Mumkin , agar:
|
Mumkin emas, agar:
|
• mazmun yetarli darajada sodda bo’lsa;
o’quvchi mustaqil ishlashga tayyor bo’lsa
|
• material o’ta murakkab bo’lsa;
• darslik bilan ishlashga o’quvchi tayyor bo’lmasa
|
O’qituvchi mustaqil ishlash metodini tanlaydi yoki boshqa metodni tanlashda davom etadi.
2-savol. Bu mavzuni tadqiqot metodi orqali o’rganishni tashkil etsa bo’ladimi?
Mumkin , agar:
|
Mumkin emas, agar:
|
• material o’rtacha murakkablikda bo’lsa;
• bu mavzuni o’rganish uchun muammoli tarzda muhokama qilishga vaqt bo’lsa;
• o’quvchi muammoli holatlarni yechishda mustaqil tayyorgarlikka ega bo’lsa
|
• material o’ta murakkab bo’lsa;
• o’quvchilarda muammoli holatni hal etishga yetarli bilim bo’lmasa;
• shu mavzu uchun ajratilgan vaqt muammoli vaziyatni hal etishga yetmasa
|
• Qiziqtiruvchi metodlar -bilish o’yinlari. Masalan,
o’yin sayohat, elektron viktorina.
Hayotiy holatlarni tahlil etish: tarix, jamiyatshunoslik darslarida. Masalan, ilmiy-texnika jarayoni sizning tuman, shahringizga qanday ta’sir ko’rsatdi? (tahlil
etish).
O’qishda muvaffaqiyatga erishish holatini yaratish. Bunda rag`batga muhtoj yoki qiynalib qolgan bolalarni murakkab holatdan olib chiqib ketish uchun unga kuchi yetadigan topshiriqlarni berib, keyinchalik topshiriqlarni murakkablashtirib borish.
5. Laboratoriva ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya`ni, ma`lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbayi kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o’rgatadi.
6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarining ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Bilimlar manbayi: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi.
O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
7. Ijodiy mashq. Ushbu metod o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, o’ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur anglash, uni bajarishga nisbatan mustaqil yondashish, dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi.
Bilimlar manbayi va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi.
O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishining ta`minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g`rilash kabi holatlarda namoyon bo’ladi1.
Keltirilgan tasnif «bilimlar manbayi» bo’yicha tizimlashtirilgan metodlar - og`zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o’zida mujassamlashtiradi. Biroq, M.A.Danilov va B.P.Yesipovlar asosiy e’tiborni «ta’lim metodini to’g`ri tanlash»ga qaratishadi. Gap shundaki, sobiq Sho’ro umumta’lim maktablarining o’quv jarayonida metodlarning cheksiz ko’pligi, xatto ularni bir necha tasnif bilan ham qamrab olish mumkin emasligi, shu boisdan ham o’quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili va eng muhimi to’g`ri, asoslangan metodni tanlash hisoblangan, Ana shu «g`oya» mohiyat jihatidan noto’g`ri bo’lishiga qaramay, o’n yillar davomida didaktika «rivoji»da muhim o’rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbayi bo’yicha ham, didaktik maqsadlar bo’yicha aniqlangan ta’lim metodlari tizimi maktab amaliyotining asosiy muammosini hal eta olmasligiga tanqidiy yondashildi, ularni qo’llash ta’lim sifatining yuqori darajasini ta`minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi.
Dostları ilə paylaş: |