III-bob. Kerosinni kimyoviy tarkibi va hossalarini o’rganishga oid olingan natijalar va ularning tahlili.
Kerosinning qaynash temperaturasini aniqlash. Diametri 2—3 mm, uzunligi 3 sm li naycha ichiga uzunligi 4 sm, diametri 0,5 mm li bir uchi kavsharlangan ingichka kapillyar tushirildi. Naycha rezina yordamida termometrga tutashtirildi. Termometr esa og’zi slixli tubi yumaloq kolbaga o’rnatildi, so’ngra asbob qizdirildi. Shiddatli pufakchalar ajralib chiqa boshladi. Naychani qizdirish to’xtatildi va pufakchalar ajralib chiqishi to’xtagan temperatura aniqlandi. Tajriba natijsiga ko’ra kerosinning qaynash temperaturasi ligi aniqlandi.
Suyuqliklarning zichligini aniqlash.
Piknometrni ishlatishdan avval atseton, spirt va efir ketma-ketligida yaxshilab yuvib havo oqimida quritildi. Tozalangan va quritilgan piknometr 0,01 gr aniqlikdagi analitik tarozida tortildi. So’ng piknometrning dagi suv sig’imi va undagi suv massasi aniqlandi.
Kerosinni hajm bo’yicha temperaturasi ga olib kelinib pipetka yordamida piknometr belgisidan 0,3-0,5 smga ko’proq to’ldirildi. Kerosin to’ldirilgan piknometr shtativga mahkam o’rnatilib suvli stakanga tushirildi. Piknometrning belgisi stakandagi suv sathidan pastroqqa joylashtirildi.
Termostat sifatida ishlatilinayotgan stakanga termometr solinib temperatura doimiy da 20 minut ushlab turildi. Vaqt o’tgandan so’ng ko’tarilgan kerosinni pipetka yoki filtr qog’ozi yordamida olib tashlandi. Piknometrning yuqori qismi filtr qog’ozi bilan artib quritildi. Shundan so’ng piknimetrni stakandan olib atrofi artib quritildi va 25-30 minutdan so’ng qayta tortildi. Olingan natijalar hisoblanib dagi massasi aniqlandi;
bunga ko’ra kerosinning zichligi ga tengligi aniqlandi.