Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Xotirani tadqiq etish usullari. Umumiy va amaliy psixologiyada xotirani olchashning ko'plab maxsus usullari mavjud. Shartli ravishda ular esda saqlab qolinadigan materialning modalligiga ko‘ra tasniflanishi mumkin (ko'rish xotirasi, eshitish xotirasi, propriore- tsiptiv xotira va hokazolar). Xotira turlariga ko‘ra (ixtiyoriy, beixtiyor, uzoq muddatli, qisqa muddatli va hokazo), mexanizmlarga ko‘ra (eslab qolish, saqlash, qayta tiklash, interferensiya va hokazolar).
Xotirani tadqiq etish sportchilarni tanlab olish va ularning psixik holatlarini diagnostika etishda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sport psixodiagnostikasida harakat xotirasiga juda katta etibor beriladi, chunki aynan shunday xotira sportchilardagi harakat malakalarning shakllanish tezligini belgilab beradi. Sport faoliyatining muvaffaqiyati uchun nihoyatda zarur bo'lgan mnemik sifatlar xotiraning ikkita turi bilan bog‘liqdir: uzoq muddatli va qisqa muddatli (operativ) xotira bilan. Sport mashg'ulotlari jarayonida va musobaqalarda to‘plangan tajriba uzoq muddatli xotirada saqlanadi. Operativ xotira yangi qabul qilingan ma’lumotni qisqa vaqtda saqlash uchun yoki uzoq muddatli xotiradan ajratib olingan ma’lumotni saqlash uchun joriy faoliyatda qo‘llaniladi. Masalan, o‘yin vaziyatlari tezkorlik bilan o‘zgarib turadi va ularning izchilligi sportchi tomonidan tezda baholanishi va vaqtincha uning xotirasiga joylanishi kerak, chunki sportchi ushbu harakatlarga nisbatan muayyan operativ harakatlarni amalga oshirishi (to'pni uzatishi) lozim.
Taffakumi tadqiq etish usullari.
Tafakkurning turli tomonlarini tadqiq etish uchun psixodiagnostikaning juda ko‘plab testlari mavjuddir.
Sport psixodiagnostikasi uchun operativ tafakkurni tadqiq etish alohida e’tiborga molikdir. Odatda buning uchun “Beshlik o‘yini”dan foydalaniladi. Mazkur o‘yin keng ommalashgan “O’nbeshlik o‘yin”ning soddalashtirilgan variantidir. Ushbu o‘yin 2x3 hajmdagi maydonda o‘tkazilib undagi katakchalarga birdan beshgacha bo‘lgan sonlar yozilgan fishkalar erkin tartibda qo‘yilgan, bitta katak esa bo‘sh bo‘ladi. Bunda fishkalarni dastlabki holatdan boshqacha holatga, ya’ni topshiriq bo‘yicha o'zgartirish talab etiladi (masalan, barcha fishkalar tartib bilan turishi, o‘ng tomondagi pastki maydon ochiq turishi kerak bo‘lgan holatga keltirish) bunda operativ tafakkurning, ya’ni tezkorlik bilan fikrlash samaradorligining darajasi va foydalanilgan strategiyalar baholanadi.
A.V.Rodionov tomonidan (1973y.) sport psixodiagnostikasida qo‘llash uchun ushbu uslubning “Uchlik o‘yin” nomi bilan mashhur bo‘lgan varianti tavsiya etildi. Ushbu modelda o‘yin maydoni 5 ta turli ranglarga bo‘yalgan kataklardan iborat bo‘ladi. O’yin shartlari sifatida 3 ta rangli fishkaning o'zaro joylashuviga ko‘ra dastlabki holati olinadi. Barcha besh holatda ham oldga qo‘yiladigan maqsad aynan bir xil bo‘ladi: sinovdagi shaxs fishkalarni “ruxning yurishi” uslubida joyini almashtirib ularning barchasini o‘zining rangidagi maydonga modelning yuqoridagi qismiga qo‘yishi kerak. Rangli fishkalar va maydonlardan qo‘llanish sinalayotgan shaxslarning raqamlarini tezkorlik bilan ajrata olish qobiliyatlarini farqlashga imkoniyat beradi. Sportchining operativ tafakkuri uning voqelikni tuyg'ulari vositasida idrok etishi va ularga mos qarorlar qabul qila olishiga asoslanadi. Shuning uchun ham biz ko‘rib chiqayotgan uslubda shunday bir o‘yin vaziyati yuzaga keltirilgan-ki, uni baholash uchun ob’ektlarning tashqi xarakteristikasini idrok etishning o‘zi kifoyadir (ushbu holatda fishkalarning va o‘yin maydonining ranglarini idrok etish).
Fishkalarning holati bilan o‘yin maydonining holati o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni idrok etish asosida sinovdagi shaxs vaziyatning strukturasini (tuzilishini) baholaydi va mavjud strukturani topshiriqqa muvofiq qayta tashkil etish bo‘yicha qaror chiqaradi. Bunda operativ tafakkur mexanizmi sportchilardagi taktik tafakkurdagi mexanizm bilan bir xil bo‘ladi.
Dastlabki holat shunday tarzda tanlab olingan edi-ki, toki unda masalani hal etishning maksimal darajadagi ko‘p yo‘llari mavjud bo‘lsin, eng qisqa yo'li esa unga parallel (samaradorligi biroz pastroq) bo‘lgan boshqa bir yo‘l bilan yondosh bo‘lsin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin