Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə7/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Ixtisoslashmagan testlar deb, laboratoriya sharoitlarida o‘tkaziladigan testlarga aytiladi. Ular sport faoliyatining umumiy psixologik mexanizmlarini tahlil qilishga yo'naltirilgandir.
Ko‘plab tadqiqotlar sportchiga ixtisoslashmagan ma’lumotni taqdim etuvchi trenajyerlardan foydalanishga asoslanadi. Masalan, o‘chayotgan lampalar kombinatsiyasiga, slayddagi tasvirlarga sportchi ushbu sport faoliyatiga xos bo'lgan harakatlar bilan javob beradi. Bu holatda gap yarim ixtisoslashgan uslublar haqida bo rad i.
Maxsus — spetsifik qo'zg'atuvchilar (shartli raqib yoki sherik) va sinovga jalb etilgan shaxsning spetsifik javob harakatlari (olingan ma’lumotlarning qayd etilishiga muvofiq) qoilaniladigan uslublar spetsifik ya’ni ixtisoslashgan uslublar deyiladi.

  1. Psixik jarayonlarni o‘rganish usullari

Umumiy psixologiya fanidan ma’lumki, psixik jarayonlar bu — ob’ektiv borliqning turli-tuman sub’ektiv ifoda shakllaridir. Odatda ular tarkibiga sezgilar, tasavvurlar, diqqat, xotira hamda tafakkur kabilar kiradi.
Sezgi va idrokni tadqiq etish usuli. Sportda sezgini o'rganish asosan ikkita maqsadni ko'zlaydi: sportchining sport qobiliyatlarini diagnostika qiiish va uning funksional holatiga baho berish. O’z mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi sport turlari sportchining ko‘rish, kinestetik va boshqa sezgilariga nisbatan turlicha talablarni qo‘yadi. Shuning uchun ham ulardagi interindividual farqlar sportdagi saralashga xizmat qiladi. Ayni paytda interindividual farqlar, masalan bir odamga xos bo'lgan sezgilarning absolyut dinamikasi va xilma-xilligi funksional holatning xarakteristikasi, ya’ni tavsifi bo'lib xizmat qilishi mumkin (charchash, mashq holatining pasayishi, start oldi lixoradkasi va hokazolar).
Propriotseptiv sezuvchanlikni tadqiq etishda turli shakldagi kinematometrlar (harakatni o‘lchash asboblari) va dinamometrlar (kuchni o‘lchash asboblari) dan foydalaniladi. Bunda sinalayotgan shaxs muayyan burchakni hosil qilishi (kinemotometrda) yoki berilgan miqdorga teng mushak kuchini qayta namoyon etishi kerak bo'ladi.
Diqqatni tadqiq etish usullari. Diqqatni tadqiq etish jarayonida uning sportchi funksional holatiga, u bajarayotgan faoliyatga, atrof muhitdagi sharoitga hamda sportchining o'tkazilayotgan tadqiqotlarga nisbatan munosabatiga va hokazolarga bog‘liq ekanligini hisobga olish zarur.
Shu sababli sportchilarning o‘z diqqat-e’tiborlarining buzilishi: diqqatni to‘plashdagi qiyinchiliklar, tez-tez chalg‘ishlari, parishonxotirliklari va hokazolar haqidagi shikoyatlariga alohida ahamiyat qaratish kerak. O’ta charchoqlik, mashqlangan holatlarni unutish, startoldi lixoradkasi aksariyat hollarda diqqatning buzilishi oldidan yuz beradi.
Psixologiyada diqqatni tadqiq etish uchun maxsus tajribaviy usullar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosan diqqatning alohida xususiyatlarini (diqqat hajmini, to'planganligini, barqarorligini va ko‘chuvchanligini) tadqiq etishga yo‘naltirilgandir.
Diqqatning hajmi odatda taxistoskopik usuli bilan tadqiq etiladi: sinovga jalb etilgan shaxsga qisqa muddatga (1 soniyaga qadar) katakchalariga oddiy tarzda tushirilgan rasmlari bor jadvallar ko‘rsatiladi (ular aylana, uchburchak, xochsimon belgilar va hokazolar bo'lishi mumkin). Diqqatning hajmi javoblar varaqasidan o‘rin olgan va to‘g‘ri joylashtirilgan eng ko‘p rasmlar soniga ko'ra aniqlanadi.
Diqqatning to‘planganligini, barqarorligini, jadalligini hamda ko‘chuvganligini baholash uchun maxsus korrekturali testlar qo‘llanilib, ular odatda, tasodifan bir qatorga tushib qolgan harflar, raqamlar yoki shakllar qatoridan iborat boladi. Sinovga jalb etilgan shaxs ular bilan oddiy aqliy amallarni bajaradi (ularni sanaydi, o'chiradi, kodlashtiradi va hokazo). Xatolar soni va amallarni bajarish tezligi sinovga jalb etilgan shaxs diqqatining miqdoriy xarakteristikasini chiqarish uchun xizmat qiladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin