Tavsiya etiladigan adabiyotlar: Гаппаров З.Г. Психологическая подготовка футболистов. Учебник «Футбол», гл. 6, под общей ред. Р.И.Нуримова, Ташкент, 2005, 238-269 с.
Гиссен Л.Д. Время стрессов. - М.: ФиС, 1990.
Горская Г.Б., Основы индивидуализации психологической подготовки спортсменов. Краснодар, 1983.
Малкин В.Р. Управление психологической подготовкой в спорте. Екатеринбург, Изд. Уральского университета, 2001
Родионов А.В.Психофизическая тренировка. - М.: ДАР, 1995
Родионов А.В. Практика психологии спорта, Ташкент, « Лидер пресс», 2008.
12-BOB. SPORTCHINI IRODAVIY TAYYORLASH Sportchini irodaviy tayyorlash haqida umumiy tushuncha
Musobaqalarga psixologik tayyorlash tizimida sportchining irodasini rivojlantirish, ya’ni uning irodaviy tayyorlanishi muhim o‘rin tutadi. Buning boisi shundaki, musobaqa jarayonidagi kurashlar, g‘alaba uchun kurash, shuningdek rekord o‘rnatish borasidagi xatti- harakatlar sportchidan vaqt va fazo, sport uskunalarining vazni va qarama-qarshiligi, o‘z tanasining vazni va inersiyasi, raqibining bevosita yoki bilvosita qarama-qarshiligini yengib o‘ta bilishini talab etadi. Yuqorida aytilganlardan tashqari sportchi avvalo o‘zini yengishi zarur. Bunga esa faqat sportchi holati va faoliyatini irodaviy o‘z-o‘zini boshqarish orqali erishiladi. Iroda aqlning va ma’naviy tuyg‘ularning faol qismi sifatida insonga o‘z xatti-harakatini o‘zi boshqarishida yordam beradi. O’z
o‘zini idora qila bilish bu insonning tabiatan in’om etilgan fazilati bo‘lmay, uni ham o'rgatish kerak. Irodaviy tayyorgarlik deyilganda nimalarni tushunish kerak?
Irodaviy tayyorgarlik — bu sportchiga kuchli zo‘riqish sharoitida kechadigan sport bellashuvi chog‘ida unga o‘ta zarur bo'ladigan, doimiy fazilat sifatida irodaviy sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida uning o‘y-xayollari hamda tuyg'ulari, xatti- harakatlariga maqsadli tarzda ta’sir ko'rsatish jarayonidir. Garchi irodaviy tayyorgarlik haqida aksariyat holda alohida so‘z yuritilib, u haqda ko‘p yozilsa-da, u sport tayyorgarligining alohida yoki mustaqil bo‘limi emas. Zero, irodaviy tayyorgarlik ham texnik, taktik, jismoniy, nazariy tayyorgarliklar va musobaqalar sharoitida amalga oshiriladi. Yuqorida bayon etilganlardan ko'rinib turibdiki, irodaviy tayyorgarlikning markaziy masalasi bu sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirishdan iboratdir. Quyida biz bu haqda yanada batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.