Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə28/31
tarix23.11.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#69959
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Z. M. Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti

Azotni aniqlash.


Kerosindan 5 ml o’lchab olib, quruq probirkada kaliy metali bilan birga gaz alangasida 20-25 minut qizdirildi. Qizdirilayotgan probirkadagi kerosin kuyindi bilan qora qurum hosil qilgach probirka ichida 30 ml sovuq suvi bor chinni tigelga solindi. Bunda probirka sinib, uning ichida hosil bo’lgan tuzlar suvda eridi. Eritma filtrlash yo’li bilan shisha sinig’i va qirindilardan tozalandi. Filtrat tarkibidagi azotni aniqlash uchun probirkaga avval 0,1 N li temir (II)-sulfat eritmasidan 5 ml, so’ng har gal yaxshilab chayqatib aralashtirib turib temir (III)-
xloridning 0,1 N li eritmasi yordamida ko’k-yashil rangdagi Berlin zangorisi xosil bo’lgunga qadar titrlandi.
Analiz natijasiga ko’ra namuna tarkibidagi azot quydagi formuka yordamida hisoblab topildi;

Ushbu olingan natijadan shuni xulosa qilish mumkinki namuna uchun olingan kerosin tarkibida 0,4 % azot borligi aniqlandi.


Galloidlarni aniqlash.


Hajmi 100 mlli tubi yassi konussimon kolbani oldin xrompik aralashmasida so’ngra etil spirtida yaxshilab yuvib tozalandi va quritildi. Quritilgan toza kolbaga 10 ml kerosin va 10 ml etil spirt solib aralashtirib, unga 5 gr natriy metali tushirildi. Probirkada shiddatli reaktsiya boshlandi. Natriy to’la reaksiyaga kirishib bo’lgach probirkadagi aralashmaga 20 ml distillangan suv quyildi. Aralashma kislotali muhitga ega bo’lishi uchun unga 10 ml 10 % li nitrat kislota eritmasidan aralashtirildi. So’ngra 5 % li kumush nitrat eritmasi bilan titrlandi. Analiz natijasiga ko’ra kerosin tarkibida;



0,201 % galogen borligi aniqlandi.


Qo’sh bog’ga sifat reaksiya.


10 ml kerosinni 30 ml erituvchidаgi (suv, аtsеtоn, piridinning 1:1:1 nisbatdagi aralashmasi ishlatilgan) eritmаsini 100 ml li stakanga quyib 0,2 % li eritmаsi bilan titrlandi;

Analiz natijasiga ko’ra kerosin tarkibida 0,1396 % gacha to’yinmagan uglevodorodlar borligi aniqlandi.



Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin