Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə47/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Evristik va tadqiqotchilik metodlari o’quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishni taqozo etadi. Buning natijasida o’quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o’zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o’quvchilarining o’zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma`lum holatlarda qo’llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang`ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o’qituvchilarning fikrlariga ko’ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo’naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo’naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo’nalishdagi loyihalarni tayyorlash o’ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot-larni amalga oshirilgan.


4.O’qitish metodlarini o’rganishga funksional yondashuv: Hikoya, suhbat, maktab ma’ruzasi, munozara, kitob ustida ishlash.
1. Materialni og`zaki bayon qilish (hikoya, suhbat. tushuntirish. maktab ma`ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi.
2. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g`ri javob tayyorlashdan iborat.
O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi.
Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.

  1. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi).

Bilimlarni o’zlashtirish manbayi bo’lib bosma matn xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin