Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə12/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Loyihaviy testlar.
Shaxsga oid loyihaviy testlarni 3 ta asosiy xususiyati ajratib turadi:

  1. Vazifalarni bajarishda hech qanday cheklashlarning yo‘qligi (bunda javoblarning cheksiz, xilma-xil bo‘lishiga ruxsat beriladi);

  1. Topshiriqlarning neytralligi, ya’ni sinovga jalb etilgan tekshiriluvchilar uchun noxush bo‘lmasligi (buning uchun barcha topshiriqlar mavhum va noaniq shakllarda beriladi);

  2. Test materialining noaniq ko‘p manoli boiishi.

Loyihaviy testlar qatoriga tematik appersevtiv test, Rorshax testi
hamda Rozetsveygning rasmli — frustratsion testlari kiradi.
Tematik appersevtiv test (TAT ular ichida eng mashhuridir, mazkur test Garvard universiteti olimlari K.Morgan va

  1. G.Myurreylar tomonidan ishlab chiqilgan (1935-yil). Asl nusxasida TAT 30 ta rasmdan iborat bo‘lib, uning bir qismi turli suratlardan, fotosuratlardan olingan reproduksiya bo‘lsa, ikkinchi qismi psixologlarning maxsus buyurtmalari bo‘yicha chizilgandir. Bundan tashqari test materiallari tarkibiga oppoq karta ham kiritilgan bo‘lib, unda sinov ostidagi kishi o‘zi istagan tasvirni tasavvur qilishi mumkin. Ushbu to‘plamdan sinov ostidagi kishiga ketma—ket tarzda 20 ta karta taqdim etiladi, shundan 10 tasi hammaga tavsiya etiladi, qolganlari sinovga jalb etilganlarning jinsi va yoshiga qarab tanlab olinadi. Sport variantida 10 ta majburiy suratlarda sport hayotiga oid voqealar ifodalangan: sport jamoasidagi mojarolar, sport murabbiysi bilan o‘zaro munosabatlar, musobaqaga oid vaziyatlar va hokazolar.

Test davomida sinov ostidagi shaxsga har bir surat bo‘yicha biror- bir hikoya to‘qish tavsiya etiladi. Bunda sinovga jalb etilgan kishi o‘z hikoyalarining qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmaganligi sababli (bu tasvirlarda go‘yoki oddiy hollar ifodalangan va ular, sinovga jalb etilganning hayotiga, muammolariga mutloqo dahli yo‘qdek tuyuladi), u savolnomani to‘ldirayotgan paytdagiga qaraganda o‘z javoblarini kamroq nazorat qiladi.
Hikoyalarni tahlil qilish va talqin etish borasida turli-tuman yondoshuvlar mavjud. Hikoyalarni talqin qilish sxemasini tanlash ko‘p jihatdan tajriba o‘tkazuvchining nazariy qarashlariga va tajribasiga bog‘liq bo'ladi. Sinovga jalb etilgan shaxsni uning o‘zi to‘qigan hikoyasi asosida tavsiflashda, uning bosh qahramonini ajratib olish, uning xarakterini tavsiflash shuningdek, u harakat qilayotgan muhitning o'ziga xos jihatlarini ham tavsiflash kerak bo‘ladi. Shuningdek, sinovga jalb etilganning hikoyasida qahramon

o‘zining xarakteridagi qaysi jihatlarni namoyish etganligi (g‘ayratlilik, qat’iyat, tajriba, professioriallik va hokazolar), uni qurshab turgan muhit qandayligi (unga xayrixoh, dushman, loqayd va hokazo), qahramonning o‘z maqsadiga borish yo‘li yengilmi yoki qiyinligi, uning qanday maqsadlarni tanlashi, oldidagi to‘siqlarga qanday munosabatda bo‘lishi, qanday sharoitlarda muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishi, omadsizlikka uchraganda o‘zini qanday tutishi, uning xatti- harakatlari qanchalar to‘g‘riligi, hikoyalardagi hayot realmi yoki xayoliy-fantastik ekanligi va hokazolarga e’tibor berish nihoyatda muhimdir.
Rozensveygning rasmli — frustratsion testi kishining frustratsion bag‘rikengligini, ya’ni uning psixik moslashuvchanligini buzmasdan turib, frustratsiyani his etish qobiliyati, ya’ni uning hayotiy to‘siqlarni munosib tarzda baholay olish qobiliyati, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘lni topa bilish qobiliyatini o‘lchashga mo‘ljallangan. Mazkur rasmli

  • frustratsion testning muallifi bo‘lgan S.Rozensveyg insondagi frustratsion bag‘rikenglikning ham uning shaxsiy xususiyatlari tarkibiga kiritadi. Ushbu olimning tadqiqotlari sport psixologiyasi uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Testni bajarar ekan, sinovga jalb etilgan shaxs frustratsiya vaziyatida berilgan 24 tasvirga i

og‘zaki javob berishi kerak bo‘ladi. Barcha loyihaviy testlarda bo'lgani kabi bunda ham sinalayotgan shaxsning tasvirlarga munosabat bildirayotganida faqat o'ziga xos bo‘lgan xatti-harakatlarni xuddi hayotdagidek haqqoniy bajarishini ko'zda tutadi.
Frustratsiyaga reaksiya bildirish hamda uning oqibatlarini tugatish usullari sportchining xatti-harakatlarini prognozlashti- rishda, ya’ni bashorat qilishda juda katta ahamiyatga egadir. Chunki bu holat stresslarni keltirib chiqaruvchi ta’sirlarga nisbatan uning individual xususiyatlarini ochib beradi.

  1. Psixik holatlarni diagnostika qiiish usullari 1. Psixik holat darajasini o‘lchash usullari

Sport amaliyotida psixik holatlarni diagnostika etishning ikkita nisbatan mustaqil yondoshuvi qo'llaniladi: bular faoliyatga oid yondoshuv va sub’ektiv yondashuvlardir.
Faoliyatga oid yondoshuvda diagnostika biror-bir isHni bajarilishining tavsifiga ko‘ra amalga oshiriladi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun diqqatni, xotirani, tafakkurni, psixik funksiya va hokazolarni baholash kabi istalgan bir testdan foydalanish mumkin. Ular yetarli darajada samarali bo‘lib ob’ektiv psixologik usullar orasida psixik holatni diagnostika qilishning eng asosiy quroli, ya’ni vositasi hisoblanadi.
Sub’ektiv yondoshuvda psixik holatni baholash uchun sub’ektiv hissiyotlarni tahlil etishga yo‘naltirilgan bir guruh usullardan foydalaniladi. Aksariyat aniq, ya’ni muayyan usullar ushbu maqsadda o‘z-o‘ziga hisob berishni qo‘llaydi. 0’z-o‘ziga hisob berish usulining keng ommalashishi sababi shundaki, bu usul ma’lumot olishning eng arzon va qulay usulidir. Zero, bu jarayonda maxsus apparatlar talab etilmaydi, shuningdek ma’lumot to‘plashning jamoaviy shakllaridan ham foydalanish imkoniyati mavjuddir. Bu esa o‘z navbatida qisqa vaqt ichida ko‘plab sinovga jalb etilganlarni tadqiq etishga imkon beradi.
Ch.D.Spilbergerning reaktiv vahimalilik shkalasi. Ushbu usul u yoki bu stress vaziyatida anglangan vahimalilik darajasini o‘zini o‘zi tezkorlik bilan baholash uchun qo‘llaniladi.
Vahimani o‘zi baholash shkalasi (Ch.D.Spilberger, 1976 y.)





Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin