Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Shaklanish va rivojlanish. Rivojlanish shartlari va omillari. Irsiyat va rivojlanish. Muxitni rivojlanishga tasiri



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə14/325
tarix29.12.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#78123
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Shaklanish va rivojlanish. Rivojlanish shartlari va omillari. Irsiyat va rivojlanish. Muxitni rivojlanishga tasiri.

Shaxsni shakllantirish – uning o’sishi, qandaydir yangi xususiyat va fazilatlarga ega bo’lish jarayonida. “Shakllantirish” tushunchasi “tarbiyalash” tushinchasiga nisbatan kengroq bo’lib, u shaxs va jamoaning tarkib topishiga ta’sir ko’rsatadigan hamma narsani, shu jumladan, maqsadga muvofiq jarayonlar (o’qitish, tarbiyalash, ta’lim berish)ni ham, maqsadga nomuvofiq jarayonlar (shaxs va jamoaning o’z ichki tabiati, atrofdagi kishilar, narsalar, tabiat hadisalari va hokazolarning ta’siri)ni ham o’z ichiga oladi. “Shakllantirish” va “tarbiyalash” tushunchalari jiddiy chegaralansa, insonni tabiat hadisalari tarbiyalaydi, deb bo’lmaydi. Insonni faqat kishilar tarbiyalaydi, tabiat hodisalari shaxsni shakllantirishi mumkin, ammo uni tarbiyalay olmaydi.
Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va iitimoiv omillarning ta`siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda.



Being due to the formation of the human bio social creatures, as well as the development of biological and social development, and a person at a certain stage of perfection. Man found a number of social, scientific-based forms of independent thought.Social Development - external and internal factors and qarilmaydigan a positive impact, and that the process of formation of the person. Human and social development of targeted education and training leading position.Educational activities - in order to meet the training needs of the society is based on the scientific development of human attributes and qualities of the implementation of the program, according to the plan, the generations to prepare a social activity.Educational process - teachers or tutors, students or schools between information and knowledge, training, decent, well functioning relations system.Pedagogical principles (principles) through the relationship between the teacher and the students of knowledge, size and content, as well as school supplies, and spiritual aspects of pupils necessary to follow the laws of origin correlates.
Teaching experience - education and training on the principles of pedagogy and education to the specific methods and the methods adopted and put into practice in real conditions and taking into account the uniqueness of each child to implement in practice

SHaxs shakllanishi — inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma’lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. Kishida bir qator ijtimoiy sifatlar tarkib topib, ilmiy asoslangan mustaqil fikr shakllanadi. Ijtimoiy taraqqiyot tashqi va ichki, boshqariladigan va bosh qarilmaydigan omillar bilan kishiga ijobiy ta’sir etish, ya’ni shaxsning shakllanish jarayoni. Insonning ijtimoiy taraqqiyotida maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya etakchi o‘rinni egallaydi. Pedagogik faoliyat jamiyatning ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida umuminsoniy sifatlar va fazilatlarni shakllantirishni ilmiy asoslangan reja-dasturga muvofiq amalga oshirish, ya’ni avlodni hayotga tayyorlaydigan ijtimoiy zarur faoliyat turi.
Pedagogik jarayon — o‘qituvchi yoki tarbiyachi, o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchi orasidagi bilim berish va bilim olish, o‘rgatish o‘rganish, tarbiyalash maylida kechadigan munosabatlar tizimi.
Pedagogik tamoyil (prinsiplar) — o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabat orqali beriladigan bilim turi, hajmi va mazmuni, shuningdek, o‘quv qurollari va tarbiyalanuvchilarning ruhiy xususiyatlari o‘rtasidagi zaruriy bog‘liqliklardan kelib chiqqan qonuniyatga amal qilish.
Pedagogik tajriba — ta’lim-tarbiya beruvchi tomonidan pedagogikaning tamoyillari va ta’lim-tarbiya berishning muayyan usul va uslublarini to‘liq o‘zlashtirib hamda ularni amalda qo‘llashdagi real shart-sharoitlarni, bolalar jamoasi va har bir bolaning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda amaliyotda tatbiq etish4.

Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta`siri kuchli bo’ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o’rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta`siri yuqoridir? Ular o’rtasidagi o’zaro munosabat qanday?


Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtayi nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy- biologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug`ma imkonivatlar. taqdir. tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbivaning rolini inkor etadi.
Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim — bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o’tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.Dpyul, A.Kombe ham shaxs rivoilanishini biologik nuqtayi nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o’zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini aibsolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog`laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishni ijtimoiy omil bilan belgilaydilai Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishini yashaydigan muhitga bog`liq deb ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta`sir tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtimoiy tnuhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta`sirini aniqlashda ilg`or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog`liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma`naviy boyligi uning munosabatlariga bog`liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma`lum iitimoiv tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g`oyani ifodalaydi.
Jamivat taraqqivoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat. muhit. inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta`siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta`sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta`siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ya`ni,
Birinchidan, tarbiya ta`sirida muhit bera olmagan bilim, ma`lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog`liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug`ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta`sirini ham yo’qotish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta`sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o’ringa ega bo’lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta`sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.




  1. Yüklə 1,52 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin