Naqshbandiya tariqatining mohiyatini belgilaydigan asosiy talablar: 1. Hush dar tam - tiriklik nafasda. Ichkaridan chiqayotgan har bir nafas ogohlik va huzur yuzasidan bo’lishi, unga g’aflat kirishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
2. Nazar bir qadam, yahni nazar qadamda. Solih yo’l yurganida uning nazari doimo oyoq panjalarida bo’lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin degan mahnoni beradi.
Safar dar vatan - Solih odamiylikning tabiatida
safar qilsin, yahni yomonliqdan yaxshilik tomon yursin degani.
Bunga G’ijduvoniy yana 4 aqidani qo’shadi: Edkard- bu til va dil zikri, yahni «Lo iloha illollohu Muhammadur Rasululloh»ni uch marta dilda aytish.
Bozgasht - har xil fikrlardan xalos bo’lish, tashqi olamdan ajralishga intilish.
Nigohdasht - xayo’lni boshqa narsalarga bo’lmaslik. Bunda xayo’l quvvati, o’z amalidan qolish malakasi hosil bo’ladi.
Yoddasht Alloh bilan doimo birga ekanligidan zavq
olishdir. Yoddasht hosil bo’lganda Haq muhabbati ko’ngilni
qamrab oladi, huzur baxsh etadi.
Bunga Naqshband, o’z navbatida, quyidagi uch talabni qo’shadi: 1. Vuqufi zamoniy - hamma vaqt Allohga shukronalik va uzr aytmoqdan voqif bo’lish.
2.Vuqufi adadiy - «Lo iloha illolloh» kalimasini
ko’p aytish emas, balki haqiqatni anglash va zikr toq sonni
tashkil etishiga e’tiborni berish.
3. Vuqufi Qalbiy - aytilgan zikrdan qalbning to’liq ogoh bo’lishi.
Nazorat uchun savol lar 1. Musulmon maktablarida ta’lim tizimi va mazmuni qanday edi?
2.Qur’oni Karimda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar haqida so’zlang.
3. Hadis ilmida qaysi davr “Oltin davr” deb nom oldi.
4. “Hadim” va “Sunna” tushunchalarining mazmunini so’zlab bering.
5. Hadislarda ilgari surilgan axloqiy tamoyillarni daftaringizga yozib chiqing.
6. So’fiylik ta’limotining jadvalini tuzing va uning asosiy suluklarining mahnosini tushuntirib bering.