6-rasm. Та`lim metodi tuzilmasi
Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib: faoliyatli tarkib: ta’lim vositalari.
O’qitish metodlari xarakteriga ko’ra ikki tomonlama ko’rinishga ega. U:
A.axborot va boshqaruv;
B.o’qish, o’rganish, o’rgatish, nazorat va o’z-o’zini nazorat
qilish vazifalarini bajaradi.
Har bir metod qator elementlardan iborat bo’lib, ular usullar deb ataladi va u ushbu metodning foydali ish koeffitsientini, uning samaradorligini oshiradi.
Masalan, mashq metodida o’quvchi bajargan ishlarni tahlil etish, xatolarni ko’rsatish va h. k. Bu o’rinda mashq - bu metod; tahlil etish, xatolarni ko’rsatish usullardir.
Demak, metod qator samarali usullar yig`indisi o’laroq, bir qator didaktik vazifalarni bajaradi: yangi material bilan tanishtiradi, bilim va ko’nikmalarni egallash, ularni mustahamlash, amaliyotda qo’llash o’eratsiyalarini bajarishda qo’llaniladi.
O’qitish metodi hamma vaqt ikki muhim vazifani: boshqaruvchilik va ijrochilik vazifalarini bajaradi.
O’qitish metodida boshqaruvning o’ziga xos tomoni shuki, o’qituvchi boshqara borib, o’quvchi faoliyatining ichki va tashqi tomonlarini ham bilishi zarur.
Ko’pincha, o’quvchi faoliyatining tashqi tomoni (o’quvchi kuzatadi, o’qiydi, eshitadi, mahlum vazifalarni bajaradi) jarayonning ichki tomoni munosabatini bildirmaydi, o’quvchi faoliyatini anglash, tushunib yetish, unga bevosita ta’sir ko’rsatishda aniq namoyon bo’lmaydi.
Shu jihatdan qaralganda, o’qitish metodlari oldida jarayonning ichki mohiyati, sifat tomonlarini ko’ra bilish, o’quvchida faol, mustaqil faoliyatni uyg`ota olish, o’sha materialni o’zining ehtiyojiga aylantirish muammosi turadi. Buni hal etishning pedagogik mohiyati o’qitish metodlari oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’qitish metodlarining o’ziga xos yana bir tomoni o’quvchi munosabati, qarashlarining o’zgarib turishi bilan va, shunga ko’ra, jarayonni korrektsiyalash bilan bog`liq.
O’qitish metodlarining yana bir o’ziga xosligi bolani bilmaslikdan bilishga qarab yetaklay borib, keyinchalik uni mustaqil bilish faoliyatini tashkil etishga o’rgatib borishdadir. Xuddi shu masala o’qitish metodi oldidagi eng asosiy muammo hisoblanadi.
O’qitish metodlarining ta’sirchanligini oshirish uchun bir qator vositalar tizimixizmat qiladi.
Vosita deganda, o’quv jarayonini jihozlashga, uni takomillashtirishga, ta’sirchanligini oshirishga yordam beradigan barcha narsa, hodisalar, ta’sir jarayonlari va boshqalar tushuniladi.
Masalan, kitoblar: (darslik, qo’llanmalar, programmalashtirilgan o’quv qo’llanmalari, daftarlar va h. k.); ko’rgazmali qurollar; maxsus jihozlangan kabinet, laboratoriya xonalarni; texnik vositalar; o’qituvchi obrazi va b. q. Bular kompleks holda u yoki bu metod samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |