Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


O’quv faoliyatini rag`batlantiruvchi va qarashlarnichuqurlashtiruvchi metodlar



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə48/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

O’quv faoliyatini rag`batlantiruvchi va qarashlarnichuqurlashtiruvchi metodlar
Inson faoliyatining tuzilishini turlicha tadqiq etish shuni ko’rsatadiki, hamma vaqt unda motivatsiya komponenti zarurligi namoyon bo’ladi. Agar shaxsda kuchli, yorqin, chuqur bilim olishga ehtiyoj bo’lsa, har qanday faoliyat shu vaqtda samarali va sifatli natija beradi. Bu holatda shaxs har qanday qiyinchilik, to’siqlarni, murakkab vaziyatlarni ham yengib, maqsad sari intiladi. Xuddi shu narsa o’quv faoliyatiga ham tegishlidir. Agar o’quvchida o’qishga nisbatan ijodiy munosabat, bilim olishga kuchli intilish bo’lsa va u doimiy ehtiyojga aylansa, o’quv jarayonining natijasi yuqori bo’ladi. Buning uchun butun o’qitish metodlari boyligini nafaqat bilimlarni yetkazish, balki motivlarni chuqurlashtirishga ham sarflash kerak.
Rag`batlantiruvchi metodlarning asosiy ko’rinishlari ikki katta guruhga bo’linadi:
1. O’quvchilarda bilimga qiziqishni shakllantiruvchi metodlar.
2. O’qishda burch va masuliyatni oshiruvchi metodlar.
O’quvchilarda bilimga qiziqishni shakllantirish uchta majburiy holat bilan xarakterlanadi:
1.Faoliyatga nisbatan ijobiy hissiyot.
2.Ushbu hissiyotning bilish tomonlari.
3.Bevosita faoliyatning o’zidan chiqayotgan motivlar.
Bu o’rinda ilg`or o’qituvchilar axloqiy-hissiy tuyg`ularni uyg`otadigan usullarni qo’llaydilar. Hissiy tuyg`u, hayajonlanish, ruhiy qiynalish hissini uyg`otadigan holatlarni dars mazmuniga kiritish. Qiziqtiruvchi holatlarni yaratish. Masalan, fizikada, «Fizika hayotda», «Fizika ertakda», va b.q., yoki badiiy adabiyotlardagi obrazlar talqini.
Turli didaktik, qiziqarli o’yinlar holatini kiritish ham o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
Burch va masuliyat hissini uyg`otadigan metodlar turkum usullar yig`indisidan unumli foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Masalan, o’qitishning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish. Talablar qo’yish. Uni bajarish har bir o’zbekistonlik yoshning burchi ekanligini anglatish usuli: muvaffaqiyatli ishi uchun mukofotlash va bu o’rinda qilgan xizmatini davlat va ko’pchilik uchun ahamiyatini ta’kidlab o’tish;
Talablarning bajarilishini tezkor tarzda nazorat qilish va zarur holatlarda kamchiliklarni ko’rsatish va tuzatish yo’llarini aytib berish kerak.

6. Amaliy metod


O’qitish metodlarini optimal darajada tanlash bo’yicha bir nechta mashq
1-savol. Mavzuni o’rganishni o’quvchilarning mustaqil
ishi metodi orqali amalga oshirsa bo’ladimi?




Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin