Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə67/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Davomiylik jismoniy sifatlarning eng variativ elementi bo‘lib, u sportchi tanasining ayrim qismlari va umuman butun tanasining fazodagi bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish vaqti bilan o‘lchanadi. Sportda ayrim xatti-harakatlar juda qisqa vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi, bu esa harakatlar tezligi to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyatini beradi.
Harakatlar sur’atining eng asosiy belgilaridan biri bajari- layotgan xatti-harakatlarning muayyan vaqt oralig‘idagi qayta takrorlanish qonuniyatining mavjudligidir. Harakat ritmi amalga oshirilayotgan xatti-harakat tarkibiga kiruvchi va bir maromda takrorlanib turuvchi ayrim harakat aktlari yoki qismlarining mavjudligi bilan ajralib turadi.
Kuch jismoniy sifatlarining asosiy mohiyatini sportchining muayyan mushak kuchi bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatlari tashkil etadi. Kuchning paydo bo‘lishiga misol sifatida sportchining shtangani ko‘tarishdagi, biror-bir maxsus asbobni siqishdagi, ezg‘iiashdagi, burashdagi, tortishdagi hamda itarishdagi xatti- harakatlarini keltirish mumkin. Yuqorida sanalgan barcha harakatlar kuchning yuzaga chiqishini o'rganish obyektlari hisoblanadi. Kuchning jismoniy sifatidagi asosiy tarkibiy elementi — bu xatti- harakatni muvaffaqiyatli ta'minlovchi mushak zo'r berishidir. Kuchning jismoniy sifatlari tarkibiga maksimal, taqsimlangan va dozalangan mushak zo‘r berishlari kiradi. Mushak zo'r berishining birinchi guruhida mashg'ulotda ishtirok etganlar o'zlarining bor kuch-imkoniyatlarini namoyon qiladilar. Mushak zo‘r berishining bu guruhini ongli ravishda boshqarish nihoyatda qiyin, chunki u har bir sportchining funksional imkoniyatlari doirasi bilan cheklangan. Ikkinchi guruhga eng yuqori zo‘r berishning muayyan qismigina namoyon bo‘ladigan mushak zo‘r berishlari kiritiladi. Bu kuchning 3/41 '/2, ‘/4 qismi ishlatilgan holda amalga oshiriladigan ishlardir.

  1. guruhga mushak zo‘r berishlarining ular yuzaga kelishidagi tafovutlarni qat’iy ravishda inobatga olishni taqozo etuvchi mushak zo‘r berishlarini kiritish mumkin. Ular to‘pni aniq uzatishni, qilichbozlik asbobini siqishni va hokazolarni ta’minlaydi. Chidamlilik jismoniy sifatining mazmuni biror-bir xatti-harakatni uzoq vaqt, ular samaradorligini tushirmagan holda bajarishdan iborat. (masalan, uzoq davom etadigan yugurish, gilam ustidagi jang va hokazolar).

Odatda kuch, tezlik va tezlik-kuch chidamliligini alohida ajratib ko‘rsatishadi. Epchillik jismoniy sifati sportchining yangi xatti-harakatlarni o‘zlashtirish qobiliyati, shuningdek, o'zitiing harakatlanish faoliyatini o‘zgaruvchan shart-sharoitga muvofiq tarzda qayta qura olish qobiliyatida ifodalanadi.

  1. Jismoniy sifatlarni bilish (anglash)ning o‘ziga xos jihatlari

Jismoniy sifatlarni anglash va ularni ixtiyoriy tarzda boshqara olish qobiliyati tarbiya jarayonida shakllanadi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash deyilganda, har bir jismoniy sifatga tegishli imkon qadar ko‘proq strukturaviy elementlarning ong, ya’ni idrok etish faktiga aylantirilishidan iborat maxsus pedagogik jarayon tushuniladi.
Jismoniy sifatlarning ong, ya’ni idrok etish faktiga aylantirilishi muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Jismoniy sifatlarni anglashning eng umumiy talablariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • har bir jismoniy sifatdagi eng muhim elementlarni ajrata olish. Masalan, tezlikning elementlari bo‘lib keskin harakatlar, harakatning sur’ati va ritmi xizmat qilsa, kuchning elementlari — turli dinamik va statistik zo‘r berishlar hisoblanadi.

  • jismoniy sifatlarning ayrim elementlariga alohida diqqatni qaratish (ayrim muskul guruhlarining zo'riqishiga, rivojlanib va o‘sib boruvchi zo‘r berishlarning davomiyligiga, zo‘r berishlarning tezligiga va o'zini bo'sh qo‘yishning va hokazolarning tezligiga), binobarin, ayni shu yo‘l orqali bilish faoliyatida ishtirok etuvchi psixik jarayonlarning kuchayishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

  • berilgan jismoniy sifatlarni qayta amalga oshirish ularning aniqligini ko‘tarish uchun (turli idrok va sezgilar tufayli paydo bo‘ladigan signallar ko‘rinishidagi) qo‘shimcha mo‘ljal- belgilar(oriyentir)ni qidirish.

  • jismoniy sifatlarning maksimal darajada namoyon bo‘lishi uchun o‘z-o'ziga buyruq berishdan foydalanish.

  1. Jismoniy tayyorgarlikda psixik omillarning yo‘naltirilganiigi

Jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadi sportchilardagi tezlik, kuch va epchillik kabi asosiy jismoniy sifatlarni takomillashtirishdan iborat. Epchillik eng murakkab sifatlardan biri bolib, uning tarkibida ayni bir paytda kuchning, tezlikning va chidamlilikning parametrlari mavjud. Ushbu xususiyat bajarilayotgan xatti-harakatning xarakteriga ko'ra namoyon bo'ladi, shuning uchun u birinchi galda, texnik tayyorgarlik bilan bog'liq bo'ladi, shu boisdan ham epchillik haqida gap ketganda, avvalo sportchilarning texnik tayyorgarligi xususida gapirish lozim bo'ladi. (V.F.Sopov).

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin