Bilimlarni egallash bosqichlari
bilimlarini qo’llash
mustahkamlash
anglab yetish
idrok etish
4.Ta’lim va tarbiya obpyekti va subpyekti.
Subyekt bilan obyekt o’rtasida turli-tuman aloqalar
mavjud:
O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da, tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
rejalashtirish;
tashkil etish;
boshqarish (rag`batlantirish);
nazorat;
natijalarni baholash va tahlil qilish.
O’qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yokidarslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo’ladi.. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o’quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi.
O’quvchilar faoliyatini tashkil etish o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o’ziga xos ko’rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonunfyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq iqilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv. ya`ni, ta’limiy xarakterdagi harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag`batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
O’qishning keyingi komponenti o’quv harakatlari (operatsiyalari) sanalib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O’quv harakatlari o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinishda bo’lishi mumkin. Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o’tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» — eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.
Har qanday bilimni o’zlashtirishda o’quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo’lish va o’quv materialini anglab yet ish talab etadi. Pedagogik jarayonda o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma`nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavflidir.
O’quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to’la tushungan holda o’zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o’zini o’zi nazorat qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
O’zini o’zi nazorat qilishda o’quvchilar ular qo’llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o’z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash. nazorat qilish va tahlil etish o’quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi tomonidan o’zini nazorat qilish, o’zini baholash va o’zini analiz qilishni amalga oshirish o’qituvchining shunga o’xshash o’rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o’quvchilarni o’z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o’zaro nazoratni tashkil etish, o’rnatilgan mezonlar asosida o’z faoliyati natijalarini o’zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |