Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Tabiiy eksperiment laboratoriya tajribasidan farqli o'laroq, tajriba sinoviga jalb etilganlar uchun odatiy bo'lgan shart-sharoitlarda o‘tkaziladi. Tabiiy tajriba davomida inson faoliyatining tabiiy mazmuni saqlanib qoladi (o‘yin, o‘qish, mehnat). Tajribaning bu turi ham tajribaviy natijalarning barcha jihatlarini o‘zida saqlab qoladi. U tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifadan kelib chiqib tajribaga jalb etilgan kishida yuz beradigan psixik jarayonlar davomida unga tajriba o‘tkazuvchining faol aralashuviga asoslangan. Tajribaning bu turi o‘rganilayotgan voqea-hodisani oddiy kuzatishda aniqlashdan farqli o‘laroq, zaruriy takrorlarga va rejali o'zgartirishlarga kengroq yo‘l beradi.
Tabiiy eksperimentda laboratoriya sharoitlarida tashkil etish qiyin bo‘lgan vazifalar hal etiladi.
Suhbat usuli. Ushbu usul sinovga jalb etilganlar shaxsining ichki dunyosini (ularning e’tiqodini, intilishlarini, jamoaga nisbatan munosabatini) aniqlashtirishdagi eng asosiy usuldir. Ushbu usul tadqiqotchini qiziqtiruvchi savollar bo‘yicha unga javob berayotganlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan erkin va samimiy suhbatdan iboratdir. Bunda suhbat tergovga aylanib ketmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. .
Suhbat jarayonida to'planadigan obyektiv material albatta og'zaki nutq shaklida boladi. Tadqiqotchi o'rganilayotgan voqea- hodisa to‘g‘risida o‘z suhbatdoshining nutqiy reaksiyalari, ya’ni aks ta’sirlari asosida hukm chiqaradi.
Ushbu uslubni to‘g‘ri tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur bo'ladi:

  • tadqiqotchining tajribaga jalb etilganlar bilan suhbatdan avval ham shaxsiy munosabatga ega ekanligi;

  • suhbatning puxta o‘ylangan rejasi mavjudligi. Reja suhbatda beriladigan savollarning shunchaki ro'yxatidan iborat bo‘lmasdan, balki suhbat materialini tashkil etuvchi vazifalar, muammolar tizimidan iborat boimog‘i kerak. Suhbat usuli nafaqat tadqiqotchi tomonidan savollar berilishini, balki tajribaga jalb etilgan shaxs tomonidan ham savollar berilishini ko‘zda tutadi. Sinovga jalb etilganlarning savollari orqali ham odatda juda noyob tadqiqot materiallarini qo‘lga kiritish mumkin. Suhbat turli shakllarda olib borilishi mumkin. Bu ishtirok etayotgan shaxslarning tarkibi, suhbat o‘tkazilayotgan shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi:

  • tadqiqotchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol bermasdan, balki o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni olish uchun har xil, mavzudan uzoqroq savollarni bera bilish qobiliyati. Zero, aynan shu yo‘l bilan sinovga jalb etilgan kishining muayyan ijtimoiy voqea-hodisalarga va hokazolarga nisbatan munosabatini bilish mumkin;

  • tadqiqotchining jonli suhbat chog‘ida o‘zini qiziqtirgan faktlarni aniqlashtira olish qobiliyati, hech bir bayonnomalarsiz yoki stenogrammalarsiz ularga oydinlik kirita olishga yordam beradi.

Suhbat bayonnomasi suhbat tugashi bilanoq hali uning taassurotlari so‘nmasdan tuzilishi kerak.
Faoliyat mahsulotlarini o'rganish usuli. Ushbu usul kishilarning qobiliyatlari va ko'nikmalari, ishga munosabati, ba’zan esa qobiliyatlari darajasi hamda bilimlarining hajmi kabi psixologik xususiyatlarni ochib berishga imkoniyat yaratadi. Ushbu usul nihoyatda ko‘p ma’lumotlar yig‘ishni, ularni tasniflashni hamda tizimlashtirishni taqozo etadi. Bunda kishilarning induvidual xususiyatlarini, ya’ni ularning yoshi, ijtimoiy ahvoli va hokazolarni inobatga olish zarurligini unutmaslik kerak.
Shaxsning psixologik xususiyatlarini tavsiflash uchun biografik usul ham nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu usulning nomidanoq uning mazmunini anglab olish mumkin. Kishining biografik ma’lumotlariga uning kundaliklari, xatlarini tahlil qiiish, boshqa shaxslarning u haqdagi xotiralarini to'plash va bir-biriga taqqoslash va hokazolar kiradi.
So‘rovnoma usuli. Ushbu usuldan foydalanishda savollarning aniq mazmunga ega bo‘lishi va ularni to‘g‘ri talqin etilishi katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi haqida ham batafsil yo‘riqnoma berilishi kerak. Olingan ma’lumotlar esa sinchkovlik bilan va sifatli tarzda qayta ishlanmog‘i lozim. Albatta olingan natijalar statistik jihatdan ham ishlab chiqilishi shart. Ushbu usul hajmiga ko‘ra juda katta ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi va ularning ishonchliligi “katta raqamlar qonuni” bilan tasdiqlanadi.

    1. Sportdagi psixodiagnostika usullari

Sport psixologiyasida yuqorida tilga olingan barcha usullar psixologiya fanining ushbu maxsus sohasi oldiga qo‘yilgan tadqiqot vazifalari xarakteridan kelib chiqqan holda o‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi. Shuni qayd etish kerak-ki sport psixologiyasida quyidagilar alohida ahamiyat kasb etgan:

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin