuqlarini qolga kiritish va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan munosabat bilan bog‘Iiqdir. Masalan, muvaffaqiyatga erishish borasidagi yuqori darajadagi motiviarga ega gimnastikachi qizlar, yaxshi anglangan mar;sadga ega boiganlar, ular nafaqat yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish va sport musobaqalarida yetakchilik qilishga intilganlar, balki ayni paytda yaxshi rivojlangati mas’uliyat hissiga ham ega bo‘lganlar, ya’ni o‘z murabbiylari, jamoadosh do‘stlari oldidagi javobgarlikni ham his etganlar. Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasiga ega sportchilar odatda boshqalarga nisbatan ancha faolroq bo'ladilar, ular huda-behuda hayajonlanavermaydilar, o‘z kuchlariga, zarur paytda barcha imkoniyatlarini muvaffiqiyatni qo‘lga kiritishga safarbar eta olishlariga ishonadilar. Sport musobaqalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritishni birinchi vazifa deb bilmagan gimnastikachi qizlarda esa, aksincha o‘zlarining aniq maqsadlariga ega emaslik; shu sababli ularda ko‘proq sport bilan shug'ullanishdan ko‘zlangan umumiy motivlar kuzatiladi ya’ni, o'ziga xos sport turi bo‘lgan gimnastikaga nisbatan muhabbat, mashg'ulotlar jarayonida undan estetik zavqlanish va hokazolar. Yuqori malakali sportchilarda muvaffaqiyatga erishish motivi o‘rtacha darajadagi sportchilariga nisbatan kuchliroq va yorqinroq namoyon boladi.
Muvaffaqiyatga erishish motivi bilan bir qatorda mag lubiyatdan qochish motivini ham alohida ajratib ko'rsatiladi. Agar ayrim sportchilarda muvaffaqiyatga erishish motivi ustunlik qilsa, boshqalarida - muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi yetakchilik qiladi. Sportchi ketma-ket omadsizliklarga uchrasa, sportchida omadsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik, g‘alaba uchun xavfsirash, g‘alaba qilishga shubha bilan qarash kabi motivlar paydo bo‘ladi. Agar bunday holatlar tez-tez takrorlanib turadigan bo‘lsa, sportchida mag‘lubiyatdan qochish motivi shakllanib, u quyidagilarda namoyon bo‘ladi: o‘ziga ishonmaslik, xatti-harakatlaridagi himoya xususiyatlarining bo‘rtib ko‘rinishi, hujumga o‘tish bilan bog'liq vositalarni o‘zlashtirishda faollikning susayishi va hokazolar.
Yuqori malakali sportchilarda muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji muvaffaqiyatsizlikdan qochish istaklaridan ko‘ra ikki baravar kuchliroq namoyon bo‘ladi. Motivlarning bunday munosabatda ekanligi, bir tomondan sportchilarni muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish uchun yuqori darajadagi faollik ko‘ rsatishga da’vat etsa, ikkinchi tomondan yuz berishi mumkin bo‘lgan omadsizliklarning oldini olish choralarini ko‘rishga majbur qiladi. Mavsumning o‘ta mas’uliyatli musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarda, muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi, o'z imkoniyatlari darajasidan pastroq natijalarni ko'rsatgan sportchilarga nisbatan kamroq namoyon bo‘ladi. Bundan, ehtimol mazkur motivning faollashuvi, sportchilarning o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlariga xalaqit beradi, degan xulosaga kelish mumkin.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, motivlar nafaqat sport bilan shug'ullanishga da’vat etuvchi omillardir, balki ayni paytda sportchilar xatti-harakatlarini boshqarishning ham eng kuchli va o‘ta muhim vositasidir. Shu boisdan sport murabbiylari, sport bilan mashq qiluvchilarning motivlarini har tomonlama sinchkovlik bilan o‘rgamshlari zarur. Sport murabbiysi o'z qo‘l ostidagilarning sport bilan shug‘ullanishi motivlarini bilishi amaliy jihatdan nihoyatda muhim. Zero, motivlarni bilishi orqali murabbiy sportchining o‘quvva mashg‘ulotlar jarayonidagi faolligini oshirishi, uning musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladigan ayrim ma’naviy va irodaviy sifatlarini takomillashtirishi mumkin bo‘ladi.
Ko‘plab psixologlarning tadqiqotlariga ko‘ra (P.A.Rudik,

  1. S.Puni, Yu.Yu.Palayma va boshqalar) motivlar o‘z tabiatiga ko‘ra barqaror bo‘lmaydi, ya’ni ular turli omillar ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Masalan buomillarga: shaxsiy xarakterdagi omillar, maishiy omillar, ijtimoiy omillar, muloqot jarayonlari va hokazolarni kiritish mumkin. Shu sababli ham, sportchilardagi motivatsiyani doimiy boshqarib turish sport murabbiylari o‘z shogirdarini psixologik jihatdan tayyorlashlarida ular faoliyatining eng muhim qismlaridan biridir.

Yuqorida bayon etilganlardan, sportchilar shaxsining qaror topishi va shakllanishida motivlar nihoyatda muhim rol o'ynaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Murabbiylar uchun sportchining ushbu sport turi bilan shug'ullanishga majbur etadigan motivlarni aniq bilishlari o‘ta zarur. Shuningdek, sportchilarning ehtiyojlarini qondira oladigan vaziyatlarni modellashtirish ham talab etiladi. Murabbiyning sportchilarni motivatsiya jarayonlaridagi o‘z o'rnini to‘la idrok etishi ham o‘ta muhimdir. Murabbiy sportchilarning sport mashg‘ulotlariga nisbatan motivlarini doimiy ravishda kuzatib borishi, zarur hollarda esa ularga o‘zgartirish kiritishi lozim. Ushbu maqsadlarda quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi:

  1. Qo‘l ostidagilarni kuzatish orqali, ularga nima yoqishi va nima yoqmasligini aniqlash.

  2. O’quvchilarning motivlarini yanada aniqroq bilib olish uchun, o‘quvchini yaxshi biladigan boshqa kishilar, o'qituvchilar, uning do‘stlari, oila a’zolari bilan muloqotda bo‘lish.

  3. Mashg‘ulotda shug'ullanuvchilardan ularning mazkur sport turi bilan shug‘ulanishining cabablari to‘g‘risida so‘rab turish.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin