Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə11/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

5. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma`lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma`lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:


1. Falsafa— shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g`oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni hal etishga imkon beradi.
2. Iqtisod— ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya— ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma`lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika – shaxs ma`naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma`naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g`oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.
5. Estetika— shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya— o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarining inobatga olinishi uchun boshlang`ich asoslarni beradi.
7. Gigiyena— o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to’g`ri shakllantirishda nazariy va amaliy g`oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya— shaxsda ma`naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy- irodaviy sifatlarni tarkib to’tirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix— pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g`oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik— o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib to’tirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar— shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g`ri rivojlanishini ta`minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin