Bog‘cha yoshidagi davrda bolalaming malaka va odatlari ham rivojlanib boradi. Dastawal ilk yoshdagi bolalarda (chaqaloqlarda) malaka ham, odat ham bo‘lmaydi. Malaka va odatlar odamning individual hayoti davomida, turmush tajribasining ortishi bilan tarkib topib boradi. Bolada 5-6 oylik bo‘lganda o‘tirish, yoshiga to‘lgach yurish malakasi, uch yoshga yaqinlashgach esa mustaqil kiyinish, echinish, ovqatlanish malakalari hosil bo‘lib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda juda sodda bo‘lsa ham ayrim mehnat malakalari, ya’ni guruhni ozoda va tartib bilan yig‘ishtirish, gullami parvarish qilish, idish-tovoqlami yuvish va artish malakalari tarkib topa boshlaydi. Bog‘cha yoshida bolalarda gigienik madaniyat odatlari, ya’ni yuz-qo‘llami yuvish, ozoda kiyinish hamda ijobiy, axloqiy odatlar tarkib topa boshlaydi. Bunda kattalarning ularga o ‘mak ko‘rsatishlari juda katta ahamiyatga egadir. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida bog‘chada o‘tkaziladigan sistemali mashg‘ulotlar davomida ayrim ta’lim ishlari, ya’ni o‘qish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan malakalar tarkib topadi. Bola rasm chizish mashg‘ulotlarida qalamni to‘g‘ri ushlash malakasini orttiradi, sanoq va ona tili mashg‘ulotlarida birdan o ‘ngacha sanash va boshqa malakalaiga ega bo‘la boradi. Ana shunday malakalami tarkib toptirishda mashqning roli kattadir. Ta’limiy mashg‘ulotlarda tarbiyachi har bir harakatning qanday bajarilishini oldin o‘zi ko‘rsatishi va undan so‘ng bolalardan talab qilishi kerak. Mashq qilish orqali bolalarda juda elementar hisoblash, yozish va o ‘qish malakalari hosil qilinadi. Umuman, malaka va odatlaming inson hayotidagi roli bag‘oyat katta. Buni biz maktabga bog‘chadan va to‘ppa-to‘g‘ri uydan kelgan